1. Atmosfera. Tashqi nafas va boshqa nafas bosqichlari Nafas organlarning tuzilishi O‘pka hajmlari


Download 439.13 Kb.
bet6/6
Sana18.06.2023
Hajmi439.13 Kb.
#1556939
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13Nafas tizimining tuzilishi va yoshga oid xususiyatlari

6. Nafas gigienasi.
Nafas organlarning gigiyenasida umumiy gigienik qoidalarga rioya qilish (kun tartibi, jinsiga, yoshiga, sog‘liqqa to‘g‘ri keladigan jismoniy yuklama, to‘g‘ri ovqatlanish, kiyinish, toza havoda bo‘lish va hokazo) katta ahamiyatga ega. Nafas organlarini shamollashini oldini olish uchun nafasni og‘iz orqali emas, balki burun orqali olish zarur. Burun bo‘shlig‘i orqali o‘tgan havo isiydi, mexanik zarrachalardan tozalanadi va zararsizlanadi. Nafas tizimi ishining me’yorligini ta’minlashda nafas olish va nafas chiqarishlarning nisbatini saqlash ham katta ahamiyatga egadir. Nafas chiqarishning davomi nafas olishdan ko‘proq bo‘lishi kerak. To‘g‘ri nafasning muhim shartlardan biri ko‘krak qafasining rivojlanishi. Suzish, chang‘ida uchish, eshkak eshish singari sport turlari ko‘krak muskullarning rivojiga olib kelib, nafas chuqurligini, o‘pkaning tiriklik sig‘imini oshiradi, ichki nafasni faollashtiradi. Ko‘krak qafasi yaxshi rivojlangan odam tekis va to‘g‘ri nafas oladi. Qomati bukilgan odamlarda nafas olishda o‘pkaga kamroq havo boradi.
Xonadonlarda havo muhitining gigienik qiymati. Havoning tozaligi, fizik xossalari va tarkibi bolalarning ish qobilitiga ta’sir qiladi. Bolalar va o‘smirlarning chang, havosi toza bo‘lmagan xonada bo‘lishi butun organizmning funksiyalarini yomonlashuviga olib kelib, uni turli infeksiyalarga nisbatan qarshiligini pasaytiradi. Yaxshi shamollamagan yopiq xonalarda xona harorati oshishi bilan birga uning fizik va kimyoviy xossalari yomonlashadi.
Tekshirishlar ko‘rsatadiki, havoda og‘ir va engil atom va molekulalar mavjud. Musbat va manfiy ionlar atmosfera havosida uchrab turadi, ular odamning ish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Chang, mikroorganizmlar ko‘p, nafas olish qiyin bo‘lgan xonalarda og‘ir atom va molekulalar ko‘p bo‘lib, ular ish qobiliyatini susaytiradi, kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
Sinf xonada darsning davomida havoning tarkibi va fizikaviy ko‘rsatkichlari o‘zgarib turadi. Engil, manfiy ionlarning miqdori kamayib, changlanish darajasi, bakterial ifloslanishi, salbiy ta’sir etuvchi ionlarning miqdori osha boshlaydi. Shu bilan birga xonadagi havoning namligi, karbonat angidridning konsentratsiyasi oshib, kislorodning konsentratsiyasi kamayadi.
Shuning uchun sinf xonalarini muntazam ravishda shamollatib turish zarur. Sinf honaning balandligi 3, 3.5 m bo‘lganda har bir bolaga 1, 2.3 m2 maydon to‘g‘ri kelishi kerak. Sport zalida, usta xonalarda bolalarning jismoniy faolligi yuqori bo‘lganligi tufayli har bir bolaga 10-15 m3 havo to‘g‘ri kelish kerak. Bunday havo hajmini maktab xonalarida tabiiy va sun’iy ventilyasiyasini to‘g‘ri tashkil qilish bilan ta’minlash mumkin.
Sinf honalardagi harorat, namlik va havoning harakat tezligi uning mikroiqlimini tashkil qiladi. Havoning harorati 18-22oC, nisbiy namligi 40-60%, harakatlanish tezligi 0,1-0, 2 m.s. bo‘lganda aqliy mehnat unumdorligi eng yuqori bo‘lishi ko‘rsatilgan. Gorizontal va vertikal yo‘nalishlari buyicha haroratlarning o‘zgarishi sinf honada 2-3oC dan oshmasligi zarur. O‘quv xonalarda ochiladigan derazalarning umumiy maydoni xona polining maydoniga 1:50 nisbatda bo‘lsa gigiyenaga javob beradi.
Nazorat savollari
1. Atmosfera. Tashqi nafas va boshqa nafas bosqichlari haqida tushuntiring?
2. Nafas organlarning tuzilishi.
3. Nafas mexanikasi haqida nimalarni bilasiz?
4. O‘pkaning tiriklik sig‘imi.
5. Nafasning yoshga qarab o‘zgarishi haqida nimalarni bilasiz?
6. Nafas gigienasi nima?
Download 439.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling