15-ma‘ruza. Yerga ulagichni o‘rnatish bo‘yicha umumiy talablar. Reja: Yerga ulagichni o‘rnatish bo‘yicha umumiy talablar


Elektr stansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida yerga ulagichni o‘rnatish


Download 296.28 Kb.
bet7/9
Sana10.03.2023
Hajmi296.28 Kb.
#1256832
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
маъруза-15 ЭлХавф

6. Elektr stansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida yerga ulagichni o‘rnatish
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish olib borish uchun ajratilgan uchastkaga, kuchlanish qaysi tomondan berilishi mumkin bo‘lgan barcha taraflaridagi tok o‘tkazuvchi qismlarni hamma fazalari yerga ulanishi shart. Butunlay o‘chirilib, bitta yerga ulagich o‘rnatish yetarli bo‘lgan umumiy shinadagi ish bundan mustasno.
O‘chirilgan tarmoq ayirgichlarida ish olib borilganda, ulardagi yerga ulagich pichoqlarini borligidan qat‘iy nazar, ayirgichlardan chiqib ketayotgan elektr uzatish simlariga, ish jarayonida ayirgichlarni o‘chirib-yoqqanda shikastlanmaydigan qilib qo‘shimcha yerga ulagich apparati o‘rnatilishi shart.
Elektr uskunalarning yerga ulangan tok o‘tkazuvchi qismi kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismidan ko‘zga ko‘rinadigan qilib, uzilgan joy bilan ajratilishi shart.
O‘rnatilgan yerga ulagichlar bevosita ish bajarilayotgan tok o‘tkazuvchi qism-lardan o‘chirilgan o‘chirgichlar, ajratgichlar, bo‘lgichlar, ayirgichlar, olib qo‘yilgan saqlagichlar, olib tashlangan shina va simlar orqali ajratilgan bo‘lishi mumkin.
Agar boshqa kuchlanish ostidagi elektr uskunalari elektr maydoni ta‘sirida ish joyida kuchlanish (potensial) hosil qilishi mumkin bo‘lsa, bevosita ish joyiga qo‘shimcha yerga ulagich qo‘yilishi shart. Ko‘chma yerga ulagichlar tok o‘tkazuvchi qismlarning bo‘yoqlaridan tozalangan joylariga qo‘yilishi kerak.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarining umumiy shinalari (izolyasiyali simlardan qilingan shinalardan tashqari), hamda shchitlarida ish olib borilganda, ushbu uskunalardan kuchlanish olinishi va yerga ulanishi shart. Bu taqsimlovchi elektr uskunalarning ulamalariga ulangan elektr tarmoqlariga, shchitlar yig‘imlariga va ularga ulangan jihozlariga yerga ulagichni o‘rnatish kerakligini hamda mumkinligini naryad beruvchi yoki farmoyish beruvchi aniqlaydi.
Ishni bajarish xusussiyati (izolyasiya qarshiligini o‘lchash va h.k.) talab qilgan taqdirdagina, ish joyini tayyorlashda qo‘yilgan yerga ulagichni vaqtinchalik olib qo‘yishga ruxsat beriladi. Yerga ulagichni vaqtinchalik olish va qayta o‘z joyiga qo‘yishni navbatchi, tezkor-ta‘mirlash xodimi yoki naryad beruvchi ko‘rsatmasi bilan ishboshi amalga oshiradi.
Yerga ulagichni vaqtinchalik olishga va uni ish bajaruvchi tomonidan amalga oshirilishini naryadning «Alohida ko‘rsatmalar» satriga yozib, qayerda va nima maqsadda yerga ulagich olinishi kerakligi qayd qilinishi shart.
Elektr uskunalarida yerga ulagichni o‘rnatilishi xavfli yoki o‘rnatishning iloji bo‘lmagan qurilmalarida (masalan, ayrim taqsimlovchi yashiklarda, komplekt taqsim-lovchi elektr uskunalarining ayrim turlarida, fazalari vertikal joylashgan taqsimlovchi shchitlarda), ish joyini tayyorlashda yerga ulagichni qo‘ymasdan ajratgich pichoq-lariga dielektrik qo‘lqop kiygizish yoki kommutatsion apparatlarining kontaktlari orasiga izolyasion qoplagich (nakladka) qo‘yish mumkin.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida yerga ulagichni qo‘yish va olish III guruhga ega bo‘lgan bir navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash xodimiga ruxsat etiladi.
1000 V va undan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida:
- ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatishni ikki kishi bajarishi shart: biri IV guruhli (navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash xodimlaridan) va boshqasi III guruhli;
- III guruhli ishchi ta’mirlash xodimlaridan bo‘lishi mumkin, iste‘molchilar ulamasiga yerga ulagichni o‘rnatish iste‘molchi xodimlari qatnashuvida bajariladi;
- uzoqda joylashgan podstansiyalarda ma‘muriy-texnik xodimlarning yoki dispetcherning ruxsati bilan, asosiy sxemalarda yerga ulagichni o‘rnatishda ikkinchi xodim sifatida III guruhli iste‘molchi xodimi ishlashiga ruxsat beriladi;
- yerga ulagich pichoqlarini IV guruhga ega bo‘lgan navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash xodimlaridan bir kishi ulashi mumkin;
- yerga ulagich pichoqlarini o‘chirish va ko‘chma yerga ulagichni olishni navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash xodimlaridan III guruhga ega bo‘lgan bir kishi bajarishi mumkin.



Download 296.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling