Buxoro muhadislik texnologiya instituti


Download 175.86 Kb.
bet1/6
Sana12.03.2023
Hajmi175.86 Kb.
#1262682
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
fizik-kimyoviy analiz AK

BUXORO MUHANDISLIK TEXNOLOGIYA INSTITUTI

KIMYOVIY TEXNOLOGIYA

FAKULTETI

Mavzu: Fizik – kimyoviy analiz usullari reja:


Fizik – kimyoviy analiz usullari. Analiz usullarining tavsifi
Potensiometrik usulning qisqacha nazariy asoslari
Potensiometrik usulda qo’llaniladigan asosiy tushunchalar

Analizning fizik-kimyoviy usullari moddaning kimyoviy reaksiyalari jarayonida fizikaviy xossalarining o’zgarishini aniqlashga asoslangan

  • Fizik – kimyoviy analiz usullarining turlari juda ko’p. Ulardan hozirgi vaqtda sanoat korxonalarida mahsulotlarning xossalarini o’rganishda, ilmiy-tekshirish laboratoriyalari ishlarida keng foydalaniladigani quyidagilar:
  • 1. Elektrokimyoviy analiz usullari - elektrokimyoviy hodisalar vaqtida analiz qilinadigan eritmada o’zgaradigan elektrokimyoviy ko’rsatkichlarni o’lchashga asoslangan (potensiometrik, konduktometrik, amperometrik va boshqalar).

    2. Spektral va boshqa optik analiz usullari - modda bilan elektromagnit nurlarning ta`siri natijasida turli o’zgarishlarni o’lchashga asoslangan (emission spektral analiz, atom-yutilish spektroskopiyasi, infraqizil nurlar spektroskopiyasi, spektrofotometrik va boshqalar)

    3. Ajratish va konsentrllash usuli - moddalarning ikki faza orasida taqsimlanishiga asoslangan (Ekstraksiya, xromatografiya va hokazo)

Analiz usullarining tavsifi

  • Har qanday analiz usullari, sezgirligi, ochilish oralig’i, natijalarning qayta takrorlanishi (vosproizvodimost) va aniqligi bilan xarakterlanadi
  • Analiz usullarining sezgirligi - konsentratsiya o’zgarishi bilan o’lchanadigan ko’rsatkichning o’zgarishi demakdir. Sezgirlik miqdoriy jihatdan sezgirlik koeffisienti bilan baholanadi
  • 2 Analiz natijalarining qayta takrorlanuvchanligi (voproizvodimost)-tasodifiy xatolarni ifodalaydigan va takroriy parallel o’lchashlardagi chetlanishlar darajasini ko’rsatadigan kattalik. Analiz natijalarining qayta takrorlanish mezoni bo’lib har bir aniqlash natijasi bilan o’rtacha arifmetik natija o’rtasidagi farqdir


Download 175.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling