O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Download 134.89 Kb.
|
AYLANA VA AYLANA UZUNLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil yechish uchun masalalar 1.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Aylana deb nimaga aytiladi? 2. Aylananing radiusi, vatari, diametri nima? 3. Markaziy burchak deb nimaga aytiladi? 4. Markaziy burchak qanday o‘lchanadi? 5. Qanday burchak aylanaga ichki chizilgan deyiladi? 6. Ichki chizilgan burchaklar qanday o‘lchanadi? 7. Ikkita o‘zaro kesishuvchi vatar orasidagi burchak qanday o‘lchanadi? 8. Umumiy (bitta) nuqtadan o‘tuvchi urinma va kesuvchi tashkil etgan burchak qanday o‘lchanadi? 9. Aylanada o‘zaro kesishadigan vatarlarning xossasi. 10. Aylanaga umumiy (bitta) nuqtadan o‘tuvchi kesuvchilarning xossasi. 11. Umumiy (bitta) nuqtadan aylanaga o‘tkazilgan urinma va kesuvchining xossasi. 12. Aylana uzunligi deb nima qabul qilingan? 13. Doiraning yuzi deb nima qabul qilingan? 14. Aylana uzunligini topish formulasi. 15. Doiraning yuzini hisoblash formulasi. 16. Aylana yoyining uzunligini topish formulasi. 17. Sektorning yuzini hisoblash formulasi. 18. Segmentning yuzini hisoblash formulasi 19. Qanday aylanalar konsentrik aylanalar deyiladi? 20. Doiraviy halqaning yuzini qanday hisoblash mumkin? 21. Aylana tenglamasi. Mustaqil yechish. Mustaqil yechish uchun masalalar 1. Aylananing ikkita AB va CD vatari K nuqtada kesishadi. Agar BK = 8 sm, CK = 12 sm, KD = 6 sm bo‘lsa, AK kesmaning uzunligi topilsin. Javob: 9 sm. 2. Aylananing diametri 22 sm bo‘lsa, aylananing uzunligi topilsin. Javob: 22 π. 3. Aylananing uzunligi 8π sm. Bu aylana bilan chegaralangan doiraning yuzi hisoblansin. Javob: 16 π . 4. Aylanadan tashqaridagi A nuqtadan unga AK urinma va ABC kesuvchi o‘tkazilgan. Agar AC = 20 sm, AB = 5 sm bo‘lsa, urinma kesmasining uzunligi topilsin. Javob: 10 sm. 5. Aylanadan tashqaridagi K nuqtadan unga ikkita KAB va KCD kesuvchi o‘tkazilgan. Agar KB = 18 sm, KA = 3 sm, KC = = 6 sm bo‘lsa, KD kesma uzunligi topilsin. Javob: 9 sm. 6. Aylananing A nuqtasidan AK = 8 sm urinma va aylananing markazidan o‘tadigan ABC kesuvchi o‘tkazilgan. Agar kesuvchining tashqi qismi AB = 4 sm bo‘lsa, aylananing radiusi topilsin. Javob: 6 sm. 7. Aylananing AB va CD vatarlari K nuqtada kesishadi. Agar CK = 3 sm, DK = 8 sm, AB = 10 sm bo‘lsa, AB vatar qanday uzunlikdagi kesmalarga bo‘linadi? Javob: 4 sm, 6 sm. 8. Aylanadan tashqaridagi A nuqtadan aylanaga ikkita ABC va AKN kesuvchi o‘tkazilgan. Agar AK = 4 sm, AN = 15 sm va AC : AB = 5 : 3 kabi bo‘lsa, BC vatarning uzunligi topilsin. Javob : 4 sm. Download 134.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling