1. Lichinka xordalilar kenja tipining umumiy tavsifi. Assidiyalar sinfining tashqi va ichki tuzilishi


Download 1.82 Mb.
bet1/5
Sana23.01.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1113493
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ASSIDIYALAR SINFI.....


Mavzu:Qobiqlilar yoki lichinka xordalilar (Urochordata) kenja tipi. Salplar va appendikulyariyalar sinflari vakillarining tuzilishi.
Reja:
1. Lichinka xordalilar kenja tipining umumiy tavsifi.
2. Assidiyalar sinfining tashqi va ichki tuzilishi.
3. Salplar va Appendikulyariyalar sinfining o`ziga xos xususiyatlari.

Umumiy tavsifi. Lichinka xordalilar juda sodda tuzilgan va har xil tarzda hayot kechiradigan dengiz hayvonlaridir. Voyaga yetganlarining juda ko'pchiligi nerv nayi va xordasining bòlmasligi bilan boshqa xordalilardan farq qiladi. Lichinkalik davrida bu belgilar ularda aniq kòrinib turadi. Gavdasi tashqaridan maxsus parda-tunika bilan qoplangan. Tunika himoya ahamiyatiga ega bòlib, òtroq yoki yarim òtroq hayotga kòchish natijasida hosil bòlgan. Tunika kelib chiqishi jihatidan teri epiteliysi va ular orasidagi mezenximatoz hujayralar ajratgan mahsulotdir. U òzining kimyoviy tarkibiga kòra, òsimlik sellyulozasiga yaqin turadi va shu moddaning hayvonot olamida ham borligini kòrsatadigan yagona misol hisoblanadi.

Qobiqlilarning hammasi germafroditdir. Bular jinsiy va jinssiz yòllar bilan kòpayadi. Yakka-yakka yoki koloniya bòlib òtroq hayot kechiradi; ba'zilari erkin suzib yashaydi. Òta passiv, ya'ni suvni filtratsiya qilib oziqlanadi. Qon aylanish sistemasi tutash emas.

Bu kenja tip uchta sinfga: assidiyalar (Ascidiae), salplar (Salpae), appendikulyariyalar (Appendiculariae)ga bòlinadi.


Assidiyalar sinfi — Ascidiae.
Bu sinfga yakka-yakka va koloniya bòlib, òtroq holda hayot kechiruvchi qobiqlilar kiradi.
Tashqi kòrinishi. Voyaga yetgan assidiya tashqi kòrinishidan qòshoģiz shisha bankaga òxshagan bòlib, ostki tomoni bilan suv tagidagi bironta narsaga yopishib oladi va òtroq hayot kechiradi. Uning ustki tomonidagi teshik oģiz sifoni, yon tomonidagi teshik kloaka sifoni deyiladi. Gavdasi tashqi tomondan parda — tunika bilan qoplangan. Tunika murakkab tuzilgan bòlib, yupqa va qattiq kutikula bilan qoplangan, kutikulaning tagida kletchatkasimon modda — tunitsindan tashkil topgan ipsimon tòr joylashadi. Tunikani epiteliy hujayralari ajratadi va odatda, anorganik tuzlar bilan shimilgan bòlib, tarang va zich himoya qiluvchi qobiqqa aylanadi. Bu qobiqqa ayrim hujayralar va hatto qon tomirlari kirib turadi. Ba'zi bir assidiyalarning tunikasi yupqa, silliq, yarim tiniq, bezsimon bòlsa, boshqa birlari-qalin va bòrtmali bòladi. Ayrim turlarida tunika ektodermaga mahkam yopishib tursa, boshqalarida faqat oģiz va kloaka sifonlari atroflarida qòshiladi.
Tunikaning ostida teri epiteliysidan tuzilgan teri-muskul xaltasi yoki mantiya joylashadi. Sifonlar atrofida bu teshiklarni ochib-yopuvchi maxsus halqasimon muskul boģlamlari joylashadi. Mantiya qavati muskulaturasining qisqarishi va bòshashi natijasida oģiz sifonining ichki devoridagi kiprikchalar tebranadi va buning oqibatida halqumga suv yutiladi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling