Izolyasiyalovchi operativ shtangalar va yerga ulashch shtangalari. Reja


Download 28.28 Kb.
bet2/3
Sana08.06.2023
Hajmi28.28 Kb.
#1463346
1   2   3
Bog'liq
Izolyasiyalovchi operativ shtangalar va yerga ulashch shtangalari

Izolatsiyalovchi qisqichlar
Izolatsiyalovchi qisqichlar saqlagichlar bilan ishlash uchun, izolatsiyalovchi qoplamalar va to‘siqlarni o‘rnatish hamda olish va shunga o‘xshash ishlarni bajarishda qo‘llaniladi1.
Izolatsiyalovchi qisqichlar o‘rniga zaruriy hollarda universal kallakli izolatsiyalovchi shtangalarni qo‘llash lozim.
Qisqichlar ishchi (qisqich tishlari), izolatsiyalovchi qismdan va dastakdan tashkil topgan. Izolatsiyalovchi qisqichning gabarit o‘lchamlari 2.3-jadvalda keltirilgan.

2.3-jadval. Izolatsiyalovchi qisqichlarning minimal o‘lchamlari



Elektr uskunalarining nominal kuchlanishi, kV

Uzunligi, mm

izolatsiyalovchi qismi

dastak

1 gacha

Cheklanmaydi, qo‘llashga qulay holda belgilanadi

6 dan 10 gacha

450

150

10 dan yuqori, to 35 gacha

750

200

Elektr o‘lchovchi qisqichlar
Elektr o‘lchovchi qisqichlarga qo‘yilgan umumiy texnik talablar GOST 9071-79 da keltirilgan.
Elektr o‘lchovchi qisqichlar elektr uzatish tarmoqlarida ularning yaxlitliligini buzmasdan tarmoqdagi tok, kuchlanish va quvvatni o‘lchash uchun ishlatiladi.
10 kV kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida ishlatiladigan elektr o‘lchovchi qisqichlar ishchi, izolatsiyalovchi qismlar va dastakdan tashkil topgan. Qisqichning ishchi qismi ochilib-yopiladigan magnit o‘tkazgichdan, cho‘lg‘amdan va olib qo‘yiladigan yoki ichiga o‘rnatilgan o‘lchov asbobidan tashkil topgan. Izolatsiyalovchi qismi va dastagi esa elektroizolatsiyalovchi materialdan tayyorlanishi va minimal uzunligi 380 mm, dastagi 130 mm bo‘lishi lozim.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalari zanjirlarida o‘lchovchi qisqichlar bilan foydalanilganda chiqariladigan asboblarni ishlatish, shuningdek, o‘lchov chegarasini tok o‘tkazuvchi qismlardan qisqichlarni olmay turib almashlab ulash man qilinadi. O‘lchash ishlari olib borilayotganda qisqichni osilib turgan holda ushlash lozim.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalari uchun qo‘llaniladigan qisqichlar ishchi qismdan (ajratgichli magnit o‘tkazgich, cho‘lg‘am va o‘lchov asbobidan) hamda bir vaqtning o‘zida izolatsiyalovchi qismli tayanch va dastak vazifalarini bajaruvchi korpusdan iborat.
- yog‘ochlarni antiseptik va yong‘inga chidamli birikmalar bilan shimdirish
ishlarida;
- er osti inshootlarida va er qazish ishlarida;
- portlash xavfi bo‘lgan moddalarni saqlash, ishlatish va tashish bilan bog‘liq
ishlarda;
- balog‘atga etmagan xodimlarga belgilangan me’yorda og‘ir narsalarni ishlatish
va ko‘tarish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda;
- mahalliy navbatchisiz kuchaytirgich aloqa punktlari uskunalarini ta’mirlash va
profilaktika ishlarida.
18 yoshgacha bo‘lgan professional texnika bilim yurtlari va texnikumlarning
talabalarini va umumiy ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilarini
korxonalarda ishlab-chiqarish praktikasidan o‘tish davrida (ya’ni ishlab
chiqarishdan ajralmagan holda kasb o‘rganish davrida) mehnat ta’limi masteri va
korxona (tashkilot) ishchilari nazorati ostida sanab o‘tilgan ishlarda bir kunda 4
soatgacha ishlash uchun ruxsat etiladi.

O‘qish muddati 3 yildan kam bo‘lmagan professional texnika bilim yurti va o‘rta


ma’lumot beruvchi maxsus bilim yurtlarini tamomlab, maxsus professional kasb
o‘rganib, 18 yoshga to‘lmagan bilim yurti bitiruvchilari yuqorida sanab o‘tilgan
ishlarda ishlash uchun, amaldagi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha. qoida va
normalarga rioya qiluvchi tajribali ishchi-murabbiylar rahbarligida, ruxsat etiladi.


Download 28.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling