1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
Asbobni ishga tayyorlash
Asbobni ishlatishdan oldin uning bayonini o’rganish, standart eritmalar tayyorlash usuli bilan tanishish, shuningdek kompressorni ishlatish tartibi va qoidalarini bilish zarur. Gaz ballonlari va gorelkalarini ishlatishga tegishli texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishib, yetarli malakaga ega ekanligini tasdiqlovchi sinovdan ham o’tish kerak. Agar, ishda propan-butan gazi ishlatilsa, uning balloniga reduktorni burab mahkamlang. Agar asbob, tabiiy gaz bilan ishlatilsa u o’rnatiladigan joyga ventil bilan mahkamlanadigan chiqish shtuseriga ega bo’lgan gaz yo’li keltirish kerak. Bu gaz magistraliga rezina shlang orqali gaz bosimini boshqargich, unga esa alanga fotometri ulanadi. Asbob, yaxshi shamollatiladigan toza xonaga, yana ham yaxshisi kuchsiz havo tortgichning ostiga o’rnatiladi. Xonaning changida ishqoriy yoki ishqoriy-yer elementlarining bo’lishi alanga rangini o’zgartirib o’lchashga xalaqit beradi. Bunday hollarda eritmadagi elementlarning kichik konsentrasiyalarini o’lchashning iloji bo’lmaydi. Asbob joylashtirilgan xonani yoritayotgan lampaning yorqin nuri hamda tashqaridan 24 kelayotgan yorug’lik uning optik qismiga tushmasligi kerak. To’g’ri tushayotgan yorug’lik uning ishlashiga xalaqit beradi. Gaz balloni reduktorga ulangan joyidan, reduktordan va ventildan gaz chiqmasligi kerak. Gaz chiqayotganligini tekshirib ko’rish, ulanish joyiga faqat sovunli suv surtish orqali amalga oshiriladi. Tekshirib ko’rish uchun olovdan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi. Gaz balloning reduktori va kompressor shtuserlariga gaz va havo shlanglarini kirgizing. Havo keladigan shlangni asbobning «gaz» shtuseriga ulab kompressorni yoqing va asbobning «gaz» deb yozilgan ventilini ochib sistemani gaz chiqarayotgan yoki chiqarmayotganligini tekshirib ko’ring. Tekshirish tugagandan keyin ventilni yopib, asbobning «gaz» shtuseridan havo shlangini oling. Gaz va havo kelayotgan shlanglarni mos ravishda asbobning «gaz» va «vozdux» shtuserlariga kirgizing. Shtuser bilan shlangni ulanish joyiga xomut kirgizing va uni mahkam torting. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling