Uchun boshqa dastgohlarga ko’chirish zarurati tug’ilmaydi


Download 279.23 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi279.23 Kb.
#1586941
Bog'liq
Mag12



16.4.Gorizontal - teshik kengaytiruvchi dastgohlar 
Gorizontal - teshik kengaytiruvchi dastgohlar donalab va seriyalab ishlab chiqarish 
sharoitida detallarga ishlov berishga mo’ljallangan. Bu keng ko’lamdagi universal 
dastgohla teshiklarni kengaytirishda qora va toza ishlov berish, tashqi tsilindirik 
yuzalarni va teshiklarni yon tomonlarini yo’nish, teshiklarni parmalash, zenkerlash va 
razvertkalash, tekis yuzalarni frezalash, rezbalarni kesish kabi boshqa operatsiyalarni 
ham bajarishga mo’ljallangan. Teshik kengaytiruvchi dastgohlarda turli xildagi 
operatsiyalarni bajara olinishi sababli, ko’p hollarda, detallarga to’liq ishlov berish 
uchun boshqa dastgohlarga ko’chirish zarurati tug’ilmaydi. 
Teshik kengaytiruvchi dastgohlarni xarakterli tomoni ularda gorizontal yoki vertikal 
shpindelni mavjudligi va o’q bo’ylab surilish xarakatini olishidir. SHpindelga kesuvchi 
asbob-kerkich o’rnatilgan borshtanga, parma, zenker, freza, metchik va boshqalar 
maxkamlanishi mumkin. Xozirgi kunlarda teshik kengaytiruvchi dastgohlarni 
samaradorligini oshirish maqsatda, ularga raqam dasturi bilan boshqaruvchi qurilmalar 
o’rnatilmoqda. 
Bajariladigan operatsiyasiga va konstruktsiyasiga qarab teshik kengaytiruvchi 
dastgohlar universal va maxsuslashtirilganlarga ajratiladi. O’z navbatida, universal 
datgohlar 
gorizontal-teshik 
kengaytiruvchilarga, 
koordinatlar 
aro 
teshik 
kengaytiruvchilarga va olmos bilan teshik kengaytiruvchilarga bo’linadi. Barcha 
turdagi dastgohlarni asosiy konstruktiv o’lchamlari teshik kengaytiruvchi shpindelni 
diametriga bog’liq holda aniqlaniladi. 
Teshik kengaytiruvchi dastgohlarda shakl hosil etuvchi xarakatlar bo’lib, shpindelni 
aylanishlar chastotasi va surish xarakati hisoblanadi. Bunda ishlov berish sharoitidan 
kelib chiqqan holda, surish xarakati kesuvchi asbobga yoki zagotovkaga uzatiladi. 
Dastgohda yordamchi xarakatlar shpindel babkani vertikal, stolni ko’ndalang va 
bo’ylanma yo’nalishlarda boshlang’ich holatga keltirish, lyunet bilan birgalikda ketingi 
ustunni siljitish, lyunetni ustun bo’ylab siljitish va boshqalar hisoblanadi. 
Universal gorizontal - teshik kengaytiruvchi 2625 modeldagi dastgohni kinematik 
sxemasi 30- rasmda tasvirlangan. Stanina 1 ustiga qo’zg’olmas ustun 2 o’rnatilgan.
Uni vertikal yo’naltiruvchisi bo’ylab shpindel babkasi 3 


13.5-rasm. Universal gorizontal - teshik kengaytiruvchi 2625 modeldagi 
dastgohni kinematik sxemasi. 
sirpanib xarakatlanadi. Staninani chap tomonida ketingi ustun 4 o’rnatilgan bo’lib, u 
stanina yo’naltiruvchisida xarakatlanadi. Ikkala ustunlar o’rtasida kerakli burchakka 
buraluvchi stol 5 joylashtirilgan, u bo’ylanma va ko’ndalang yo’nalishlarda siljishi 


mumkin. Oltingi ustunda joylashgan shpindel babka qobig’i ichida bosh xaRKatni 
ta’minlovchi mexanizm va teshik kengaytiruvchi shpindelni surish mexanizmi 
o’rnatilgan. Babka qo’l yordamida ustin 2 yo’naltiruvchi bo’ylab sirpana oladi. 
Dastgohni kinematik sxemasi. Bosh xarakat – teshik kengaytiruvchi va planshayba 
shpidellarini aylanma xarakati. SHpindellarga aylanma xarakat ikkita tezlikni 
ta’minlovchi elektr dvigatel 30, tasmali uzatma 6-7, tezliklar qutisini tishli g’ildiraklari 
8-9, 10-11, 12-13, 14-15, 16-17, 18-19 orqali yetkazib beriladi. Mufta 31 ni ulash bilan 
xarakat tezliklar qutisini validan g’ildiraklar 20-21 orqali planshaybaga uzatiladi. 
Bunda tezliklar qutisi 18 ta aylanishlar chastotasiga ega bo’ladi. 
Rastochnoy shpindel, aylanma xarakatdan tashqari, o’qi bo’ylab ilgarlanma surish 
xarakatini olishi mumkin. Surishlar qutisi 16 ta surishlar xarakatini ta’minlaydi. 
SHpindelni surilishini ta’minlovchi yo’naltiruvchi vint yordamida tashqi va ichki 
rezbalarni kesish imkoni yaratiladi. Bu zanjir gitara a-b, c-d yordamida ish bajarish 
uchun sozlanadi. 
SHpindel planshaybasida support majud bo’lib, planetar uzatkich yordamida 
kesuvchi asbobni radial (ko’ndalang) yo’nalishda surilishi uchun xizmat qiladi. 
SHpindel planshaybasidan supportga xarakat ikkita kinematik zanjirlar orqali uzatiladi. 
Brinchisida, xarakat shpindeldan to’g’ridan-to’g’ri tishli g’ildiraklar 21-22 o’zgarmas 
uzatishlar munosabatiga ega bo’lgan 58:22 orqali vodilaga uzatiladi. Bu holda g’ildirak 
25 ni aylantirish uchun g’ildiraklar 23 va 24 planetar xarakat qilishadi. Ikkinchisida, 
g’ildirak 25 dastgohning surishlar qutisidan xarakat oladi. Ikkala kinematik zanjirlardan 
uzatilayotgan xarakat, tishli g’ildirak 25 da qo’shiladi g’ildiraklar 26-27 orqali 
planshayba supportini chervyakli va reykali uzatkichlariga uzatiladi. Planshayba 
supporti 16 ta surishlar pog’onasiga ega. Uni chegaraviy qiymatlari s
min
= 0,05 mm/ayl,
s
mak 
= 8,1 mm/ayl. iborat. 
SHpindel babkasi ham 16 ta vertikal surishlar pog’onasiga ega. U oldingi ustinni 
yo’naltiruvchisi bo’ylab planshaybani aylanishiga mos ravishda 0,1 dan 16 mm/ayl. 
gacha suriladi.
Dastgohni stoli surilishga ega. Bu zanjirning bolang’ich zvenosi teshik 
kengaytiruvchi shpindel, oxirgi zvenosi esa – reykali g’ildirak 28. Stol 16 ta surishlar 
pog’onasiga ega bo’lib,teshik kengaytiruvchi shpindelni aylanishiga mos ravishda 0,05 
dan 8,1 mm/ayl. gacha va shpindel plnshaybasini aylanishiga mos ravishda 0,1 dan 16 
mm/ayl. gacha suriladi. Stolni tez siltish uchun elektr dvigatel 29 dan foydalaniladi. 

Download 279.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling