1-laboratoriya ishi topografik karta bilan ishlash mashg‘ulotning maqsadi


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana18.10.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1707622
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 laboratoriya

2. 
Nuqtaning 
to‘g‘ri 
burchakli 
koordinatalarini 
aniqlash. 
Koordinatalari bo‘yicha nuqtalarni kartaga tushirish. 
Koordinatalar to‘ri deb kartada zonaning koordinata o‘qlariga parallel bo‘lgan 
chiziqlar bilan hosil qilingan kvadratlar to‘riga aytiladi. To‘r chiziqlari butun sonli 
kilometrlar orqali o‘tkazilgan. Shuning uchun koordinatalar to‘rini kilometrlar to‘ri 
deb, uning chiziqlarini esa kilometrlar chiziqlari deb ham yuritiladi. 
Topografik kartalarda koordinata chiziqlari absissa va ordinatalari qiymatlari 
varaq ichki ramkasida chiziqlar uchlariga yoziladi. Koordinata chiziqlari absissa va 
ordinatalarning kilometrda ifodalangan to‘liq qiymatlari karta ramkasi 
burchaklariga yaqin joyga va koordinata chiziqlari kesishgan shimoliy-g‘arbiy 
burchakka yaqin joyga yoziladi. Qolgan koordinata chiziqlariga esa qisqartirilgan 2 
ta raqamlar (kilometrning o‘nliklari va birliklari) yoziladi. Koordinatalar to‘rining 
gorizontal chiziqlari yonidagi yozuvlar ordinata o‘qidan shu chiziqqacha bo‘lgan 
kilometrda ifodalangan masofaga mos keladi. 
Vertikal chiziqlar yonidagi yozuvlar zona nomerini (birinchi turgan bitta yoki 
ikkita raqam) va zona o‘qiy meridianidan shartli ravishda g‘arbga tomon 500 km ga 
siljitilgan koordinatalar boshidan shu chiziqqacha bo‘lgan kilometrda ifodalangan 
masofani ( har doim 3ta raqam) bildiradi. 
Misol uchun, 6740 yozuvi: 
6 – zona nomeri, 
740 – shartli koordinatalar boshidan kilometrda ifodalangan masofani anglatadi. 
Koordinatalar to‘ri bo‘yicha sirkul yordamida quyidagilarni amalga oshirish 
mumkin: 
2.1 
 Kartada nuqtaning to‘g‘ri burchakli koordinatalarini aniqlash. 
Misol uchun, B nuqtaning koordinatalarini (1.7 rasm). 
Buning uchun: 
- B nuqta joylashgan kvadratning pastki kilometrlar chizig‘i sonini yozib olish, 
ya'ni 6657 km; 
- Perpendikulyar bo‘yicha kvadratning pastki kilometrlar chizig‘idan B 
nuqtagacha bo‘lgan masofani o‘lchash va kartaning chiziqli masshtabidan 
foydalangan holda shu kesmaning metrdagi qiymatini aniqlash; 
- Aniqlangan 575 m qiymatni kvadratning pastki kilometrlar chizig‘i soniga 
qo‘shish: 
X=6657000+575=6657575 m. 
Y ordinataning qiymati ham shu tarzda topib olinadi. 
- Y ning qiymatini – kvadratning chap vertikal chizig‘i sonini yozib olish, ya’ni 
7363 km; 


- Pependikulyar bo‘yicha shu chiziqdan B nuqtagacha bo‘lgan masofani 
aniqlash, ya’ni 335 m; 
- Aniqlangan masofani kvadratning chap vertikal chizig‘i Y ning qiymatiga 
qo‘shish: 
Y=7363000+335=7363335 

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling