1-laboratoriya ishi Turli xil xom-ashyolarda quruq moddalar miqdorini aniqlash


Download 203.16 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.09.2023
Hajmi203.16 Kb.
#1689163
Bog'liq
1-лаборатория иши



1-laboratoriya ishi 
Turli xil xom-ashyolarda quruq moddalar miqdorini aniqlash. 
Barcha oziq-ovqat maxsulotlari, ularning xom ashyolar tarkibi suv va quruq 
moddalardan tashkil topgan. Maxsulot quruq moddalari tarkibiga uglevodlar, klechatka, oqsillar,
organik kislotalar, mineral moddalar kiradi. Quruq moddalar miqdori maxsulot sifatining 
universal ko’rsatkichi bo’lib xisoblanadi, shuning uchun barcha xomashyo va tayyor 
konserva maxsulotlaridagi quruq moddalar miqdori GOST va texnik shartlar (TU) 
bilan belgilanadi. Maxsulotlardagi quruq moddalar miqdori fizik-kimyoviy, kimyoviy va fizik 
usullar bilan aniqlanishi mumkin. Ko’p hollarda quruq moddalar miqdorini 
aniqlashning eng ko’p tarqalgan usullari mahsulotlarni doimiy oirlikkacha quritish va 
mahsulotdan suvni haydash usullaridan qo’llaniladi. Fizik usullardan refraktometrik usul va 
zichlikni aniqlash usullari ko’p tarqalgan. 
Ishning maqsadi: Barcha oziq-ovqat mahsulotlari, xom ashyo va tayyor 
mahsulotlar tarkibidagi quruq moddalarning foizdagi ulushini aniqlashdan iborat. 
Quruq moddalar miqdorini aniqlashning oirlik usuli 
Kerakli reaktiv va asbob-uskunalar: quritish shkafi, byuks yoki forfor 
kosacha, eksikator, s abzi namunasi, kartoshka namunasi, meva pyuresi namunasi, olma 
namunasi. 
Ishni bajarish tartibi: Bu usulda mahsulotni quritish shkafida doimiy 
oirlikka kelguncha 105
0
S haroratdagi atmosfera bosimi ostida yoki 70°S haroratdagi 
past bosim ostida quritishga asoslangan. 10 -12g toza qizdirilgan qumni toza va 
quruq byuksga solinib, byuksni shisha tayoqcha bilan birgalikda doimiy oirlikka 
kelguncha quritiladi. Byukslar eksikatorda sovutilib, 0,001g aniqlikgacha o’lchab 
olinadi. So’ngra byuksga 5g miqdorda quritiladigan mahsulot namunasi solin adi. 
Shisha tayoq yordamida qum bilan aralashtiriladi va 0,001g aniqlikkacha 
o’lchanadi. Quritilgan mevalarning quruq moddalarini aniqlashda namunani qumsiz 
tortiladi. Qopqoi ochiq byuks quritish shkafiga qo’yilib, 4-soat davomida 105°S haroratdagi 
muhitda quritiladi (1-rasm). Shundan so’ng byukslarning qopqoi yopiladi, 
eksikatorda 30 minut davomida sovutiladi va o’lchanadi. O’lchangan byukslar yana 
1 soat davomida quritiladi, sovutilib o’lchanadi. Bu jarayon ketma -ket quritilgan 
ikkita byukslar oirliklari o’rtasidagi farq 0,002 g ni tashkil qilguncha davom ettiriladi. Quruq 
moddalarning ulushi, (%) quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi:
%
bu 
erda, 


byuksning qum 
va shisha tayoqcha bilan birgalikdagi
oirligi, g;
M
1
- byuksning qum, shisha tayoqcha va mahsulot namunasi bilan 
birgalikdagi quritishdan oldingi oirligi, g; 
M
2
- byuksning qum, shisha tayoqcha va mahsulot namunasi bilan birgalikdagi 
quritishdan keyingi oirligi, g. 
Bir vaqtda quritilgan mahsulotlar quruq moddalarning miqdori orasidagi farq 0,2% 
dan oshmasligi kerak.
;
100
1
2




М
М
М
М
Х

Download 203.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling