1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


Generatorni yoy maromida yoqish tartibi


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

Generatorni yoy maromida yoqish tartibi: 
1. Namuna o’rnatilgan stolchaning g’ilofini yoping. 
2. Qo’shimcha manbaning 5 (1.12 - rasm) qayta ulagichini burab 5 raqamiga 
to’g’rilab qo’ying. 
3. Qo’shimcha manbaning o’ng tomonidagi buragichini soat strelkasi 
yo’nalishi bo’yicha oxirigacha burang. Bu vaqtda reostatning qarshiligi eng katta 
undan o’tayotgan tok kuchi esa eng kichik bo’ladi. 
4. Okulyarning gardishiga kattalashtirishi 13,5
x
bo’lgan okulyarni o’rnating. 
5. Qayta ulagich 13 («FAZA» deb yozilgan) ni (1.9 - rasm) 90
0
ga, 12 
(«KOLIChESTVO IMPULSOV» deb yozilgan) ni 1 raqamining to’g’risiga, 14 
(«YeMKOST» deb yozilgan) ni 0 raqamining to’g’risiga, 16 
(«KOMBINIROVANNY RAZRYaD» deb yozilgan) ni 11 raqamining to’g’risiga, 17 
ni «V1KL» holatiga, 15 («INDUKTIVNOST» deb yozilgan) ni 10 raqamining 
to’g’risiga burab qo’ying. 
4
3
2
1
1.12 - rasm. SL - 13 stiloskop generatori qo’shimcha elektr manbaining 
umumiy ko’rinishi. 
1 - transformator; 2 - reostat; 3 - magnit ulovchi; 4 - kondensatorlar 
to’plami; 5 - ampermetr shkalasini o’zgartiruvchi dasta. 


18
6. Generatorning old tomonidagi «PUSK» yozuvli qora tugmachasini bosing. 
Bu vaqtda elektrodlar orasida yoy razryadi hosil bo’ladi. Yoyning turg’un 
yonishi 1 maxovikni (1.11 - rasm) burab sozlanadi. 
Asbobning okulyariga qarab 5 buragich (1.9 - rasm) yordamida spektrning 
kerakli qismi ko’rish maydonining o’rtasiga keltiriladi. Okulyarning gardishini burab 
ko’rinayotgan spektr chiziqlarning eng tiniq, ravshan ko’rinishiga erishiladi va 
spektrni o’rganishga hamda namunadagi elementlarning miqdorini baholashga 
kirishiladi. 
DIQQAT! 
1. Generatorning qopqoqlarini ochish va stolcha ustidagi namunani 
almashtirish faqat asbob o’chirilgan holatda bajarilishi kerak. 
2. Generator uch minut davomida to’xtovsiz ishlatilgandan so’ng «STOP» 
yozuvli qizil tugmachani bosib o’chirilishi kerak. Uch-besh minut tanaffusdan so’ng 
generatorni qayta yoqish mumkin. 
3. Spektr chiziqlarni atlas bilan solishtirib o’rganish va to’lqin uzunligi ma’lum 
bo’lgan spektr chiziqni ajratish vaqtida yorug’lik manbaini hosil qilayotgan tokning 
eng kichkina qiymatlarida ishlash kerak. 
2. PAJ - 1 alanga fotometrning tuzilishi va ishlash prinsipi. 
PAJ - 1 alanga fotometri eritmadagi natriy (Na), kaliy (K), kalsiy (Ca), va 
litiy (Li) elementlarining miqdorini alanga spektrofotometriyasi usuli bilan 
aniqlashga mo’ljallangan. Aniqlanayotgan eritma alangaga aerozol ko’rinishida 
purkaladi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling