1-laboratoriya mavzu: C++ dasturida ma’lumotlarning asosiy turlari bilan amallar bajarish
Download 16.58 Kb.
|
1-laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumot turlari
- Savol va topshiriqlar. Ma’lumotning qanday turlari bor. C++ dasturida ma’lumotlar qanday ifodalanadi.
1-LABORATORIYA Mavzu:C++ dasturida ma’lumotlarning asosiy turlari bilan amallar bajarish. Tasavvur qiling ilk maktab davrlaringiz. O’qituvchi hisoblash masalasini bermoqda: “To’rtni beshga qo’shib, hosil bo’lgan sondan uchni ayiring”. Ushbu masalani javobini aytish uchun bir lahza vaqt ketadi. Lekin hisoblash jarayoni qanday ketayotganini bir tahlil qilaylik. Xotirangizning bir qismida 4 soni, so’ngra 5 sonini eslab qolasiz. Ularni qo’shib yig’indini yodda saqlaysiz. So’ng shu yig’indidan uchinchi eslab qolingan sonni ayirasiz. Agar shu topshiriqni kompyuterga dastur yozib ishlatsangiz, jarayon juda o’xshashligini ko’rish mumkin. a=4; b=5;
c=a+b; natija=c-3; Kompyuter hotirasidan 4 va 5 soni joylashishi uchun alohida joy ajratiladi, ularning yig’indisini saqlovchi uchinchi son uchun yana bir qism hotira va so’nggi natijani saqlash uchun yana bir qism hotira. Albatta yuqoridagi misol juda sodda, lekin kompyuteringiz bunga o’xshash misollardan milliontasini bir vaqtning o’zida bajara oladi. Yuqoridagi misolda sonlarni yoki boshqa ma’lumotlar ifodalovchilarini dasturlash tilida o’zgaruvchilar deb nomlanadi. Ular turli ma’lumotlarni o’zida saqlab turishi uchun kompyuterdan ma’lum bir hotira ajratiladi. C++ tilida o’zgaruvchilarni istalgan nom bilan nomlash mumkin. Masalan yuqoridagi “a” bilan nomlangan sonni “birinchi_son” deb e’lon qilish ham mumkin edi. Ma’lumot turlari Ma’lumot turlari asosan 4 qismga bo’linadi: Sonli – int (1, 2, 67, ….) Belgili – char (‘a’, ‘7’, ‘%’,…) Suzuvchi – float, double (2.45, 3.33, 1.03, ….) Mantiqiy – boolean (true, false yoki 0, 1) O’zgaruvchilar va ma’lumotning sonli turidan foydalanib yuqoridagi misolni dastur ko’rinishini yozamiz #include using namespace std; int main () { // o'zgaruvchilarni e'lon qilish: int birinchi_son, b, summa; int natija; // asosiy o’zlashtirish va hisob jarayoni: birinchi_son = 4; b = 5; summa = birinchi_son + b; natija = summa – 3; // natijani chop qilamiz: cout< return 0; } Savol va topshiriqlar. Ma’lumotning qanday turlari bor. C++ dasturida ma’lumotlar qanday ifodalanadi. a+b, a-b kabi misollarning algoritmini tuzing. Algoritmda char nimani anglatadi? Algoritmda Boolean nimani anglatadi? Download 16.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling