Izolyasiyalovchi operativ shtangalar va yerga ulashch shtangalari. Reja


Download 28.28 Kb.
bet1/3
Sana08.06.2023
Hajmi28.28 Kb.
#1463346
  1   2   3
Bog'liq
Izolyasiyalovchi operativ shtangalar va yerga ulashch shtangalari


Izolyasiyalovchi operativ shtangalar va yerga ulashch shtangalari.

Reja:

1 Izolyasiyalovchi operativ shtangalar.
2 Izolatsiyalovchi qisqichlar.

Izolatsiyalovchi operativ shtangalar va yerga ulagich shtangalari
Izolatsiyalovchi operativ shtangalar va yerga ulagich shtangalariga qo‘yilgan umumiy texnik talablar GOST 20494-75 da qayd etilgan.
Izolatsiyalovchi shtangalar operativ ishlarni, o‘lchov ishlarini (izolatsiya holatini va elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalardagi ulagichlarni tekshirish uchun), razryadnik detallarini o‘rnatish va boshqa ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangandir. Izolatsiyalovchi shtangalar, har xil vazifalarni bajarish uchun almashtirib olib qo‘yishga mo‘ljallangan kallakli (ishchi qismli) universal bo‘lishi mumkin.
Izolatsiyalovchi shtangalar ishchi, izolatsiyalovchi qismlardan va dastakdan iborat. Ishchi qismining konstruksiyasi ushbu shtanga bilan bajariladigan ishlarga muvofiq aniqlanadi. O‘lchov shtangasining ishchi qismi o‘lchov qurilmasidir.
Shtanganing izolatsiyalovchi qismi 1.1.6-bandda ko‘rsatilgan materiallardan yasalishi zarur. Dastak esa shtanga bilan yaxlit yoki alohida bo‘lak holida yasalishi mumkin.
Elektr yoyini o‘chirish qurilmasi bilan jihozlangan shtangalar 110 kV va undan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarining fazalarini alohida ta’mirlashda o‘chirilgan fazani yerga ulash uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, shtanga ushbu fazani yerga ulash jarayonida hosil bo‘ladigan elektr yoyini o‘chirish vazifasini ham bajaradi. Hamma shtangalar yerga ulagich shtangalariga qo‘yilgan talablarni qondirishi zarur.
Elektr yoyini o‘chiruvchi qurilmalar bilan jihozlangan shtangalar izolatsiyalovchi qismdan, dastak, elektr yoyini o‘chiruvchi qurilmali ishchi qism va ilgak (pantografik va boshqa konstruksiyadagi), hamda strubsinali yerga ulovchi simdan tashkil topgan. Izolatsiyalovchi qism va dastakning uzunligi  keltirilgan.
Yerga ulovchi simning ko‘ndalang kesimi mexanik mustahkamligi bo‘yicha 25 mm2 dan kam bo‘lmasligi lozim. Elektr yoyini o‘chiruvchi qurilmali shtangada ishlatilishi mo‘ljallangan elektr uzatish tarmog‘ini kuchlanishi va elektr yoyini o‘chiruvchi qurilmaning nominal toki ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.
Izolatsiyalovchi shtangalar o‘lchami 2.2-jadvalda keltirilgan uzunlikdan kam bo‘lmasligi, yerga ulagich shtangalar o‘lchami esa 2.1-jadvalda keltirilgan uzunlikdan kam bo‘lmasligi shart. 15 kV kuchlanishgacha mo‘ljallangan chinni izolyatorli va elektroizolatsiyalovchi materialdan qilingan uzaytirgichlar shtangalarning minimal izolatsiyalovchi qism uzunligiga (2.2-jadval) izolyator uzunligi va uzaytirgichning izolyatordan dastakkacha bo‘lgan qismi kiradi.
Shtangalar ishchi qismining konstruksiyasi ajratgichlar bilan ishlash jarayonida sirg‘anib ketishdan holi bo‘lishi lozim. Izolatsiyalovchi shtanga va yerga ulagich shtangalarning umumiy uzulishi yerdan, poldan, havo elektr uzatish tarmoqlarida esa tayanchdan turib, erkin ishlatishni ta’minlashi zarur.
Izolatsiyalovchi shtangalarning umumiy uzunligi uning ishlatish sharoitlariga qarab belgilanadi. Bu shtangalar elektroizolatsiyalovchi material yoki metall bilan ulangan bir necha zvenolardan iborat bo‘lishi mumkin. Teleskopik konstruksiyalarni qo‘llashga ruxsat etiladi. Biriktiruvchi metall qismlari, ularning uzunligi izolatsiyalovchi qism uzunligining 5 foizidan ortiq bo‘lmagan taqdirda shtanganing uzunligini 2.2-jadvalga asosan aniqlashda olib tashlanmaydi.
Shtanganing massasi, agar u bilan bir odam ishlasa, bir qo‘lga (chegaralovchi halqa yonida ushlab turuvchi) tushadigan eng katta kuch o‘lchov shtangalari uchun 80 N (8 kgs) dan, qolganlari uchun esa (erga ulagich shtangasi uchun ham) 160 N (16 kgs) dan oshmasligi zarur. Kuch bundan ortiq bo‘lgan taqdirda ikkinchi odamning qatnashishi va ko‘tarib turadigan uskuna ishlatilishi talab qilinadi.
Izolatsiyalarni kuchlanish ostida tozalash uchun qo‘llaniladigan izolatsiyalovchi kovak shtangalar ishdan oldin va vaqti-vaqti bilan changtortgich yordamida puflab, tozalab turilishi lozim.
O‘lchov shtangalari tuzilish prinsipi yerga ulashni taqozo etuvchi hollardan tashqari, boshqa barcha holatlarda yerga ulanmaydi.
110 kV va undan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida elektromontyorni bevosita tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib ishlashi uchun mo‘ljallangan izolatsiyalovchi qurilma va moslamalar
Izolatsiyalovchi qurilma va moslamalar 110 kV va undan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida bevosita tok o‘tkazuvchi qismlarga (simga, armaturaga) tegib ishlashda odamni uskunalarning yerga ulangan qismidan va boshqa kuchlanishga ega bo‘lgan qismlardan izolatsiya qilish uchun mo‘ljallangandir.
Izolatsiyalovchi qurilmalarga elektr izolatsiyalovchi (bakelit, shishaplastik va boshqa) materiallardan tayyorlangan shtangaldar, narvonlar, tortqilar, arqonlar kiradi.
Moslamalarga ko‘taradigan savatlar, sim oldida ishlash uchun maxsus xonalar, simda harakat qiluvchi aravachalar, tortuvchi qurilmalarning qo‘shimcha qismlari. domkratlar, bloklar va hokazolar kiradi. Moslamalar elektroizolatsiyalovchi materiallardan yoki metalldan yasalishi mumkin.
Tok o‘tkazuvchi qismlarga odam tegishidan oldin uning shaxsiy ekranlovchi komplekti tok o‘tkazuvchan qismlarga maxsus shtanga yordamida (potensiallarni tenglashtirish uchun) ulanishi zarur. Ulovchi o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi 4 mmgdan kam bo‘lmasligi lozim.
Simga yaqinlashish va unga keyinchalik tegish izolatsiyalovchi narvon yoki izolatsiyalovchi shtanga yoki arqonlarga osilgan kabina yordamida amalga oshirilishi mumkin. Izolatsiyalovchi narvonga alohida bo‘laklardan yig‘ish mumkin. Narvonning yuqori qismi ustunni traversiga mahkamlash uchun qisqich va sharnir bilan jihozlanadi. Bu o‘z navbatida narvonni o‘zaro perpendikulyar bir yoki ikki tekislikda (maydonda) erkin harakatlanishini ta’minlaydi.
Izolatsiyalovchi tortqi simlar va osilgan ilgaklar og‘irligini o‘ziga olish uchun xizmat qiladi. Simga yaqinlashish uchun kabina ishlatilgan taqdirda izolatsiyalovchi tortqilarni ushbu kabina hamda undagi elektromontyor og‘irligini o‘ziga olish uchun ishlatish mumkin.
Izolatsiyalovchi arqonlar asboblarni yuqoriga olib chiqish, narvon va ko‘chma minoralarni joyidan qo‘zg‘atish hamda ishchi holatiga keltirish, montyorning simda, narvonda hamda kabinada turgan vaqtda xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangandir. Izolatsiyalovchi arqonlar sintetik toladan (masalan polipropilendan) tayyorlangan bo‘lib, uning tarkibiga tabiiy tola aralashtirmagan bo‘lishi kerak.
Izolatsiyalovchi arqonlardan tashqari barcha izolatsiyalovchi qurilma va moslamalarda kuchlanish sinfi, ruxsat etilgan yuk ko‘tarish qobiliyati va keyingi sinov muddati aniq ko‘rinishi zarur. Agar narvon alohida bo‘laklardan yig‘ilgan bo‘lsa, belga har bir bo‘lagiga bosiladi.
Izolatsiyalovchi arqonlarda yoki ularga bog‘langan sinov muddati to‘g‘risidagi belgilarda aniq ko‘rinadigan “Faqat kuchlanish ostida ishlatish uchun” yozuvi bo‘lishi lozim.

Download 28.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling