Elektr uzatish tarmog’ida yerga ulagichlarni o’rnatish Ko'chma yerga ulagich
Download 220.01 Kb.
|
Xavfsizlik qoidalari 1
Xavfsizlik qoidalari fanidan MUSTAQIL ISHI Bajardi: Qabul qildi: _____________________________ Navoiy- 2023 Mavzu;Elektr uzatish tarmog’ida yerga ulagichlarni o’rnatish. Reja 1 Elektr uzatish tarmog’ida yerga ulagichlarni o’rnatish2 Ko'chma yerga ulagich3 Himoyalovchi yerga ulash qurilmalari 4. Foydalangan adabiyotlar1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish tarmog’ini taqsimlovchi elektr uskunalaridan o’chirilgan joylarida va seksiyaga ajratadigan kommutatsion apparatlari oldida yerga ulanishi shart. Elektr uzatish tarmog’ida yerga ulagichlarni o’rnatish ruxsat etiladi: — 35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog’ida asosiy elektr tarmog’i ikki tomonidan yerga ulangan, shaxobchadagi podstansiyalarda esa, yerga ulagich o’chirilgan tarmoq ajratgichlaridan keyin o’rnatilgan bo’lsa, bu elektr tarmoq yerga ulanmaydi; — 6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini faqat bir taqsimlovchi elektr uskunalarida yoki bir seksiyaga ajratadigan asbob oldida yoxud taqsimlovchi elektr uskunalariga yoki seksiyaga ajratadigan asbobga yaqin turgan ustunda yerga ulash mumkin. Qolgan taqsimlovchi elektr uskunalarida va seksiyaga ajratadigan asboblar oldida elektr uzatish tarmog’iga qo’yiladigan yerga ulagichlar, ish joyi bilan ushbu taqsimlovchi uskunalar yoki seksiyaga ajratadigan asboblar oralig’ida o’rnatilish sharti bilan, o’sha kuchlanish olinib o’chirilgan elektr uzatish tarmoqlarini yerga ulamaslik mumkin; - elektr uzatish tarmoqlarida yuqorida qayd qilingan yerga ulagichlar, yerga ulash uskunalari bor ustunlarga o’rnatilishi kerak; 1000 V kuchlanishgacha bo’lgan elektr uzatish tarmoqlarida yerga ulagichni faqat ish joyiga qo’yish yetarli. Texnika xavfsizligi qoidalarida eslatib qo’yilgan yerga ulagichlarga qo’shimcha, har bir brigadani ish joyida simlarni har bir fazasi, kerak bo’lganda, trosslar ham yerga ulanishi shart. Sim tortadigan metall roliklarda va ushlab turuvchi qisqichlarda (зажимларда) yotgan simlar uchun roliklarning o’zidagi qo’zg’almas bo’lagini yerga ulash kifoya. Metall tuzilishli, temir qobig’lari yerga ulangan temir-beton ustunlar va ulardagi roliklar halqasi (обойнаси), hamda qisqichlar orasida tabiiy tutashish bo’lsa, rolik va qisqichlarni qo’shimcha yerga ulash talab qilinmaydi. Ikki mustahkam anker ustunlari orasida sim osilayotganda, anker ustunini aylanib o’tuvchi sim ulanganidan so’ng, osilgan simlar boshlang’ich anker ustunda va oxirgi simlarni ushlab turuvchi liniya oxiridagi birorta ustunda yerga ulanishi shart. Tayyor uchastkalardagi simlar orqali chaqmoqdan va boshqa o’ta kuchlanishdan, keyingi uchastkalarga osilayotgan simlarga kuchlanish (потенциал) o’tish xavfini yo’q qilish maqsadida, oxirgi anker ustunida osilgan simlarni va qurilib bitgan elektr uzatish tarmog’i simlarini yerga ulash ma‘n qilinadi. Har bir fazada simlar bir necha bo’limlarga qarab ajratilgan elektr uzatish tarmog’ida, har bir fazaning bir simini yerga ulashga ruxsat beriladi, fazalar-dagi simlar izolyatsion kashak yordamida ajratilganda, barcha simlarni yerga ulash talab qilinadi. Bir zanjirli elektr tarmog’ida yerga ulagichni, ish olib borilayotgan ustun yoki qo’shni ustunga qo’yish kerak. Brigada ishlayotgan elektr uzatish tarmog’i qismiga yerga ulagichlar orasidagi masofa 2 km dan oshmaslik sharti bilan, ikki tomonidan yerga ulagich o’rnatilishiga ruxsat etiladi. Ustundan izolyatsiya qilingan chaqmoqqa qarshi osilgan simda (trossda) yoki ushbu ustunga osilgan simda yoki ustun qurilmasida, bu simga 1 m dan kam masofaga yaqinlashib ishlaganda, sim albatta yerga ulanishi shart. Yerga ulagich simni izolyatsiya qilingan tomonidan keyingi ustunga ketgan yerida yoki oralig’ida qo’yiladi. Agar ushbu simda muz eritish mo’ljallangan bo’lsa, ish boshlashdan oldin sim kuchlanish kelishi mumkin bo’lgan barcha tomonlaridan o’chirilib, yerga ulanishi shart. Ko’chma yerga ulagich metall ustunlarda, uning elementlariga yerga ulagich o’rnatish uchun jihozlangan temir-beton va yog’och ustunlarda, yerga ulagich uskunalariga ularni butunligini tekshirganidan so’ng, shu simlarga o’rnatilishi kerak. Yerga ulagich o’rnatish uchun jihozlangan uskunalari bo’lmagan temirbeton ustunlarda, yerga ulagichni ustunning traversiga va boshqa metall elementiga o’rnatish mumkin. Neytrali yerga ulangan va nol simi tarmoqda qayta yerga ulangan 1000 V kuchlanishgacha bo’lgan elektr uzatish tarmoqlarida, yerga ulagichni ushbu nol fazali simiga o’rnatish mumkin (1-rasm). 1-rasm. Nеytrаli yеrgа to’g’ridаn-to’g’ri ulаngаn tаrmоq: а –tоk o’tkаzuvchi qismlаrgа insоnning bir fаzаli tеginishi; b – to’g’ridаn-to’g’ri yerga ulash; v –yеrgа nisbаtаn kuchlаnishlаrning vеktоr diаgrаmmаsi Uskunalardagi ko’chma yerga ulagichni o’rnatilishi kerak bo’lgan joylar bo’yoqdan tozalanishi shart. Ish joyida ko’chma yerga ulagich yerga yarim metr chuqurlikka tik qoqilgan yerga ulagich uskunasiga o’rnatilishi mumkin. Yerga ulagich uskunasini tuproqqa, bexos to’kilgan uyumga qoqish man qilinadi. 1000 V kuchlanishgacha bo’lgan elektr uzatish tarmog’ida yoki izolyatsion zvenosi yo’q teleskopik minorada turib ishlaganda, ta‘mirlanayotgan tarmoq simlarining barchasiga, shu jumladan radio va telemexanika apparatlari uchun osilgan ochiq simlarga ham yerga ulagich qo’yilishi shart. Ta‘mirlash uchun o’chirilgan elektr uzatish tarmoqlarida ko’chma yerga ulagichlarni o’rnatish va keyin uni olish, hamda ustunlarga o’rnatilgan yerga ulagich pichog’ini ulash ishlarini navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash xodimlari amalga oshirishlari kerak. 2-rasm. Nеytrаli izоlyatsiyalаngаn tаrmоqlаrdа tоk o’tkаzuvchi qismlаrgа bir fаzаli tеginish 3-rasm. Nеytrаli izоlyatsiyalаngаn tаrmоqdа yеrgа to’g’ridаn-to’g’ri ulаnish: а –printsipiаl sxеmа; b –yеrgа ulashdаgi kuchlаnishning vеktоr diаgrаmmаsi 4-rasm. Nеytrаli izоlyatsiyalаngаn uch simli tаrmоqlаrning printsipiаl sxеmаsi: а –chulh’аmlаri yulduz usulidа ulаngаn mаnbаli tаrmоq; b –chulg’аmlаri uchburchаk usulidа ulаngаn mаnbаli tаrmоq Biri IV guruhli (1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish tarmoqlarida) yoki III guruhli (1000 V kuchlanishdan past elektr uzatish tarmoqlarida), ikkinchisi III guruhli bo’lishi kerak. Ikkinchi xodim sifatida, III guruhli ta’mirlash brigadasi a’zosini, iste’molchilarga taalluqli elektr uzatish tarmoqlarida esa, iste’molchi-xodimni ishlatishga ruxsat beriladi. Ustunlardagi yerga ulagich pichoqlarini navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan, III guruhli bir xodim o‗chirishiga ruxsat etiladi. Elektr uzatish tarmoqlaridagi ish joylarida ko’chma yerga ulagichni ish bajaruvchi bilan birgalikda III guruhga ega bo’lgan, brigada a‘zosi o’rnatishi mumkin. Ushbu yerga ulagichni olish, ish bajaruvchining farmoyishi bilan III guruhli ikki brigada a’zosi bajarishi mumkin. Elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo’qligini tekshirish, yerga ulagichni o’rnatish va olish paytida, ishchilardan biri yerda turib boshqa ishchini kuzatib turishi kerak. Foydalanilgan adabiyot 1 Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qo’llash va sinash qoidalari // «O’zdavenergonazorat» elektr energetikada nazorat bo’yicha davlat inspeksiyasi. -T.: Mehnat. 2012. 2 Umumiy elektr ta‘minot uchun mo’ljallangan tizimlarda elektr energiyaning sifat ko’rsatkichlarini o’lchash va analiz qilish usullari // O’zbekiston standartlashtirish, metrolog 3 Karimov X.G., Rasulov A.N., Taslimov A.D. Elektr tarmoqlari va tizimlar // O‘quv qo‘llanma. -T.: Tafakkur qanoti. 2015 Download 220.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling