1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr yoyi.
MODDALARNI ATOMLASh USULLARI
Atom-emissiya spektroskopiyasida ishlatiladigan atomlash va qo’zg’atish manbalarining asosiy turlari quyidagi jadvalda keltirilgan. 2.1-jadval. Atom-emissiya spektroskopiyasida ishlatiladigan atomlash manbalalarining asosiy turlari Atomlash manbaining turi T, 0 C namunaning xolati min C , mass. % r s Alanga elektr yoyi elektr uchquni induktiv bog’langan plazma 1500-3000 3000-7000 10000- 12000 6000-10000 Eritma Qattiq Qattiq Eritma 10 -7 -10 -2 10 -4 -10 -2 10 -3 -10 -1 10 -8 -10 -2 0,01-0,05 0,1-0,2 0,05-0,1 0,01-0,05 Alanga. AES da ishlatiladigan temperaturasi eng past bo’lgan atomlash va qo’zg’atish manbai hisoblanadi. Yonuvchi aralashmaning tarkibiga qarab alanganing temperaturasi 1500 dan (yorituvchi gaz va havo aralashmasi) to 3000 0 S gacha boradi (asetilen - N 2 O). Atomlash va qo’zg’atish oson bo’lgan elementlar uchun birinchi navbatda, ishqoriy va ishqoriy-yer metallari (Ca, Sr, Ba) uchun bunday temperaturalar eng samarali natija beradi. Alanga fotometriya usuli bular uchun eng sezgir usullardan biridir (aniqlash chegarasi 10 -7 % mass. gacha). Ko’pchilik boshqa elementlar uchun aniqlash chegarasi bir necha tartib pastdir. Atomlash manbai sifatida alanganing muhim ustunligi uning turg’unligidadir va shunga ko’ra o’lchash natijalari yaxshi takrorlanadi ( 05 , 0 01 , 0 r s ). Elektr yoyi. AES da o’zgaruvchan va doimiy tokning yoy razryadi ishlatiladi. Yuqori zichlikka ega bo’lgan tok kuchi va va past kuchlanish orqali ikkita elektrod 4 orasida yoy razryadi hosil qilish mumkin. Bu holda elektrodlar orasidagi kuchlanish 50 V gacha, tok kuchi esa 2-30 A gacha boradi. Elektrodlarning biri namuna ikkinchisi esa ko’pincha toza grafit bo’ladi. Pastki elektrodning o’rtasi o’yilib unga namuna joylashtiriladi. Shuning uchun, yoy razryadi qattiq namunalarni analiz qilish uchun juda qulaydir. Eritmalarni analiz qilish uchun odatda, eritma kukunsimon modda bilan birga bug’lantirilib namuna tayyorlanadi va pastki elektrodning chuqurcha qilib o’yilgan joyiga qo’yiladi. Agar, analiz qilinadigan namuna metall (qotishma) bo’lsa, uning o’zi pastki elektrod rolini bajaradi. Yoy razryadining temperaturasi 3000 - 7000 0 S gacha bo’ladi. Bunday temperaturalar ko’pchilik elementlarni samarali atomlash va qo’zg’atish uchun yetarlidir (galogenlar kabi qiyin qo’zg’atiladigan metallmaslardan tashqari). Ko’pchilik elementlar uchun yoy razryadi orqali aniqlash chegarasi 10 -4 - 10 -2 % mass.ni tashkil qiladi. O’zgaruvchan tok yoyida temperatura doimiy tok yoyinikiga qaraganda balandroq bo’ladi. Yoy atomizatorlari (ayniqsa doimiy tokniki) ish maromining turg’unligi, alanganikiga qaraganda past bo’ladi. Shuning uchun, tajriba natijalarining takrorlanishi katta emas ( 2 , 0 1 , 0 r s ). Lekin, yarim miqdoriy aniqlashlar uchun bunday takrorlanish yetarlidir. Yoy atomizatorlari qo’llaniladigan muhim sohalardan biri ko’rish uchun imkon beradigan spektr asosida sifat analizi o’tkazishdir. Bu ish uchun, yoy atomizatori eng yaxshi xarakteristikalarga ega. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling