Reja: Yerga ulagichlar


Download 31.79 Kb.
bet1/2
Sana12.03.2023
Hajmi31.79 Kb.
#1264991
  1   2
Bog'liq
mal mi exa (Lotincha)

Mavzu: Zaminlagichlar.


Reja:.

  1. Yerga ulagichlar

  2. Yerga ulovchi o’tkazgichlar.

  3. Ximoyalab yerga ulash.

  4. Yerga ulovchilarning turlari.

Yerga ulagichlar sun’iy yerga ulash maqsadida sun’iy erga ulash uchun va tabiiy erda yotgan predmetlardan qo‘llaniladigan erga ulanishlarga bo‘linadi.


Sun’iy yerga ulagichlar sifatida odatda tik va gorizontal elektrodlar qo‘llaniladi.
Tik elektrodlar sifatida diametri 5-6 sm pulat trubalar devorini qalinligi 3.5 mm dan kichiq bo‘lmagan qalinligi 4 mmdan kichiq bo‘lmagan burchak elektrodlar (ulchamlari 40X40 va 60X60) o‘zunligi esa 2.5 -3.0 m bo‘lgan turlari qo‘llaniladi.
Tik elektrodlarni bir-biri bilan birlashtirishda gorizontal elektrodlar sifatida yuzasi 4 X12 mm bo‘lgan polasaismon va aylana kundalang kesim yuzali diametri 6mm dan kichik bo‘lmagan pulat polasalar qo‘llaniladi. Elektrodlarni joylashtirish loyixa asosida bajariladi. Elektrodlarni joylashtirishda erni quritadigan isiklik trubalar yakinida va neftь, moy simiradigan gruntlarda o‘rnatish tavsiya etilmaydi chunki erni quritib qarshiligi oshiradi.
Tik elektrodlarni o‘rnatish uchun chukurligi 0.7-0.8 m (transheya) uzun chukurchalar kovlanadi, so‘ng truba yoki burchak elekrodlar maxsus mexanizmlar-gidroprsesslar, vibratsiyali elektr chuqurga joylashtiruvchilar yordamida bajariladi. Diametri 10-12 mm uzunligi 4-4.5 m bo‘lgan pulat sterjenlarni maxsus moslamalar yordamida undan ham o‘zunlarni vibratorlar yordamida yer ostiga buralib qoqiladi. Tik elektrodlarning yuqorigi qismi pulat palosalar yordamida payvandlash bilan bir-biriga bog‘lanadi. Bunda polosalarni (na rebro)yonbosh qilib qo‘yilib payvandlanadi. (Transheyani) chuqurga ariiqni ichiga mayda toshchalardan tozalangan er sepiladi va yaxshi (trambovka) qisiladi. Bu esa o‘z navbatida erga ulagichni oqish qarshiligi kamaytiradi va metall iqtisodiy tejamni oshiradi.
Sun’iy yerga ulanishlar sifatida elektr o‘tkazuvchi betonlar ham qo‘llanilishi mumkin. Tabiiy erga ulagichlar sifatida erda o‘rnatilgan suv trubalari va boshqa metall trubalar (yonuvchi suyuqlik, yonuvchi va portlash xavfli gaz trubalaridan tashqari) qo‘llaniladi. SHu bilan bir katorda binolarning metall temir beton qonstruksiyalari erga ulan ganlari kabellarning kurgoshin kobiqlari gidrotexnik inshoatlarning metall qismlaridan ham qo‘llaniladi. Podstansiyalarda va liniyaga chikuvchi tayanchlarning yerga ulovchilari qo‘llanilib bu qurilmalar liniyani chaqmoqdan himoyalovchi trosslariga ulangan bo‘ladi.
Sun’iy paytlarda tabiiy erga ulagichlar sifatida xavoda elektr uzatish liniyalarida tayanchlarning temir-beton fundamentlari qo‘llanilmoqda. Kapiliyarlik xususiyati bilan beton suv tomchilarini va namlikni simirib armaturalari qarshiligi kamayib o‘tkazuvchan bo‘lib turadi. Kachiligi-elektr bilan bog‘liq bo‘lmagan personalarni bu yerga ulagichlarda ishlashi va bu ulagichlarning erdan ajralish extimolidir (ta’mirlashda,almashtirishda)
2. Yerga ulovchi o‘tkazgichlar.
Yerga ulovchi o‘tkazgichlar sifatida yerga ulanish kerak bo‘lgan qismlarni yer bilan bog‘lash uchun qoida buyicha po‘lat polosalar va yumalok yuzali pulatlar qo‘llaniladi. 1000 V dan yuqori kuchlanishlarda elektr qurilmalar effektli yerga ulangan bo‘ladi va ularda ruxsat etilgan katta tok oqib yerga o‘tganda termik chidamliligi aniqlanadi. Bunda o‘tkazgichni qisqa vaqtda qizish releli himoyani ta’siri vaqtiga mos ravishda tula o‘chgincha o‘chirgichni temperaturasi 400 S oshmasligi kerak. Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishlarda izolyasiya qilingan neytrallar qarshiligi faza o‘tkazgichini 1/3 o‘tkazuvchanlikdan kam bo‘lmasligi kerak.
Himoyalab yerga ulash deb- oldindan ko‘ra bilib yerga elektr bog‘lanish yoki uning ekvivalentligiga bog‘lanishi bo‘lib, metall tok o‘tkazmaydigan qismlarda fazalarni korpusga qisqa to‘tashishi bo‘lganda paydo bo‘ladigan kuchlanishlardan himoya qilishga aytiladi. Yerni ekvivalenti daryo suvi yoki dengiz suvi, toshkumir va boshqalar hisoblanadi.
qo‘llanilishi- elektr qurilmalarning qorpuslariga va boshqa tok o‘tkazmaydigan qismlariga bevosita tegib ketishida tok urish xavfidan himoya qiladi. Himoyalab yerga ulagichlar ishchi va yashindan himoyalab yerga ulovchilarga bo‘linadi. Ishchi yerga ulagichlar oldindan ko‘ra bilib elektr zanjirlarning yakka nuqtalarini yer bilan bog‘lashdir. Masalan: generator chulg‘amlarining neytral nuqtalarini kuch va o‘lchov transformatorlarni yer so‘ndiruvchi apparatlar uzoq elektr uzatish liniyalari yordamida kundalang kompensatsiya qiluvchi reaktorlarni hamda erni faza yoki teskari o‘tkazgich sifatida qo‘llanilganda.
Ishchi yerga ulagichlar elektr qurilmalarning normal yoki avariya ish rejimida talab etiladigan ish sharoitini ta’minlash uchun foydalaniladi va tug‘ridan-tug‘ri yoki bo‘lmasa maxsus apparatlar teshib o‘tuvchi saqlagichlar razryadlovchilar registorlar orqali bajariladi.
YAshindan himoyalovchi erga ulashlar yashin qabul qiluvchilar va razryadlovchilarni yashin toklarini erga o‘tkazib yuborish uchun oldindan kura turib er bilan bog‘lovchilarga aytiladi.
Ishlash tamoili - qorpusga qisqa to‘tashuv bo‘lganda tegish va kuch lanishini xavfsiz kiymatgacha tushiradi. Bu esa o‘z navbatida erga ulanuvchi qurilmani potensialini kamaytirish orqali amalga oshiriladi. qo‘llanilish chegarasi - 1000V gacha o‘zgaruvchan toklarda uch o‘tkazgichli neytrali izolyasiyalangan bir fazali ikki o‘tkazgichli yerdan izolyasiyalangan hamda o‘zgarmas tokda ikki o‘tkazgichli manbaning chulg‘amini o‘rta nuqtasi izolyasiyalangan tarmoklarda qo‘llaniladi.
1000 Vdan yuqori kuchlanishda esa o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokda neytrallarning istalgan rejimida yoki manbani chulg‘amini o‘rta nuqtasida qo‘llaniladi.
Himoyalab erga ulashlar o‘ta sodda va shu bilan bir paytda tok o‘tkazmaydigan qismlarida kuchlanishni paydo bo‘lishida tok urishdan effektli himoya qilish tadbiri hisoblanadi.

Download 31.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling