15-ma‘ruza. Yerga ulagichni o‘rnatish bo‘yicha umumiy talablar. Reja: Yerga ulagichni o‘rnatish bo‘yicha umumiy talablar


Himoyalovchi o‘chirish hamda himoyalovchi yerga ulagich


Download 296.28 Kb.
bet3/9
Sana10.03.2023
Hajmi296.28 Kb.
#1256832
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
маъруза-15 ЭлХавф

3. Himoyalovchi o‘chirish hamda himoyalovchi yerga ulagich
Himoyalovchi o‘chirish, bu tez harakatlanuvchi himoya vositasi hisoblanib, elektr uskunani avtomatik holatda o‘chirishni ta‘minlaydi.
Himoyalovchi o‘chirish uskunalari, yer bilan mustahkam yoki chala tutashuvi-da izolyasiyani yerga ulash yoki nollanish zanjirini hamda o‘z-o‘zini avtomatik holatda nazorat etishi zarur.
Himoyalovchi o‘chirish, o‘z himoyalovchi funksiyalarini bajarish uchun quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: yetarlicha sezgirligi, tez harakatlanishi (0,2 sekunddan oshmagan vaqt davomida o‘chirish talab etiladi), ishonchli ishlashi, o‘z-o‘zini nazorat etishi va h.k.
Sezuvchi omillarni o‘zgarilishini kirish qiymati jihatidan bog‘liq bo‘lgan himoyalovchi o‘chirish vositalarini sxemalari quyidagicha: kabel qobig‘ini yer bilan tutashuv tokini, nol ketma-ketligi tokini yerga nisbatan faza kuchlanishiga, doimiy tezkor toki va aralash sxemalarida qo‘llaniladi.
Himoyalovchi yerga ulagich, bu kuchlanish ostida qolishi mumkin bo‘lgan metalli tok yurmaydigan qismlarni oldindan yerga ulab qo‘yishdir (27-rasm).

27-rasm. Yerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikki martta ulanish sxemasi

Yerga ulagich qurilmasini himoya negizida tegib ketish kuchlanishini pasay-tirish mumkin (kuchlanish, tok yurmaydigan qismlarga o‘tib ketgan holatida), bunda yerga ulagich qurilmasi kichik qarshiligi, hamda uskunani atrofdagi potensiallarini ko‘tarish hisobiga.


Izolyasiya shikastlangan sababli kuchlanish ostida qolishi mumkin bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlar, elektr mashinalarini qobiqlari, transformatorlar, elektr apparat-lari, yoritgichlar, taqsimlovchi shitlar, korpuslar, shkaflar, metalli kabel konstruksiya-lari, birlashtiruvchi muftalar, elektr o‘tkazgichlarni quvurlari va boshqa tok o‘tkazuv-chan tok yurmaydigan qismlarni yerga ulab qo‘yiladi.
Normal rejimda, motorning izolyasiyasi ishdan chiqmagan holda, motorlarning korpusida hech qanday potensial bo‘lmaydi, shuning uchun ularga tegish xavfli emas.
Istalgan motorning izolyasiyasi shikastlanganda, yerga yoyilib ketish toki Iyer yerga ulagich qurilmasi orqali yerning ustida potensial bo‘yicha taqsimlanadi. Yerga ulash qurilmasida kuchlanish hosil bo‘ladi:

, V

(6)

bu yerda: Iyer – yerga ulanib qolish toki, A;
Ryer - yerga ulagich qarshiligi, Om;
Yerga ulagich chizig‘ining kuchlanish tushuvini hisobga olmagan holda, barcha yerga ulangan korpuslar U kuchlanish ostida qoladi deb hisoblash mumkin.
Motorning qobiqqa tegib ketish natijasida, inson potensial farqiga tushib qoladi.

, V

(7)

bu yerda: φ1; φ2- inson turgan nuqtalardagi potensiallari.
Tegib ketish kuchlanishlari Utk kamaytirishni konturli yerga ulagichlar hisobiga potensiallar ayirmasini kamaytirish mumkin.
Yer sathi izolyasiya shikastlanishi natijasida potensiallar yoyilish bo‘yicha taqsimlanadi.
Qadamli kuchlanish, bir vaqtning o‘zida inson oyoqlari tegib ketgan yerning ikki nuqtasi orasidagi kuchlanish tushuniladi (28-rasm).


Download 296.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling