15-ma‘ruza. Yerga ulagichni o‘rnatish bo‘yicha umumiy talablar. Reja: Yerga ulagichni o‘rnatish bo‘yicha umumiy talablar


Download 296.28 Kb.
bet1/9
Sana10.03.2023
Hajmi296.28 Kb.
#1256832
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
маъруза-15 ЭлХавф




15-MA‘RUZA.
YERGA ULAGICHNI O‘RNATISH BO‘YICHA UMUMIY TALABLAR.


Reja: 1. Yerga ulagichni o‘rnatish bo‘yicha umumiy talablar.
2. Nollashtirish.
3. Himoyalovchi o‘chirish hamda himoyalovchi yerga ulagich.
4. Yerga ulagich qurilmalarining konstruksiyalari.
5. Himoyalovchi yerga ulash qurilmalarni hisoblash.
6. Elektr stansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida yerga ulagichni o‘rnatish.
7. Elektr uzatish tarmog‘ida yerga ulagichlarni o‘rnatish.
8. Sinov savollari.


1. Yerga ulagichni o‘rnatish bo‘yicha umumiy talablar
Tok o‘tkazuvchi qismga yerga ulagichni o‘rnatish, kuchlanish yo‘qligini tekshirilgan zahotiyoq bajarilishi kerak. Ko‘chma yerga ulagich avval yerga ulanadi-gan qurilmaga, so‘ngra kuchlanish yo‘qligi tekshirilgan zahotiyoq, tok o‘tkazuvchi qismga o‘rnatilishi shart.
Ko‘chma yerga ulagichni olishda uni teskari tarzda, ya‘ni oldin tok o‘tkazuvchi qismidan olib tashlab, keyin yerga ulangan uskunalardan olib qo‘yiladi.
Ko‘chma yerga ulagichni dielektrik qo‘lqopda, 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida esa, izolyasion shtangani qo‘llab qo‘yish va olish shart. Ko‘chma yerga ulagichni tok o‘tkazuvchi qismiga shu shtanga bilan yoki dielektrik qo‘lqop kiyib qo‘lda mahkamlash kerak.
Texnika xavfsizligi qoidalarida ko‘rsatib o‘tilganidan tashqari hollarda, yerga ulagich uchun mo‘ljallanmagan simlardan foydalanish man qilinadi.


2. Nollashtirish
Nollashtirish, bu kuchlanish ostida qolish mumkin bo‘lgan tok o‘tmaydigan qismlarni oldindan nolli himoyalovchi o‘tkazgich bilan biriktirib qo‘yishiga tushuni-ladi (24-rasm).

24-rasm. Nollashtirishning prinsipial sxemasi

Mustahkam yerga ulangan transformatorning kuchlanishi 1000 Voltgacha bo‘lgan tarmoqlarida himoyalovchi yerga ulagich qurilmalarini sxemalarini tahlili shuni ko‘rsatadiki, bunda faza kuchlanishi qobiqga o‘tib ketishi holatidan sxemalar xavfsizligini ta’minlab bera olmaydi (25-rasm).


Shu holatda yerga ulagich qurilmalari orqali yoyilib o‘tayotgan yer bilan tutashuv toki, quyidagi formula bilan aniqlanadi:

, A

(1)

bu yerda, - faza-nol o‘tkazuvchi kuchlanishi, V;
- faza-nol o‘tkazuvchi qarshiligi, Om;
- yerga ulagich qarshiligi, Om.
Kabelning qobig‘ kuchlanishi, yerga nisbatan yerga ulagich qurilmalarining qarshiligiga bog‘liq bo‘lib, ularni tengligida esa, faza kuchlanishini yarmida teng bo‘lib qoladi:

, V

(2)



Download 296.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling