1-Laboratoriya ishi. Universal o’lchach asboblari bilan tanishish va ulardan foydalanishni o’rganish. Ishning maqsadi


Shtangenasboblarni tekshirish va ta’mirlash haqida


Download 106.07 Kb.
bet3/3
Sana16.01.2023
Hajmi106.07 Kb.
#1094957
1   2   3
Bog'liq
1-laboratoriya

Shtangenasboblarni tekshirish va ta’mirlash haqida

Ishlatilayotgan va ta’mirlangan asboblar vaqti-vaqti bilan tekshirilishi lozim. Tekshirishdan oldin asboblar aviatsion benzinda yuviladi, artiladi va ish joyida 3 soatga qoldiriladi. Tekshirish o‘tkazilayotgan xonaning harorati 205S bo‘lishi kerak.


Shtangenasboblarning xatoligi 3-chi aniqlik sinfidagi tugal o‘lchamlar yordamida aniqlanadi. Nonius shkalasining bo‘linmasi qiymati S = 0,05 mm bo‘lsa, tekshirish 6-ta teng masofadagi nuqtada bajariladi, agar S = 0,1mm bo‘lsa –3 ta nuqtada. SHtangensirkullarning xatoligining aniqlashda tugal o‘lchamlar shtangensirkulning lablari orasiga joylashtiriladi; tugal o‘lchamlar shtangensirkul o‘lchash lablari orasida me’yorda siljishi kerak.
SHtangenchuquro‘lchagich tekshirilganda uning asosi tekshirish plitaning ustiga qo‘yilgan bir xil tugal o‘lchamlarga bosiladi. SHtangenreysmuslar tekshirish plitaga qo‘yilgan tugal o‘lchamlar yordamida tekshiriladi. SHtangenasboblarning ramkalari erkin va mahkamlangan holatda tekshiriladi.
Asboblarning xatoligi alohida elementlar xatoliklaridan iborat bo‘ladi. Asboblar tekshirilganda ularning tashqi ko‘rinishi, alohida qismlarning bir-biriga bog‘langanligi, yuzalarining g‘adir - budirligi, o‘lchash yuzalarning to‘g‘ri chiziqlikdan, paralellikdan, tekislikdan chetga chiqishi va asbobni nol chizig‘iga to‘g‘ri kelishi ko‘riladi. SHtangenasboblar tekshirilayotganda qalinligi 0,25; 0,3 mm li maxsus shuplar yordamida noniusning yuqori yuzasidan asosiy shkalagacha masofa aniqlanadi.
Ishlatish jarayonida shtangenasboblarda quyidagi asosiy nosozliklar uchraydi:
- o‘lchash lablarni eyilishi va paralellikdan chetga chiqishi, shtanganing eyilishi va deformatsiyalanishi, ramka prujinalarining bo‘shab qolishi, detallarning zanglashi, noniusni surilib qolishi, vint rezbalarining eyilishi. Bu nosozliklar ta’mirlash yo‘li bilan yo‘qotiladi.
Ta’mirlash quyidagi ishlarni nazarda tutadi: o‘lchash lablarini silliqlash, shtangani tekislash, nonius holatini sozlash, prujina va vintlarni almashtirish. O‘lchash lablarini tekislash uchun maxsus mikroabraziv pasta va qalinligi 14-17 mm, diametri 30 mm li cho‘yan pritir ishlatiladi. Pastga surilgan pritir o‘lchash lablari orasida 6-8 buralib ilgarilanma – qaytma harakat qiladi. Nonius va asosiy shkalaning nol chiziqlarini bitta chiziqga keltirish uchun nonius plankadagi maxsus ariqchalar bo‘ylab mahkamlash vintlarigacha suriladi.


Takrorlash uchun savollar:
1. Universal o‘lchash asboblari deb nimaga aytiladi? Ular qaysi hollarda qo‘llaniladi?
2. Qaysi hollarda tekshirilayotgan o‘lcham haqida ishga yaroqsiz deb xulosa chiqariladi?
3. Bo‘linmasining qiymati 0,05 mm li shtangentsirkullarning o‘lchash xatoligi nimalarga bog‘liq?
4. Nonius shkalasi nima vazifani bajaradi?
5. Shtangenasboblarning yana qanday turlarini bilasiz?

Download 106.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling