15-bilet Elektr qurilmalarida qoʼllaniladigan muhofaza vositalari


Download 23.96 Kb.
Sana03.05.2020
Hajmi23.96 Kb.
#103071
Bog'liq
Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги фанидан оралиқ назорат


Kenjayev Navro’z
Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan oraliq nazorat savollari
15-bilet
1. Elektr qurilmalarida qoʼllaniladigan muhofaza vositalari

2. Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar va ularga misollar

3. Xavfsizlikni taʼminlashda psixologiyaning ahamiyati
1. Elektr qurilmalarida qo‘llaniladigan muhofaza vositalari

Elektr qurilmalarida ishlayotganlar uchun muhofaza vositalarining eng mukammal qilib bajarilganlari ham ba’zi bir hollarda elektr xavfsizligini to‘la ta’minlay olmaydi. Masalan, elektr toki o‘tkazgichlari yaqinida ishlayotgan kishilar, agar bu elektr o‘tkazgichni mustahkam tok o‘tkazmaydigan muhofaza qobiqlari bilan jihozlamasa, elektr xavfi bo‘lishi aniq. Shuningdek, ba’zi bir ishlarni elektr tokini o‘chirmagan holda bajarishga to‘g‘ri keladi, bunda elektr asboblarining tutqichlarini muhofazalash talab qilinadi. Ba’zi bir hollarda esa elektr tarmoqdarida elektr kuchlanishni uzib, remont ishlarini bajariladi. Bunday hollarda bilmasdan tokni ulab yuborish xavfli vaziyatlarga olib keladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan holatlarning har biri o‘ziga yarasha muhofaza vositalari va asboblaridan foydalanishni taqazo etadi.

Muhofaza vositalari shartli ravishda uch turga bo‘linadi: muhofaza qobiqli, to‘siq va saqlovchi vositalar.

1. Muhofaza qobiqli elektrdan saqlovchi vositalar ikki turga bo‘linadi:

a) asosiy muhofaza qobiqli vositalar - uzoq vaqt elektr kuchlanishlari ta’sirida ishlashi mumkin bo‘lgan va elektr kuchlanishidan muhofaza qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan vositalar. Ular bilan elektr kuchlanishga ega bo‘lgan o‘tkazgichlarda elektrni uzmasdan ishlashga ruxsat etiladi. Bunday vositalarga rezinadan qilingan qo‘lqoplar, dastasi muhofaza qobiqlari bilan jihozlangan elektr asboblari, muhofazalangan shtangalar, elektr o‘lchash asboblari, shuningdek, muhofazalangan kuchlanishni o‘lchash asboblari kiritiladi.

- kuchlanish 1000 V dan oshmaydigan elektr qurilmalarida - elektr
o'tkazmaydigan rezina qo'lqoplar, dastasi izolyatsiyalangan asboblar va tok
izlagichlar;
- 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida - izolyatsiyalovchi
shtangalar, izolyatsiyalovchi va tok o'tkazuvchi ombirlari, shuningdek, yuqori
kuchlanishni ko'rsatkichlar.

b) yordamchi elektr tokidan muhofaza qiluvchi vositalar - elektr tokidan to‘liq himoya qila olmaydigan, lekin elektr ta’sirini qisman kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘lgan vositalar. Ular asosiy vositalarga qo‘shimcha ravishda ularning muhofaza qobiliyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Yordamchi muhofaza vositalariga dielektrik kalishlar, gilamchalar oyoq ostiga qo‘yiladigan quruq taxtadan qilingan tagliklar va boshqalar kiradi.

- kuchlanishi 1000 V dan oshmaydigan qurilmalarda - izolyatsiyalovchi
poyandozlar va tagliklar;
- kuchlanish 1000V dan katta bo'lgan qurilmalarda - botiklar va tok
o'tkazmaydigan qo'lqoplar.

2. To‘siq muhofaza vositalari elektr toki ta’siridan vaqtincha to‘sish yo‘li bilan muhofaza qiladi. Masalan, panjara sifatidagi to‘siqlar, tok taqsimlagich shkaflari va boshqalar. Ba’zi hollarda esa ogohlantiruvchi plakatlar osib qo‘yiladi.

Bundan tashqari elektr ta’minoti vositalari baland simyog‘ochlarda va chuqur er osti kabellari orqali amalga oshiriladi. Bular ham o‘z navbatida to‘siq vositalar vazifasini bajaradi.


3. Saqlovchi muhofaza vositalari ishchilarni nur, issiqlik va mexanik jarohatlardan saqlash vazifasini bajaradi.

Saqlash qurilmalarining asosiy vazifasi ish joylarida nazorat qilinishi talab etiladigan ko‘rsatkichlar (kuch miqdori, bosim, harorat, siljish va boshqalar) ruxsat etilgan miqdoridan oshgan taqdirda, mashina yoki mexanizmni ishdan avtomatik ravishda to‘xtatishdan iborat.




Izolyatsiyalochi shtanganlar bir qutbli ajratgichlarni uzib qo'yish va
ulashga mo'ljallangan. Izolyatsiyalovchi ombirlardan kuchlanish ostida bo'lgan
naychasimon saqlagichlar bilan ishlashda va hakozolarda foydalaniladi. Tok
o'lchash ombiri ko'chma asbob bo'lib, u simdan va shu kabilardan
o'tayotgan tokni elektr zanjirini tarmoqdan uzmasdan o'lchash uchun ishlatiladi.
Yuqori kuchlanishni ko'rsatgich. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr
qurilmalarining tok o'tkazuvchi qismlarida kuchlanish borligi yoki yo'qligini
aniqlashda foydalaniladi. Bunday tekshiruv, masalan, uzib qo'yilgan tok
o ’tkazuvchi qismlarda ishni boshlashdan oldin albatta o ‘tkazilishi lozim. Tok izlagichlarning ham vazifasi yuqori kuchlanishli ko‘rsatkichniki kabidir. Ammo ular kuchlanishi 1000 V dan oshmaydigan elektr qurilmalarida qo'llaniladi. Rezinadan tayyorlangan tok o'tkazmaydigan himoya vositalari - qo'lqoplar, botiklar, kalishlar va poyandozlar asosiy himoya vositalari yordamida bajariladigan ishlarda qo'shimcha himoya vositalari sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari, qo'lqoplardan 1000 V gacha kuchlanish ostida ishlayotganda, shuningdek, ajratkichlar, uzgichlar bilan bog'liq ishlarda foydalaniladi. Elektr o'tkazmaydigan kalish va botiklardan kuchlanishdan himoyalovchi vosita siftida ham foydalaniladi. Elektr o'tkazmaydigan qo'lqop, kalish, botiq va poyandozlar elektr o'tkazmaydigan maxsus rezinadan tayyorlanadi hamda elektr ta’siriga juda chidamli bo'ladi.
Izolyatsiyalovchi tagliklar taxta to'shama va chini oyoqchalardan tashkil
topadi. Elektr o'tkazmaydigan poyandozlar kabi tagliklar ham elektr qurilmalari bilan bog'liq turli ishlarni bajarishda izolyatsiyalovchi ashyo sifatida ishlatiladi. Ular zax xonalarda qo'llaniladi. Asosiy va qo'shimcha himoya vositalari hamma ishlarda birgalikda ishlatilishi kerak.
Elektr qurilmalariga xizmat ko'rsatishda ishlatiladigan himoya vositalari
vaqt-vaqtida elektr mustahkamlikka, ayrim hollarda esa mehanik mustahkamlikka ham albatta sinab turilishi darkor.

Har qanday elektr qurilmasi, agar uning metall qobiqlarida elektr kuchlanishi hosil bo‘lish xavfi bo‘lsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qat’iy nazar, uning korpusini Yerga ulab qo‘yiladi va bu elektr qurilmalarini Yerga ulab muhofaza qilish deb ataladi. Yerga ulab muhofaza qilishning asosiy mohiyati ishlatilayotgan elektr asboblarining metall korpuslarida elektr kuchlanish paydo bo‘lsa, uni Yerga o‘tkazib yuborishdan iborat bo‘lib, asosiy xususiyatlaridan biri, elektr tokini xavfsiz darajaga tushirish, shuningdek , Yerga ulangan joy atrofida potensiallar ayirmasi hosil bo‘lmasligini ta’minlashdan iborat.

Yerga ulab muhofaza qilish qurilmasi deganda, Yerga qoqilgan va elektr tokini yerga o‘tkazib yuborish uchun mo‘ljallangan metall qoziq va bu qoziqni elektr qurilmasi bilan biriktiruvchi metall o‘tkazgich tushuniladi.

Yerga ulab muhofaza qilish qurilmalari asosan ikki xil bo‘ladi:

a) Bir joyga yig‘ilgan yerga ulash, yerga qoqilgan metal qoziqlar sexdan tashqarida ma’lum bir hududda o‘rnatilgan bo‘ladi.

b) Kontur bo‘yicha joylashtirilgan yerga ulashga mo‘ljallangan metal qoziqlar, elektr qurilmasi o‘rnatilgan maydon atrofi bo‘ylab, o‘zaro metall polosadan qilingan o‘tkazgich yordamida bir-biri bilan payvandlab ulab qo‘yiladi. Kontur bilan yerga ulashda elektr xavfsizligi butun yerga ulangan qoziqlar hisobiga tenglashtiriladi, hudud bo‘ylab elektr potensiallari ayirmasi yo‘qoladi.

Elektr qurilmalarining tok o‘tmaydigan metall qismlarini oldindan nol sim bilan ulab qo‘yish, nolga ulab muhofazalashdir.

Muhofazalovchi nol simi, elektr manbai g‘altagining neytral qismlarini mustahkam Yerga ulash bilan boshlanib, uch faza bilan birgalikda to‘rtinchi nol sim tariqasida butun tarmoq bo‘ylab tortib boriladi va iloji borcha ko‘proq (ma’lum masofada) Yerga ulab boriladi.

Nolga ulab muhofaza qilishning vazifasi Yerga ulab muhofaza qilish bilan bir xil, ya’ni elektr asbobi korpusiga oqib ketgan kuchlanishni zararsizlantirishdan iborat. Nolga ulab muhofaza qilinayotgan tizimda nol simining asosiy vazifasi elektr tizimi korpusiga o‘tib ketgan tok bilan qarshiliksiz qisqa tutashuv hosil qilib, tizimdan oqib o‘tayotgan tok miqdorini muhofazalovchi o‘chirish tizimini ishga tushirib, qurilmaga tok o‘tkazmasligini ta’minlaydi


2. . Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar:

o‘lat, vabo, sarg‘ayma isitma kabi siyrak uchraydigan kasalliklarni keltirib chiqargan alohida xavfli infeksiyalar;

odamlarda uchraydigan yuqumli kasalliklar rikketsiyalar — epidemik toshmali terlama, Bril kasalligi, Ku-isitma;

zoonoz infeksiyalar - Sibir yarasi, quturish;

virusli infeksiyalar - SPID;

Pandemiya [yun. pandemos – yoppasiga, xalqaro] – epidemik kasallikning bir mamlakat, bir necha mamlakat, qitʼa yoki kontinenda yoppasiga tarqalishi. Pandemik tarqalish havo-tomchi yoʼli bilan yuqib, inkubatsion davri qisqa yuqumli kasalliklarga xos. Gripp kasalligi va hozirgi kunning eng dolzarb muommolaridan biri korona virus bunga misol boʼla oladi. 2019yil so’ngida Xitoyda tarqalgan ushbu virus juda tez fursatlarda juda keng hududni qamrab oldi. Bugungi kunda ham kata tezlikda yoyilmoqda. 200 dan ortiq davlatga tarqalib ulgurgan bu virusdan zararlanishlar soni 3.5mln dan o’tib ketti.

epidemiya - alohida xavfli infeksiyalarga tegishli bo‘lmagan, yuqish manbai bitta yoki yuqish omili bir xil bo‘lgan odamlarning guruh bo‘lib yuqumli kasallanishi, bir aholi punktida - 50 kishi va undan ortiq; Ebola virusi, vabo, toun, xolera

XIV asrning ikkinchi yarmida Yevropada vabo kasalligi keng tarqalishi natijasida Yevropaning 3/4 qismi nobud bo’lgan.

G’arbiy afrikada tarqalgan ebola virusi (2013-2016yillar) natijasida 11310 nafari ya’ni kasallanganlarning 40%i vafot etdi.

aniqlanmagan etiologiya bilan guruh bo‘lib kasallanish - 20 kishi va undan ortiq;

tashhisi aniqlanmagan bezgak kasalligi - 15 kishi va undan ortiq;

o‘lim yoki kasallanish darajasi o‘rtacha statistik darajadan 3 baravar va undan ortiq bo‘lgan vaziyat;

zaharli moddalar bilan zaharlanish - jabrlanganlar soni - 10 kishi, vafot etganlar soni - 2 kishi va undan ortiq:

oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish - jabrlanganlar soni - 10 kishi, vafot etganlar soni - 2 kishi va undan ortiq;

epizootiya - hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bo‘lishi; u 3 ga bo’linadi:epixotiya, pantoziya va enzootiya

Epizotiya-aniq bir hududda yoki ko’p turdagi qishloq hayvonlari o’rtasida kasallikning ushbu hududda qayd qilinadigan darajasidan ancha katta bo’lgan darajada vaqt va fazoda bir vaqtda rivojlanadigan yuqumli kasallining tarqalishi.

Panzootiya- qishloq xo’jaligi hayvonlari yuqumli kasallikning katta hududda butub bir mintaqa, bir nechta mamlakat va materiklarda bir vaqtda tarqalishi.

Enzootiya-tabiiy va xo’jalik sharoitidan kengaymagan holda hayvonlarga yuqumli kasalliklarning tarqalishi.

Hayvonlar yuqumli kasalliklari 5 turga bo’linadi:


  1. Elementar infeksiya- kuydurgi, oqsil, brutselloz…

  2. Resperator infeksiyalar- parranda gripi, ekzootik zotiljam, qo’y va echki chechagi

  3. Transmessiv infeksiyalar- ensefalomiyelit, tulyaremiya…

  4. Qo’zg’atuvchisi teri orqali vositachilar ishtirokisiz o’tadigan infeksiyalar- qoqshol, quturish, sigr chechagi…

  5. Aniqlanmagan yo’l bilan zararlaydigan infeksiyalar- manbalari sel oqimlari, suv toshqinlari…

Epifitotiya - o‘simliklarning ommaviy nobud bo‘lishi.

O’simliklar kasalligi- fitopatogen yoki muhitning nohush sharoitlari ta’sirida o’simliklar hosildorligining pasayishiga yoki nobud bo’lishiga olib keluvchi hujayralar o’simlik organlari va butun o’simlikdagi meyordagi moddalar almashinuvining buzulishi.ularni 3 ga bo’lishimiz mumkin: epifitotiya, enfitotiya, panfitotiya.

Bu kasalliklarga misol qilib kartoshka fitoftorasi, poliz ekinlarida uchrovchi oqpalak va boshqa ko’plab misollarni keltirishimiz mumkin.

3. Xavfsizlikni ta’minlashda psixologiyaning ahamiyati.

Mehnatni muhofaza qilishda psixologiya ham muhim o‘rinni egallaydi. Zamonaviy ishlab chiqarishda avariyalar, shikastlanishlar muammosi faqat muhandislik uslublari bilan echilmaydi. Tajribalardan ma’lumki, avariya va shikastlanishlar muhandis-konstruktorlik ishlaridagi kamchiliklar asosida yuzaga keladi. Shuningdek tashkiliy-psixologik sabablar, masalan kasb bo‘yicha xavfsizlik talablariga past darajada tayyorgarlik ko‘rilishi, etarli bo‘lmagan tarbiya, mutaxassislarning xavfsizlik choralariga e’tiborsizligi, xavfli ishlarga etarli malakaga ega bo‘lmagan shaxslarni jalb qilish, ishda odamlarni toliqqan va psixologik holatda bo‘lishi ham sabab bo‘ladi. Bular mutaxassisning faoliyatiga ishonchsizlikni (xavfsizlikni) pasaytiradi. Xalqaro tajriba, izlanishlarning ko‘rsatishicha maishiy ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarning 60-90 %i zarar ko‘rgan kishilarning aybi bilan sodir bo‘ladi. Xavfsizlik psixologiyasi faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik bilimlarni tadbiq qilishni ifodalaydi. Bu erda mehnat faoliyati jarayonida ko‘rinadigan psixologik holatlar turlari to‘liq tekshiriladi, psixologik jarayonlar, psixik xususiyatlar ko‘rib chiqiladi.

Insonning psixik faoliyatida uchta asosiy guruh (qism) – psixik jarayonlar, xossalar, holatlar farqlanadi.



Psixik jarayonlar psixik faoliyatning asosini tashkil qiladi. Psixik jarayonlar bilish – sezish, his-tuyg‘u qabul qilish, iroda, xotira va boshqalarga farqlanadi.

Psixik xossalar shaxsning o‘ziga xos xususiyatini, fazilatini (yo‘nalishi, xarakteri, temperamenti) ifodalaydi. Shaxsning sifatlari (xossalari) ichida zukkolik, zakovatlilik, his-tuyg‘u, iroda, odob-axloq, mehnat ajralib turadi va u o‘zgarmas hamda doimiydir.

Psixik holatlar xilma-xilligi, vaqtincha xarakteri bilan farqlanadi va psixik faoliyatning xususiyatlarini aniqlaydi, psixik jarayonlarga foydali yoki foydasiz bog‘lanishi mumkin.

Mehnat psixologiyasi vazifalari va xavfsizlik muammolaridan kelib chiqib holatlarni ishlab chiqarish va maxsus psixik holatlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Bu ishlab chiqarishdagi shikastlanish, avariyaning oldini olish choralarini tashkil etishda muhim o‘rin egallaydi.

Insonning qobiliyati, samarali mehnat faoliyati uning psixik (ruhiy) kuchlanishi darajasiga bog‘liq. Psixik kuchlanish insonning mehnatiga ma’lum daraja-chegaragacha ijobiy ta’sir etadi. Faollikni kritik nuqtadan yuqoriga ko‘tarish ish qobiliyatini yo‘qotishgacha olib kelishi mumkin.

Operator uchun normal sharoitdagi his-tuyg‘u va mehnat qilishi uchun ruhiy kuchlanish darajasi 40-60%dan oshmasligi ko‘zda tutiladi, aks holda bu uning ish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.

Psixik kuchlanishning chegaradan yuqori shaklida insonning shaxsiy xususiyatlari pasayadi, harakat koordinati o‘zgaradi, xulqi samarasiz holatga o‘tadi yoki hayot faoliyatida boshqa salbiy o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi.

Chegaradan yuqori psixik kuchlanishni xususiyatiga qarab tormozlovchi (to‘xtatuvchi), qo‘zg‘atuvchi turlarga ajratish mumkin.

Tormozlash turi inson harakatining pasayishiga va cheklanishiga olib kelishi bilan ifodalanadi. Kasb egasi vazifani avvalgidek shijoat bilan bajarishga qodir bo‘lmaydi, javob berish hususiyati va tezligi pasayadi. Xotiralash, fikrlash jarayoni sekinlashadi, yomonlashadi va shu kabi boshqa salbiy omillar kuzatiladi.

Qo‘zg‘atuvchi xilida esa insonda faollikning pasayishi, sergaplik, ovozning titrashi kuzatiladi. Natijada, ya’ni psixik kuchlanishning yuqori shaklida odamlarda – operatorlarda murakkab sharoitlarda notug‘ri harakatlanish va xatolarga yo‘l qo‘yish, toliqish sodir bo‘ladi. Yuqoridagilarni hisobga olib inson psixik holatining nazoratiga katta e’tibor beriladi.

Insonning psixik holatiga ta’sir etadigan omillar – umidsizlanish, kayfiyatning buzilishi, qo‘pollik alomatlari, yiqilib tushish, toliqish kabilar bo‘lmasligi uchun tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Shu jumladan, insonning salomatligiga, ish holatiga, psixologik faoliyatiga ijobiy ta’sir etadigan psixofarmokologik vositalar ishlab chiqilgan va ular tavsiya etilgan taqdirda qo‘llaniladi.

Engil stimulyatorlarni (choy, kofe) qo‘llash insonning ish qobiliyatini qisqa vaqtga oshiradi, uyqusini qochiradi. Ayniqsa aktiv stimulyatorlarni (pervitin, fenamin) iste’mol qilish bilan harakatchanlik, sezish qobiliyati pasayadi.

Trankvilizatorlar (seduksen, elenium va h.k.) ichilsa inson biroz tinchlanadi, lekin nevroz kasalligi kelib chiqadi, uyqu elitadi, faollik, psixik holat pasayadi.

Insonning ish qobiliyatiga, psixik holatiga jiddiy ta’sir etadigan alkogol ichimliklarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.



Xullas, maishiy va ishlab chiqarish sharoiti asosida insonning psixik holati barqaror bo‘lishi uchun chora-tadbirlar ko‘rish, takomillashgan nazorat usulini uyushtirish asosiy vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Download 23.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling