15-ma‘ruza. Yerga ulagichni o‘rnatish bo‘yicha umumiy talablar. Reja: Yerga ulagichni o‘rnatish bo‘yicha umumiy talablar
-rasm. Qadamli kuchlanish sxemasi
Download 296.28 Kb.
|
маъруза-15 ЭлХавф
- Bu sahifa navigatsiya:
- 30-rasm. Yerga ulagich qurilmalari
- 31-rasm. Tashqariga chiqarib zaminlash: a –prinsipial sxemasi; b – plandagi ko‘rinishi 32-rasm. Konturli zaminlash
28-rasm. Qadamli kuchlanish sxemasi:
a – umumiy sxema; b – tokning inson oyog‘idagi tayanch yuzasidan oqib tushishi 29-rasm. Yerga qisqa tutashuv bo‘lgan hududda to‘g‘ri harakatlanish: a) yerga qisqa tutashuv bo‘lgan hududdan uzoqlashish tartibi; b) oyoqlarni to‘g‘ri harakatlanishi (oyoq izlari) tartibi 4. Yerga ulagich qurilmalarining konstruksiyalari Yerga ulagichlar bilan konstruktiv ravishda birlashtirilgan yerga o‘tkazgichlar yig‘indisini, yerga ulagich qurilmalari deyiladi (30-rasm). 30-rasm. Yerga ulagich qurilmalari Yerga qoqilgan va o‘zaro metall bilan biriktirilgan o‘tkazgichlar, yerga ulagich deb ataladi. Yerga ulanayotgan qismlar va yerga ulanish orasini bog‘lovchi simlarni, yer o‘tkazgichi deb ataladi. Agar yer o‘tkazgichi ikki va undan ko‘p bo‘lsa, ularni magistral o‘tkazgich deb ataladi. Yerga ulagichni joylashtirishiga qarab yerga ulanayotgan dastgohlarga nisbatan, yerga ulagich qurilmasini chiqarilgan va konturli turlariga ajratiladi. 31-rasm. Tashqariga chiqarib zaminlash: a –prinsipial sxemasi; b – plandagi ko‘rinishi 32-rasm. Konturli zaminlash: a – vertikal bo‘yicha qirqim; b – plandagi ko‘rinishi; v – potensiallarning tarqalishi Chiqarilgan erga ulagichlar, yerga ulanayotgan dastgohlardan uzoqroq joyda o‘rnatiladi va yerga ulagich yordamida biriktiriladi (31-rasm). Yerga ulagichlar yerda ulanadigan uskunalarga nisbatan uzoq masofada joylashgan sababli, yoyilib o‘tish hududidan tashqariga joylashgan bo‘ladi. Shu tufayli tegib ketish kuchlanish koeffitsienti birga teng bo‘ladi. Inson kuchlanish ostida bo‘lgan uskunaning qobig‘iga tegib ketganida qobig‘ni yerga nisbatan kuchlanishiga duch keladi;
Demak, chiqarilgan ulagichlar faqat qobiqdagi kuchlanishni yo‘l qo‘yilgan me‘yoridan oshmagan holatida va yerga ulagich qurilmani kichik qarshiligi hisobiga xavfsizlik sharoitlariga javob beradi. Yerga katta tok o‘tib ketadigan bo‘lsa (bu holat zamonaviy elektr uskunalarida sodir bo‘lishi mumkin), qobiqdagi yo‘l qo‘yilgan kuchlanishni yerga nisbatan ulash qurilmasini qarshiligini pasaytirish hisobiga havfsizlikni ta‘minlab bo‘lmaydi. Bu holatda, konturli yerga ulagich kurilmalari qo‘llaniladi (32-rasm). Konturli yerga ulash qurilmalarida yerga ulagichlar, yerga ulanadigan uskuna-larni joylashgan maydonini perimetrda va maydoncha ichkarisida setka shaklida o‘rnatiladi. Tok qobiqga o‘tib ketish holatida yerga ulagichlardan yoyilib ketayotgan tok hisobiga, maydonchaning sathida maydonchaga chiqayotgan yeriga nisbatan, yuqori potensial hosil bo‘ladi. Potensiallarni yoyilish grafigini olish uchun har bir ulagichni potensiallarini alohida ustma-ust qo‘shib aniqlash mumkin. Shuni hisobidan uskunani qobig‘i va yer sathini potensiallari tenglashadi va maydon ichiga tegib ketish kuchlanishi xavfsiz bo‘lib qoladi. Konturli yerga ulash qurilmalarini maydon chegarasidan, qadamli kuchlanishi oshib qoladi. Uni kamaytirish maqsadida insonlar o‘tadigan yo‘llarida alohida metalli shinalar o‘rnatiladi. Natijada yer sathidagi potensiallarni taqsimlash qiyaligi, hamda qadamli kuchlanishi kamayadi. Shunday qilib, konturli yerga ulash qurilmasida yerga ulangan uskuna atrofi-dagi potensiali balandroq, potensiallari ayirmasi esa pastroq bo‘lishi hisobiga, tegib ketish kuchlanishi va qadamli kuchlanishni xavfsizligi ta’minlanadi. Yerga ulash qurilmalari, tabiiy va sun‘iy bo‘lishi mumkin. Qurilishda va ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan elektr o‘tkazuvchi qismlar: metall konstruksiyalar, armatura, truba, quvurlar (yonuvchi va portlovchi gaz va suyuqliklardan tashqari), kabellarni metalli izolyasiyasi (alyuminiydan tashqari) va h.k, tabiiy yerga ulash qurilmalari deb ataladi. Yerga ulash qurilmalardan foydalanish tavsiya etiladi. Sun‘iy yerga ulash qurilmalari, bu maxsus tayyorlangan bo‘lib, boshqa maqsadlarda qo‘llanilmaydi. Ko‘pincha ular vertikal joylashgan elektrodlar va ularni biriktiradigan gorizontal joylashgan elektrodlardan iborat bo‘ladi. Vertikal elektrod sifatida, diametri 10-14 mm va uzunligi kamida 5 m bo‘lgan po‘latli o‘zak qo‘l-laniladi hamda o‘lchamlari 40x40 mm dan 60x60 mm gacha va uzunligi esa 2-3 m bo‘lgan ugolniklar kamroq qo‘llaniladi. Vaqtincha yerga ulash qurilmalari sifatida, maxsus yuruvchi yerga ulash qurilmalari qo‘llaniladi. Ularni o‘rnatish va yig‘ishtirishni osonlashtirish maqsadida, yerga burab o‘rnatiladigan elektrodlar hamda biriktirish uchun qo‘llaniladigan max-sus qisqichlar mavjud. Yerga o‘tkazgichlar o‘zaro va yerga ulagichlar bilan biriktirish maqsadida yerga ulanadigan uskunani kobig‘i bilan payvandlanadi yoki bolt yordamida biriktiriladi. Magistral yerga o‘tkazgichlar yerga ulagichlar bilan ikki joyda biriktiriladi. Vertikal elektrodlarni odatda yerdan 70-80 sm chuqurroq o‘rnati-ladi. Download 296.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling