Mundarija: Kirish I. bob. Z. M. Boburning kelib chiqishi va san’at madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi
Download 53.76 Kb.
|
Boburnomada davr adabiy muhiti boʻyicha tanqidiy qarashlar 3
Boburnomada davr adabiy muhiti boʻyicha tanqidiy qarashlar Mundarija: Kirish I.bob. Z.M.Boburning kelib chiqishi va san’at madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi 1.1. Z.M.Boburning kelib chiqishi va Shayboniyxonga qarshi kurash 1.2. Z. M. Boburning san’at madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi II.bob. Boburnomada davr adabiy muhiti boʻyicha tanqidiy qarashlarga asosiy sabablar va asosiy ko’rinishlari 2.1 Boburnomada davr adabiy muhiti boʻyicha tanqidiy qarashlarga asosiy sabablar 2.2. Boburnomada davr adabiy muhiti boʻyicha tanqidiy qarashlarning asosiy ko’rinishlari Xulosa Ma'lumotnomalar Kirish
Boburdan qolgan ijodiy merosining eng muhim va eng yirigi O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi geografiyasi, etnografiyasiga oid nodir va qimmatli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan va o’sha davr o’zbek klassik adabiyotida va adabiy tilining yorqin namunasi bo’lgan “ Boburnoma “ asaridir. Bu asar mazmunining rang-barangligi, bir jahon ma’teriali o’z ichiga olganligi, til va uslubining go’zalligi bilan XVIII, ayniqsa XIX asr sharqshunos olimlarning diqqatini o’ziga totgan va uning turli qo’lyozma nushalari izlana boshlagan va g’arb tillariga tarjima qilishga kirishilgan edi. Asarning asli nomi “ Boburiya ” bo’lsa-da, uni “ Voqeanoma “, “ Tuzuki Boburiy “, “ Voqeoti Boburiy “, deb ataladilar, keyinchalik asar “ Boburnoma “ degan nam bilan mashhur bo’lib ketgan. Bu asarning mavjud to’liq tekisti 1857-yilda turkolog N. I. Ilminskiy tomonidan Qozonda tipografiya yo’li bilan o’zining to’rt betlik nashr prinsiplarini ko’rsatgan ruscha so’z boshisi bilan boilgan. Asarni nashrga tayyorlash va dunyoga chiqarishda rus olimi N. I. Ilminskiyning zo’r faoliyat ko’rsatishini alohida qayd etish kerak. London nusxasining afzalligi shundaki, bunda A. Beverij nusxasining ayni o’zini berib juda yaxshi ish qilgan, shu bilan birga asar oxirida mukammal kishi ismlari, geografiya va qabila, urug’ nomlari ko’rsatkichi berilgan va ingliz tilida o’n betlik so’z boshisi ham bor. Mana shu ikkin mavjud nusxaga asoslanib, 1948-199-yillarda “ Boburnoma “ ning ikki qismidan iborat to’liq tekisti bosib tarqatilgan edi. Bu Nashr yangi o’zbek alifbosida, kishi va geografik nomlar ko’rsatkichi, to’liq lug’at, ba’zi bir qisqa izoh va tarjimalar ilovasi bilan bosilgan edi. Shundan keyin “ Boburnoma “ ning to’liq tekisti 1960-yili qayta nashrga tayyorlandi va nashr etildi. Bu nashrni tayyorlashda ayrim so’z va terminlar transkripsiyasini aniqlash masalasida “ Boburnoma “ ning Anqara ( Turkiya) da turkchaga qilingan tarjimasi va filologiya fanlari kandidati M. Salening ruschaga qilgan to’liq tarjimasini ham ko’zdan kechira borilgan va shular bilan moslashtirishga urinilgan edi. Asarda eng avvalo hududiy jihatdan chegaralarini yoritishdan boshlanadi va o’zining davlatinig chegaralari yotib berishdan boshlanadi. Undan keyingi betlarda Boburning avlodlari berilgan va uning avlodlari haqida shunday deyilga: “ Valodat va nasabi: sekkiz yuz oltmishda Samarqandda edi. Sulton Abusaid mirzoning to’rtinchi o’g’li edi. Sulton Ahmad mirzo, Sulton Muhammad mirzo Sulton Mahmud mirzodin kichik edi. Sulto Abusaid mirzo Sulton Muhammadmirzoning o’g’li edi. Sulton Muhammad mirzo Mironshoh mirzoning o’g’li edi. Mironshoh mirzo Temurbekning uchunchi o’g’li edi. Umarshayx mirzo bila jahongir mirzodin kichik. Shohruh mirzodin ulug’ edi.” Download 53.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling