3-tajriba ishi
Download 209.8 Kb.
|
3-tajriba
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism
3-TAJRIBA ISHI.Qarshilikli termometrlarning ishlash prinsipini o‘rganish. Qarshilikli termometrlarning strukturaviy sxemasini tuzish. Ish maqsadi: Ushbu laboratoriya ishini bajarishdan maqsad, qarshilik termometrlari yordamida temperaturani o’lchashni va sanoatda qo’llaniladigan kontaktli va kontaktsiz haroratni o’lchov asboblarini o’rganishdir. Nazariy qism Qarshilik termometrlarining ishlash printsipi, metall o’tkazgichlarning elektr qarshiligini temperatura o’zgarishi bilan o’zgarishiga asoslangan. Metallarda temperatura ortishi bilan ularning elektr qarshiliklari ortadi. Qarshilik termometrlarining afzalligi quyidagilardir: o’lchashdagi yuqori aniqlilik; temperaturani kichik diapazonda o’lchash mumkinligi; axborotni masofaga uzatishni va avtomatik ravishda yozib borishning mumkinligi. Qarshilik termometri materialiga quyidagi talablar qo’yiladi: 1) Fizik va kimyoviy xususiyatlarning temperatura o’zgarishi bilan o’zgarmasligi (xususan, termometr qarshiligini temperaturadan bog’lig’ligini o’zgarmasligi); 2) O’lchov asbobi sezgirligini oshirish uchun, qarshilik termometri materiali elektr qarshiligi temperatura koeffitsienti yuqori bo’lishi kerak; 3) Termometrni kichik razmerda tayyorlash maqsadida, o’tkazgich katta solishtirma qarshilikga ega bo’lishi kerak; 4)Tayyorlanadigan termometrlarni o’zaro almashinuvchanligini ta’minlash maqsadida metallni toza xolda olish mumkin bo’lishi kerak. Toza xolda olish mumkin bo’lgan metallardan qarshilik termometrlari tayyorlashga yaroqligi platina (pt) va mis (Cu) hisoblanadi. Eng yaxshi material bo’lib platina hisoblanadi, chunki u oksidlanish muxitida kimyoviy inert bo’lib, uni toza xolda olish mumkin. Platinining elektr qarshiligi temperatura koeffitsienti -3,94.10-3 grad-1 va solishtirma qarshiligi - 0,099 om mm2/m. Platinali qarshilik termometri yordamida temperaturani -2000S+6500S chegarada o’lchash mumkin. Platinani Rt qarshiligi temperaturani 00S+6500S chegarasida quyidagi tenglama bo’yicha aniqlanadi Rt = R0 (1+At+Bt2) A va B - o’zgarmas koeffitsientlar, ularning qiymati graduirovkalashda aniqlanadi; R0 - 00S dagi qarshilik. Mis qarshilik termometrlari ham ba’zi afzalliklarga ega: arzonligi, toza xolda olishning onsonligi, hamda yuqori elektr qarshiligi temperatura koeffitsientiga egaligi (4,26 10-3grad-1). Kamchiligi – solishtirma qarshiligining kichikligi 0,017 om mm2/m va yuqori temperaturada oson oksidlanishi. Shuning uchun mis qarshilik termometrlarining ishlatilish diapazoni cheklangandir (-500S + 1800S). –50+1800S intervalda mis qarshiligini temperaturadan t bog’liqligi quyidagi tenglama orqali ifodaladi Rt = R0(1+ t) - elektr qarshiligi temperatura koeffitsienti (grad-1). Platinali va misli standart qarshilik termometrlari (TSP i TSM) ishlab chiqariladi. 00S dagi bu termometrlar qarshiligi (R0) xar xil qiymatlarga ega va shu sababli xar xil graduirovkali qarshilik termometrlari ishlab chiqariladi. Qarshilik termometrlari bilan ishlaydigan ikkilamchi o’lchov asboblari sifatida muvozanatlangan avtomatik o’lchash ko’priklari, muvozanatlanmagan o’lchash ko’priklari va logometrlar qo’llaniladi. Download 209.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling