Mavzu: Nafas olish va ovqat hazm qilish tizimi


Download 0.71 Mb.
bet2/4
Sana08.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#253443
1   2   3   4
Bog'liq
2-amaliy.Nafas olish va ovqat hazm qilish tizimi

Traxeya va bronxlar. Traxeya xiqildoqning pastki qismidan ya’ni IY-YI bo’yin umurtqalari ro’parasidan boshlanib, u ko’krak umurtqasi ro’parasigacha davom etadi va shu joydan o’ng va chap bronxlarga bo’linadi. Bronxlar o’pka to’qimasiga kirib, xuddi daraxt shoxiga o’xshab, juda ko’p mayda bronxchalarga tarmoqlanadi va bora-bora alveola pufakchalarini hosil qiladi.

Traxeya va bronxlar nafas yo’li xisoblanib, ular havoni ilitib, namlab, mayda chang zarrachalaridan tozalab, o’pka alveolalariga o’tkazadi.

O’pka. Bir juft bo’lib, (o’ng va chap), qonussimon tuzilgan. Ular ko’krak qafasining, ikki tomonidan joylashgan. O’ng o’pka kattaroq bo’lib, yuqori, o’rta va pastki bo’laklardan iborat. Chap o’pka esa yuqori va pastki bo’lakdan tashkil topgan. O’pka to’qimasi daraxtsimon shakldagi o’rtacha, mayda va eng mayda bronxchalardan hamda pufakchasimon alveolalardan tashkil topgan. O’pkaning nafas olish va chiqarish funksiyasini asosiy alveolalar bajaradi. Alveolalarning soni ikki o’pkada 750 mln atrofida bo’ladi, o’pkalar tashqi tomonidan plevra pardasi bilan o’ralgan. U ikki qavatdan (ichki va tashqi) iborat bo’lib, ular orasida torgina plevra bo’shlig’i hosil bo’ladi.

Plevra bo’shlig’i ichidagi bosim atmosfera bosimiga nisbatan kam bo’ladi.

Bu esa nafas olgan paytda o’pka to’qimasining kengayishiga va undagi alveolalarga havo kirishiga, nafas chiqarganda esa torayib, alveolalardagi havoni qisib chiqarishga imqon beradi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling