1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

 
Asbobning tuzilishi 
Asbobning metall g’ilofi ichiga (1.18 - rasm) quyidagi qismlar 
joylashtirilgan; fotometrik qism, elektr energiyasi bilan ta’minlovchi qism, doimiy 
tokni kuchaytirgich, rotametrlar tuguni. G’ilofning o’ng tomoniga atomlarni 
qo’zg’atuvchi qism o’rnatilgan. 
Asbobning chapdagi yon devoriga tegishli yorug’lik filtrini (o’lchanayotgan 
elementni simvolini) o’rnatish uchun ruchka joylashgan. Orqa devoriga esa havo 
va tabiiy gazni ulash uchun ikkita shtuser, yerga ulash uchun klemma, elektr 
tarmog’iga ulash uchun kabel va saqlagich joylashtirilgan. 
Asbobning old tomoniga (1.18 - rasm) uning elektr qismini boshqarish 
uchun ruchkalar, mikroampermetr, asbobga kelayotgan gaz-havo aralashmasi 
1
2
5
3



4
1.17 - rasm. Alanga fotometrining umumiy 


21
nisbatini (miqdorini) boshqarish uchun ruchkalar, parda va optik ponani tegishli 
joyga qo’yish uchun uzatmalar joylashtirilgan. 
Qo’zg’atuvchi qism, tadqiq qilinayotgan eritmani aralashtirish kamerasiga 
purkaydigan 2 forsunkadan tashkil topgan. Asbobning ehtiyoj qismlari ichida 
kapilyar naylarining diametri 0.6, 0.89 va 1,01 mm bo’lgan uchta forsunka bor. 
Aerozol va gaz-havo aralashmasi aralashtirish kamerasidan yonish kamerasida 
joylashgan gorelkaga keladi. Gorelkaning holati 3 aylanma buragich orqali 
to’g’rilanadi. 
Yonish kamerasi 6 metall g’ilofdan qilingan bo’lib uning ichiga qaytaruvchi 
ko’zgu, alangani kuzatish uchun 5 derazacha qo’yilgan. Alangani tashqaridan 
tushayotgan yorug’likdan himoya qilish uchun 4 g’ilof o’rnatilgan. Fotometr 
qismining qutisi ikkita bo’lmaga ajratilgan. Bitta bo’lmaga obyektiv, linzalar, 
panjara, interferension va yutuvchi yorug’lik filtrlari, qaytaruvchi ko’zgu va optik 
pona joylashtirilgan. 
Ikkinchi, zich qilib yopilgan va ekran bilan to’silgan bo’lmaga 
kompensasiyalovchi va o’lchovchi fotoelementlar tuguni hamda qarshiliklar 
(rezistorlar) qismi joylashtirilgan. 
Elektr toki bilan ta’minlovchi qism va doimiy tok kuchaytirgichi shassiga 
terilgan, u esa asbob qutisining ostiga mahkamlangan. Asbob qutisining orqa 
11
12
13
14
7
8
1





1.18 - rasm. PAJ - 1 alanga fotometrning umumiy ko’rinishi 
1 - mikroampermetr; 2 - forsunka; 3 - gorelkaning 
balandligini to’g’rilovchi aylanma buragich; 4 - alangani 
yopadigan g’ilof; 5 - alangaga qaraydigan tirqish; 6 - 
yonish kamerasi; 7 - vaqt doimiysining qiymatini 
o’rnatuvchi ruchka; 8 - sezgirlikni katta-katta o’rnatuvchi 
ruchka; 9 -fotometrik pona; 10 - yorug’lik nurini 
to’sadigan parda; 11 - sezgirlikni asta-sekin o’rnatuvchi


22
devori olinganda uning hamma qismlariga va elementlariga erkin kirish 
ta’minlanadi. 
Kirish shtuserlaridan havo va gaz magistrallari ketadi. Gaz magistraliga gaz 
filtri ulangan. Havo magistralining havoni ko’paytirib ozaytirib to’g’rilaydigan 16 
drosseli asbob old devorining orqasida joylashgan. Kirish shtuseri bilan 
to’g’rilaydigan drossel orasiga filtr qo’yilgan. Drossel vintini burash orqali havo 
oqimi forsunkaga va alangani puflash uchun taqsimlanadi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling