1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13



1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission 
spektroskopiya.  
1. Reja: Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya. 
Atomlarning spektrlari, hosil bo’lishi. Qo’zg’almagan va qo’zg’algan holatlar. 
Tanlash qoidalari. Spektral chiziqlar: spektrdagi o’rni, intensivligi, yarimkengligi. 
Atomlash va qo’zg’atish manbalari, ularda sodir bo’ladigan fizikaviy va kimyoviy 
jarayonlar. Sifatiy va miqdoriy spektral analiz. Spektral chiziqlar intensivligi va 
atomlar konsentrasiyasi. Alanga fotometriyasi usuli. Namunalarni analizga 
tayyorlash, spektrlarini olish. Spektral analizning metrologik asoslari. 
 
ATOM SPEKTROSKOPIYASI USULLARI 
Atom spektroskopiyasi usullari atomlarning valent (2.1a,b - rasm) yoki ichki 
(2.1v,g - rasm) elektronlarini bir holatdan boshqa holatga o’tishiga asoslangan. Ba’zi 
hollarda bunday o’tishlar atom tomonidan bitta yoki bir nechta elektronlarni chiqarish 
(ionlashtirish) bilan bog’liq. Shuning uchun, atom spektroskopiyasi usullarida atom 
tomonidan chiqarilayotgan yoki yutilayotgan elektromagnit nurlarni ya’ni fotonlarni
ularning energiyasi (to’lqin uzunligi, chastotasi) bo’yicha taqsimlanishini qayd qilish 
mumkin. 
h

lyumines
h

yutilis h
h

emiss
Q’
zg
’a
ti
sh
a
б
e
ikkil
e
birlam
I bosqich
qo’zg’atish
h

rentg
II bosqich
relaksatsiya
г
в
1-rasm. Spektroskopik usullar asosida yotgan jarayonlarning sxemasi: 
a-atom-emission; b-atom-flyuoressent; v-g-rentgent-emission analiz. 
Elektromagnit nurlarning to’lqin uzunligi oralig’iga va tegishli o’tishlarning 
tabiatiga qarab atom spektroskopiyasi usullari optik va rentgen spektroskopiyalariga 
bo’linadi. Optik spektroskopiya usullarida elektromagnit nurlanishning ultrabinafsha 
(UB) va ko’zga ko’rinuvchi nurlar sohalari ishlatiladi. U valent elektronlar 
energiyasining o’zgarishiga mos keladi. Erkin atomlar va molekulalarning valent 
elektronlari joylashgan sathlarning tuzilishi mutlaqo har xil bo’lganligi uchun, 
atomlarning optik spektrlarini olish uchun namunani oldin atomlashtirish ya’ni, uni 
bug’ (gaz) ko’rinishidagi atom holatiga o’tkazish kerak. Bu ish atomga 
aylantirgichlar (atomlashtirgich), ya’ni har xil tuzilishga ega bo’lgan yuqori 
temperatura manbalari orqali amalga oshiriladi. 


2
Valent elektronlarning o’tishlari bo’sh elektron orbitallarning ishtirokida 
amalga oshiriladi. Modda bilan optik oraliqqa to’g’ri keluvchi nurlarning o’zaro 
ta’siri natijasida odatda, atomlar ionga aylanmaydi. Shu sababli, optik oraliq uchun 
faqat elektromagnit nurlanish spektroskopiyasi usullari xarakterlidir. Ularga atom 
emissiya (chiqarish), yutilish va lyuminessensiya usullari kiradi. 
Optik emissiya usullarida chiqarilayotgan nurlarning spektrini olish uchun 
atomlarni oldindan qo’zg’algan holatga o’tkazish kerak. Bu maqsadlar uchun 
qo’zg’atish manbalari deb ataluvchi qurilmalar, yuqori temperaturali manbalar (optik 
usullar uchun), va elektromagnit nurlar xizmat qiladi. 
Atomlarni qo’zg’atish, yuqori temperatura ta’sirida bo’ladigan emissiya optik 
usullariga atom-emissiya spektroskopiya usullari deyiladi. Bu usullarda moddani 
atomlarga aylantirish va ularni qo’zg’atish uchun bitta qurilma, qo’zg’atish manbai 
ishlatiladi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling