1. Litosfera va tuproq tushunchasi. Tuproqning ekologik tizimdagi va inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati
Tuproq katlamiga ekologik omillarning ta’sirlari
Download 41.63 Kb.
|
7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq eroziyasi
- Suv eroziyasi
Tuproq katlamiga ekologik omillarning ta’sirlari. Tuproq qatlamiga ekologik omillarning ta’siri natijasida tuproqni emirilishi (eroziyasi), sho‘rlanishi, botqoqlanishi, ifloslanishi, strukturasini buzilishi, unumdorligining pasayshi va boshqa hodisalar yuz beradi.Tabiatda tuproqning qo‘yidagi emirilish turlari mavjud: shamol ta’sirida, suv oqimi ta’sirida (irrigatsion), texnikani ta’sirida yuz beradigan mexanik eroziya va yaylov eroziyasi.
Tuproq eroziyasi deb tuproqning yuza unumdor qatlamlarining suv, shamol, va boshqa antropogen ta’sirlar ostida yuvilib, uchirib ketilishi va emirilishiga aytiladi. SHamol eroziyasi – deflyasiya – jarayonida tuproqning eng unumdor qatlami shamol ta’sirida uchirilib ketadi. Deflyasiya tez-tez shamol esib turuvchi, engil tuproqli, o‘simlik qoplami yaxshi rivojlanmagan hudularda tez avj oladi. Deflyasiya jarayoni dunyoning issiq quruq (arid) iqlimli hududlari: Afrika, Avstraliya va Osiyo kit’asidagi sahrolarda, Amerikaning cho‘l-dasht mintaqalarida keng tarqalgan bo‘lib, shu hududlarning ekologik holatini og‘irlashtiruvchi asosiy omillaridan biri deb hisoblanadi. Respublikamizning Qizilkum, Ustyurt, Qarshi va Markaziy Farg‘onaning dasht-cho‘llarida joylashgan 26,5 mln ga yaylovli erlar va 600 ming gektar sug‘oriladigan erlar deflyasiyaga duchor bo‘lgan. Suv eroziyasi – tuproqning yuza unumdor qatlami suv oqimi ta’sirisda yuvilib ketilishi. Irrigatsion eroziyasi – nishablik maydonlarda erlarni notug‘ri sug‘orish tufayli yuz beradi. Respublikamizdagi sug‘orma erlarning 700 ming gektarida irrigatsion eroziya keng tarqalgan. Bunday erlarda paxta, g‘alla va boshqa ekinlarning hosildorligi 10% dan 60% gacha pasayib ketishi kuzatiladi. Irrigatsion eroziya tog‘lik, tog‘oldi adirliklari va tog‘ etaklaridagi nishablik tekisliklarda, ya’ni bo‘z tuproqli sug‘orma mintag‘alarda quproq uchraydi. Bunday eroziyaga duchor bo‘lgan maydonlar Farg‘ona vodiysi viloyatlari, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog‘oldi hududlarida keng tarqalgan bo‘lib, mamlakatimiz iqtisodiyoti va ekologiyasiga katta zarar etqazmoqda. Download 41.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling