1. Atmosfera. Tashqi nafas va boshqa nafas bosqichlari Nafas organlarning tuzilishi O‘pka hajmlari
Download 439.13 Kb.
|
13Nafas tizimining tuzilishi va yoshga oid xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch soʻzlar
MAVZU: №13. NAFAS TIZIMINING YOSHGA OID FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI 1. Atmosfera. Tashqi nafas va boshqa nafas bosqichlari 2. Nafas organlarning tuzilishi 3. O‘pka hajmlari. 4. Nafas jarayonlarining boshqarilishi. 5. Nafasning yoshga qarab o‘zgarishi. 6. Nafas gigienasi. Tayanch soʻzlar: Traxeya, bronxlar, alveola, kislorod, azot, diafragma. 1. Atmosfera. Tashqi nafas va boshqa nafas bosqichlari Odam nafas oladigan atmosfera havosida 20,94% kislorod, 0,03% karbonat angidrid (C02), 79,30% azot bor. Odamlar to‘plangan berk binolarda esa havodagi karbonat angidridning foiz miqdori birmuncha ortiq bo‘lishi mumkin. Nafasdan chiqadigan havoda o‘rta hisob bilan 4.40% kislorod, 16.30% karbonat angidrid va 79,7% azot bor (bu raqamlar quruq havoni nazarda tutib, ya’ni nafasdan chiqadigan havoda ko‘p bo‘ladigan suv bug‘larini chegirib keltirilgan).Nafasga kirgan va nafasdan chiqqan havolarning tarkibini solishtirib, nafas jarayonida asosan CO2 gazining konsentratsiyasi o‘zgarishi haqida gap yuritish mumkin. Organizmda to‘qimalar tomonidan kislorod qabul qilinib, karbonat angidrid chiqarishdan iborat bo‘lgan fiziologik jarayonga nafas olish deb ataladi. Organizmda gazlar almashinuvi ancha murakkab jarayon bo‘lib, o‘pka, qon va qon aylanish doiralari hamda ba’zi skelet muskullari ishtirokida boradi. Kislorod qabul qilinib, karbonat angidridni chiqarib yuborilishi to‘qimalardagi oksidlanish va qaytarilish jarayonlariga hamda to‘qima membranasining gazlar o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga bog‘liqdir. Nafas olish jarayonini quyidagi etaplarga bo‘lish mumkin: 1) tashqi nafas olish - o‘pka orqali organizm bilan tashqi muhit orasida gazlar almashinuvi (o‘pka ventilyasiyasi); 2) o‘pkada gaz almashinuvi – alveolyar havo bilan kapillyarlardagi qon-o‘pka nafasi; 3) to‘qimalarning nafas olishi - to‘qimalarda gazlar almashinuvi; 4) qonning gaz tashishi - o‘pkadan kislorodning to‘qimalarga, to‘qimalardan karbonat angidridning o‘pkaga tashilishi; 5)ichki yoki to‘qima ichidagi nafas – hujayra mitoxondriyalaridagi biologik jarayonlar. Yuqoridagi etaplardan birortasi izdan chiqsa odam organizimining hayotiga xavf tug‘diradi. Download 439.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling