1. Atmosfera. Tashqi nafas va boshqa nafas bosqichlari Nafas organlarning tuzilishi O‘pka hajmlari
Download 439.13 Kb.
|
13Nafas tizimining tuzilishi va yoshga oid xususiyatlari
2. Nafas organlarning tuzilishi
Odam nafas tizimi quyidagilardan tashkil topgan: 1) nafas yo‘llaridan (burun bo‘shlig‘i, tomoq, xiqildoq, traxeya); 2) o‘pkalardan (turli kenglikdagi bronxlar va qon-tomirlarga boy alveolyar qopchalardan); 3) suyak - mushak tizimidan (qovurg‘alar, ko‘krak qafasi mushaklari, diafragma). 51-rasm. Oʻpkaning umumiy tuzilishi 52-rasm.Traxeya, bronx bronxiolalarning koʻrinishi Bolalarni postnatal ontogenezida nafas tizimi struktura jihatdan katta o‘zgarishlarga uchraydi va nafas fiziologiyasi hayot etaplarini belgilab beradi. Og‘iz bilan nafas olish bolalarda kislorodga qoniqmaslikga, koʻkrak qafasini deformatsiyalanishiga, eshitish qobiliyatini kamayishiga va boshqa patologiyalarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, nafas jarayonida ishtirok etuvchi yuqori jag‘ suyagi bo‘shlig‘i va peshona suyagi bo‘shlig‘i yallig‘lanadi va bu xastaliklar gaymorit va frontit deb nomlanadi. Bu kasalliklar bolalarda ko‘p uchrab turadi va kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar ta’sirida kelib chiqadi. Yosh bolalarda tonzillit (tomoq limfa bezlarining yallig‘lanishi, angina) xastaligi ham ko‘p uchraydi. Burun bo‘shlig‘i berkilib qolganda og‘iz bilan nafas olish natijasida kelib chiqadi. Havo yo‘llariga infeksiya tushishi natijasida tonzillit (angina) xastaligiga uchrashi mumkin. Tonzillitni surunkali holiga o‘tishi bolalarda ko‘p uchraydi. Infeksion kasalliklar bilan parallel uchrab turadi. Bu xastalikni oldi olinmasa bolalar organizmida revmatizm, buyrak va yurak hastaligi paydo bo‘lish havfi tug‘iladi. Nafasga olingan havo yuqori nafas yo‘llari (burun bo‘shlig‘i, halqum, traxeya, bronxlar. Bronxiollalar orqali alveolalargacha) yetib boradi. 53-rasm. Burunning umumiy tuzilishi Alveola pufaklari bilan tashqi atmosfera orasida gazlar almashinuvi maromli ravishda qaytarilib turiladi. Nafas olish - ko‘krak qafasining kengayishi maxsus muskullarning qisqarishi tufayli ro‘y beradi. Nafas olishda diafragma pardasi pastga tushadi. Nafas chiqarish passiv jarayon bo‘lib, bunda muskullarning faol qisqarishi kuzatilmaydi, ko‘krak qafasi oldingi holatga keladi, xolos. O‘pkaga havo kirishida uning elastikligi muhim ahamiyatga ega. Ko‘krak qafasi kengayishi bilan birga o‘pkaning kengayishiga asosiy sabab - o‘pka va ko‘krak qafasi o‘rtasida joylashgan plevra pardalari orasidagi plevra bo‘shlig‘ida manfiy bosimning mavjudligi. Download 439.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling