Taqdimoti mavzu: bo’G’imoyoqlilar


Download 76.89 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi76.89 Kb.
#1017129
  1   2
Bog'liq
204-GURUH TALABASI ISMOILOVA MOXIRAXON

ANDIJON DAVLAT UNVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI SIRTQI BOLIM BIALOGIYA TURLAR BOYICHA 204-GURUH TALABASI ISMOILOVA MOHIRAXONNI ZOOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN

TAQDIMOTI

MAVZU: BO’G’IMOYOQLILAR

REJA

1:KIRISH

2:BOGIMOYOQLILAR TIPIGA QISQICHBAQASIMONLAR SINFI MISOLIDA TASNIF

3:BOGIMOYOQLILARNING ICHKI OVQAT HAZM QILISH NAFAS OLISH

QON AYLANISH AYRISH NERV VA JINSIY TIZMLARI TUZILISHI


Bo’g’imoyoqlilar tipiga mansub jonivorlar tabiatda juda keng tarqalagan bo’lib, 2 millionga yaqin turni o’z ichiga oladi. Ular barcha dengiz okean suvlarida, chuchuk suv havzalarida, tuproqlarda, o’simlik va hayvonlar hamda odamlar tanalarida yashashlari aniqlangan. Bo’g’imoyoqlilarnng ayrim vakillari qor, muzlarda ham uchraydi. Bularni biz issiq va nam tropik iqlimli o’lkalarda, suvsiz jazirama sahrolarda, Arktika va Antarktidaning qaxraton sovuqlarida ham uchratamiz.
Bo’g’imoyoqlilarning tabitda bunday keng tarqalishiga ularning gavda tuzilishidagi bir qator moslanishlari xizmat qiladi. Bu moslanishlar quyidagilardan iborat:
1. Bo’g’imoyoqlilarnng gavdalari ham xuddi halqali chuvalchanglar gavdalari kabi bo’g’imlardan tashkil topgan. Bo’g’imlar ko’pchilik vakillarida geteronom shaklda bo’ladi. Hayvon tanasini hosil qilgan bo’g’imlar soni turli vakillarida turlicha bo’ladi.
2. Tanasi qattiq va pishiq kutikula bilan qoplangan. Kutikulani tana devorining gipoderma qavatidagi hujayralar ishlab chiqarib, uning asosiy qismi xitindan iborat bo’ladi.
Kutikula hayvonlar tanasini kimyoviy va mexanik jarohatlanishdan himoya qilishi bilan birga tana organlari uchun tayanch skelet vazifasini ham o’taydi.
3. Bo’g’imoyoqlilar tanasi va oyoqlari bo’g’imlarga bo’lingan. Tana bo’g’imlarining tuzilishi va o’lchami har-xil bo’ladi. Bo’g’imoyoqlilarning oyoqlari halqali chuvalchanglarning parapodiy o’simtalaridan kelib chiqqan bo’lib, tanasiga xarakatchan birikadi. Oyoqlarning bo’g’imlarga bo’linganligi va tanaga xarakatchan birikkanligi tufayli bo’g’imoyoqlilar xilma-xil va muskullardan iborat. Muskullarning bir uchi tana a’zolariga, ikkinchi uchi tana qoplag’ichining murakkab xarakat qila oladi.
4. Ko’pchilik bo’g’imoyoqlilarning tanasi bosh, ko’krak va qorindan iborat uchta bo’limga bo’linadi. Evolyutsiya jarayonida tana bo’limlarining o’zaro qo’shilib ketishi natijasida ular sonining tobora kamayib borishi kuzatiladi
Ovqat hazm qilish sistemasi oldingi, o’rta va orqa ichakdan hamda ovqat hazm qilish fyermentlari ishlab chiqaradigan bir qancha bezlardan iborat.
Qon aylanish sistemasi ochiq bo’lib, tanasining orqa tomonida joylashgan uzunchoq yoki pufakka o’xshash yurakdan boshlanadi. Qon yurakka klapanli teshiklar-ostiylar orqali o’tib, to’g’ridan-to’g’ri yoki bir necha qon tomirlari (arteriyalar) orqali tana bo’shlig’iga chiqib ketadi.
Nafas olish a’zolari jabra, o’pka yoki traxeyalardan iborat. Jabralar faqat birlamchi suvda yashovchi birmuncha yirik bo’g’imoyoqlilar uchun xos bo’lib, halqali chuvalchanglar parapodiylarining o’zgarishidan kelib chiqqan. Traxeya va o’pka quruqlikda hayot kechirishga moslashgan bo’g’imoyoqlilar uchun xos bo’lgan nafas olish a’zolari hisoblanadi.
metanefridiylarning o’zgarishidan hosil bo’ladi va u bir juft naysimon bezlardan tashkil topadi. O’rgimchaklar, ko’poyoqlilar, hasharotlarda o’ziga xos ajratish sistemasi - malpigi naychalari rivojlangan. Bu bezlarning tashqi chiqarish yo’qligi hamda ko’krak oyoqlar yoki antennalar asosida ochilganligi sababli, ularni koksal bezlar deyiladi. Quruqlikda yashovchi bo’g’imoyoqlilar traxeya yoki o’pkalar bilan nafas olishadi.

Download 76.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling