Mavzu: Nafas olish va ovqat hazm qilish tizimi


Download 0.71 Mb.
bet1/4
Sana08.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#253443
  1   2   3   4
Bog'liq
2-amaliy.Nafas olish va ovqat hazm qilish tizimi


2 - Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Nafas olish va ovqat hazm qilish tizimi.

Nazariy tushuncha. Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muxitdan kislorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish deyiladi.

Ishdan maqsad. O’quvchilar nafas olish a’zolarning tuzilishini o’rganish bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish.

Kerakli jixozlar: Ko’rgazmali qurollar, mulyaj.

Ishni bajarish tartibi. Nafas olish a’zolariga: Burun, burun bo’shlig’i, burun xalqum, xiqildoq, traxeya, bronxlar, o’pka (o’ng va chap), va plevra pardalari kiradi.

Burun bo’shlig’i. Yuqori, pastki va ikkita yon devordan tashkil topgan. Burun bo’shlig’i o’rtasidan ikkiga bo’lingan. Uning ichki yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan. Bu parda juda ko’p mayda bezlar bo’lib ulardan shilimshiq suyuqlik ajraladi. Burun bo’shlig’ining oldingi qismida mayda tukchalar bo’ladi. Nafas olganda tashqi muxitdan kirgan havo burun bo’shlig’i orqali o’tganda iliydi, namlanadi va chang zarrachalardan tozalanadi va havo xalqum orqali xiqildoqqa o’tadi.

Xiqildoq. IY-YI bo’yin umurtqalari ro’parasida joylashgan. Xiqildoq havo o’tkazuvchi nafas yo’li vazifasini bajarishdan tashqari u tovush hosil qiladigan ovoz apparati hamdir.

Xiqildoqdan havo uning pastki qismiga tutashgan nafas yo’liga, ya’ni traxeyaga o’tadi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling