O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


Download 134.89 Kb.
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi134.89 Kb.
#1570036
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AYLANA VA AYLANA UZUNLIGI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

«Himoyaga ruxsat etilsin»
“Matematika va informatika”
fakulteti dekani
________ A.Qutlimurodov
«____» ________202__-yil



«Himoyaga tavsiya etilsin»
“Geometriya va matematika o`qitish metodikasi”
kafedrasi mudiri:
_________ D.Maxmudova
«____» ________202__-yil



“Matematika va informatika” fakulteti


“Matematika va informatika” ta’lim yо‘nalishi
3-kurs kunduzgi 20/3-guruh talabasi

Uralov Oybek Davron o’g’li


Elementar matematika (geometriya) ” fanidan tayyorlagan


KURS ISHI
MAVZU: “AYLANA VA AYLANA UZUNLIGI”


CHIRCHIQ – 2023

MUNDARIJA





KIRISH 3


KIRISH

Geometriya real hayotdagi predmetlarning miqdoriy ko‘rsatkichlari va fazoviy shakllarini o‘rganadigan fandir. Geometriya matematikaning muhim bo‘limidir. Geometriya fani qadimiy fanlardan bo`lib, unga oid dastlabki tushunchalar bundan 3500 – 4000 yil avval Misr, Bobil va O`rta Osiyoda vujudga kela boshlagan. Qadimda yer maydonlarini o`lchash, idishlar, savatlar va don omborlarini hajmini topish bilan shug`ullanganlar. Geometrik ma’lumotlar va dalillar ham yuza va hajmlarni topish usullaridan iborat bo`lgan.


Beruniy “Qonuni Mas’udiy” va “Hindiston” nomli asarlarida hisoblash geometriyasi bilan shug`ullanib, aylanaga ichki chizilgan muntazam ko`pburchak tomonlarini hisoblagan. Bu asarlarda geometrik yasashga doir masalalar yechish bayon etilgan. Masalan, burchakni teng uchga bo`lish haqidagi mashhur qadimiy masalani yechishning 12 xil usuli keltiriladi. “Yulduzlarni proyeksiyalash haqida” va “Osori boqiya” asarlarida Yer va osmon sferasining kartografik proyeksiyalashning eng yaxshi usulini ko`rsatgan.
Beruniy “Munajjimlik san’atidan boshlang`ich tushunchalar” degan asarining geometriya bo`limida asosiy geometrik shakllar, ularning tariflari
va xossalari, tekislikdagi shakllarning yuzlarini topish qoidalari berilgan. Jumladan, aylana, uning ta’rifi, uzunligi va doira yuzini topish qoidalari bayon qilingan. Geometrik jismlar, ular sirtlarining yuzlari va hajmlarini topish uchun qoidalar ko`rsatilgan Bu asarda sharga ichki chizilgan besh xil muntazam ko`pyoqlilar yasash mumkinligi aytiladi va ularga ta’riflar beriladi. Beruniyning bu kitobi sharq mamlakatlarida uzoq vaqt darslik bo`lib xizmat qilgan.
Geometriyani mustaqil fan sifatida asoslashga qadimgi yunon olimlari katta hissa qo‘shishgan. Masalan, Gippokrat geometriya asoslari haqidagi dastlabki tasavvurlarini bayon etgan. Bu soha bo‘yicha asosiy ishlarni buyuk yunon olimi Yevklid amalga oshirgan.
Uzluksiz ta’lim tizimi har bir bosqichining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ular uchun o‘quv adabiyotlari yaratish zarurati tug‘ildi. Ana shu maqsadda respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi ishlab chiqildi va hozirgi vaqtda amalga oshirilmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimining biz uchun yangi mazmun kasb etgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida o‘quv adabiyotlari yaratish jadal bormoqda. Kurs ishi mazmunini imkon boricha o’quvchi uchun amaldagi „Geometriya“ fani dasturiga yaqinlashtirishga harakat qildik. Umumta’lim maktablari o‘quvchilariga tanish bo‘lgan geometrik bilimlarning ko‘pchiligi turli kitoblarda berilganligini, o‘rta maktablar uchun geometriya fanidan 1995-yilgacha nashr qilingan darsliklar o‘rta bilimli o‘quvchiga mo‘ljallanganligini hisobga oldik. Uchburchaklarga bag‘ishlangan bobda esa uchburchak balandliklari, medianalari va bissektrisalarining kesishishi haqidagi teoremalar va boshqalar yoritilgan. „Aylana va doira“ bobida ichki chizilgan burchaklar, urinmalar va vatarlar hosil qilgan burchaklarning xossalari hamda aylanaga o‘tkazilgan vatarlar, kesuvchilar va urinmalarga oid metrik munosabatlar qaraldi. Bundan tashqari, har bir bobda, imkoni boricha bizning ulug‘ ajdodlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy va boshqalarning geometriyaga oid ishlari bilan bog‘liq tarixiy ma’lumotlar hamda mustaqil yechish uchun qiyinlik darajasi har xil bo‘lgan masalalar keltirildi. Geometriya fani mavzularini bayon qilishdagi harakatlarimiz mutaxassislar va keng kitobxonlar ommasini qiziqtiradi, deb umid bildiramiz hamda kurs ishi mazmuni, bayon usuli bo‘yicha barcha fikr va takliflarni mamnuniyat bilan qabul qilamiz.


Download 134.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling