1-laboratoriya mashg’uloti texnika xavfsizligi, asbob va kimyoviy idishlar. Laboratoriyada mustaqil ishlash ko‘nikmalariga EGA bo‘lishni o‘rganish. Laboratoriya ishlarini bajarishga oid umumiy ko’rsatmalar
Ko’ngilsiz hodisalar sodir bo’lganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Laboratoriya mashguloti 780b397972a4b093d7836fc4e7eb1d15
2. Ko’ngilsiz hodisalar sodir bo’lganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
1. Kislota ta’sirida kuygan joy avvalo mo’l suv bilan, so’ngra suyultirilgan natriy bikarbonat eritmasi bilan yuviladi. 2.
Ishqorlar ta’sirida zararlangan joyni avval qayta-qayta suv bilan, so’ngra esa sirka yoki limon kislotaning suyultirilgan eritmasi (3%) bilan yuvish lozim. 3. Yong’in natijasida yoki issiqlik ta’sirida kuygan joyni kaliy permanganatning suyultirilgan eritmasi bilan yuvish yoki streptotsid emul’siyasi surtish lozim. 4. Teri bromdan kuyganda, terining shu joyini ko’p miqdordagi spirt bilan, yoki natriy tiosulfatning 15—20% li eritmasi bilan hamda mo’l suv bilan yuvish lozim, so’ngra dori surtish kerak. 5. Teri o’yuvchi organik birikmalar bilan zararlanganda uni ko’p miqdordagi benzol va spirt bilan yuvish kerak, chunki organik erituvchilar o’yuvchi va zaharli moddalarning yuvilishini tezlashtiradi. 6. Kislota bug’lari, xlor, brom yoki shunga o’xshashlar bilan zaharlanganda tezda toza havoga chiqish lozim. 7.
Aldegidlar bilan zaharlanganda ammiakning 0,2% li eritmasidan bir stakan ichib, bir necha minutdan so’ng bir stakan sut ichish kerak. 8. Ammiak eritmasi bilan zaharlanganda sirka kislotaning juda kuchsiz eritmasidan yoki limon sokidan ichish kerak. So’ngra o’simlik yog’i, sut yoki tuxum oqsilidan berish kerak. 9. Simob birikmalari bilan zaharlanganda tezda uchta pishmagan tuxumni 1 litr sutga aralashtirib berish kerak. Sungra 1 g natriy gipofosfat, 5 ml 3% li vodorod peroksid va 10 ml suv aralashmasidan beriladi. Bu ko’rsatilgan miqdor oshqozonga tushgan 0,1 g simob xloridi uchun berilgan. 10.
Kislota yoki ishqor ko’zga sachrasa, ko’zni avvalo ko’p suv bilan, keyin sodaning 3% li eritmasi bilan va oxirida bor kislotaning to’yingan eritmasi bilan yuviladi. 11.
Mineral kislotalar bilan zaharlansa og’zni suv bilan chayish va non sodaning 5% li eritmasidan berish kerak. So’ngra sut yoki ohakli suv va o’simlik yog’idan ichirish kerak. 12.
Reaktivlar bilan kishi organizmi og’iz orqali zaharlansa, ko’p suv ichish lozim. Metallarning tuzlari bilan zaharlanganda sutli mahsulotlar ichish yoki tuxum yutish kerak. Yod ta’siridan zaharlanganda choy, kofe yoki soda eritmasi, ishqor bilan zaharlanganda sirka yoki limon kislotaning 2% li eritmasidan bir stakan, kislotadan zaharlanganda 2% li soda eritma sidan bir stakan ichish kerak. 13. Fenol ta’siridan kuygan joy glitserin shimdirilgan paxta bilan teri rangi normal holatga kelguncha artiladi. Agar fenol organizmga tushsa ohakli suv yoki kaliy permanganatning suyultirilgan eritmasidan (1:1000) berish kerak. 14. Laboratoriyada birinchi tibbiy yordami berish uchun kerakli barcha dorilar va buyumlar: bint, plastir, spirt, kaliy permanganat, gigroskopik paxta, novshadil spirt, glitserin, yod eritmasi va boshqalar bo’lishi lozim. 15. Vakuum nasos, aralashtirgich, sentrifuga va boshqa shunga o’xshash asboblar bilan ishlashda himoya maska yoki ko’zoynak taqish kerak. Bunday asboblarga qarab turishni boshqalarga topshirish yoki ularni qarovsiz qoldirish mumkin emas. 16.
Kuyish, jarohatlanish, zaharlanishning hamma holatlarida birinchi tibbiy yordam berilgandan so’ng tezda yaqin o’rtadagi tibbiy muassasaga murojaat qilish lozim.
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling