15-ma‘ruza. Yerga ulagichni o‘rnatish bo‘yicha umumiy talablar. Reja: Yerga ulagichni o‘rnatish bo‘yicha umumiy talablar


Himoyalovchi yerga ulash qurilmalarni hisoblash


Download 296.28 Kb.
bet5/9
Sana10.03.2023
Hajmi296.28 Kb.
#1256832
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
маъруза-15 ЭлХавф

5. Himoyalovchi yerga ulash qurilmalarni hisoblash
Yerga ulash qurilmalarini hisoblash uchun quyidagi ma‘lumotlar kerak bo‘ladi:
- yerga ulanadigan uskunaning kuchlanishi;
- tarmoqni neytral rejimi;
- 1000 Voltdan yuqori kuchlanishda yerga tutashuv toki;
- yerni solishtirma qarshiligi;
- yerga ulanadigan uskunalarni joylashtirish plani;
- yerga ulash tabiiy qurilmalarini tavsifnomasi (yoyish tok qarshiligi, miqdori va ularni o‘lchamlari).
Yerga ulash qurilmalarini hisoblash, quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
1. Yerga ulanadigan uskunani ruxsat etilgan qarshiligi (Rr) aniqlanadi. Hozirgi vaqtda yerga ulash qurilmalarini hisoblash uchun ikkita usul qo‘llaniladi: ruxsat etilgan qarshiligi hamda tegib ketishga ruxsat etilgan qadamli kuchlanishlari.
Ruxsat etilgan qarshilikni hisoblashda, erga ulash qurilmasi talab etilgan qarshilik tanlab olinadi va shu bo‘yicha hisobladi.
Tegib ketishga ruxsat etilgan kuchlanishning ( ) hisobida esa, yerga ulash qurilmasini qarshiligi ( ) aniqlanadi va shu qarshilik tegib ketish hamda qadamli kuchlanishga ( ) ruxsat etilgan miqdordan oshmasligi shart:

, Om

(7)

2. Yerning solishtirma qarshiligini hisoblab aniqlanadi yoki o‘lchab olinadi. Yerni solishtirma qarshiligini nazorat qilish tartibi, elektrod yoki to‘rt elektrod usullari bilan o‘lchanadi.
Nazorat elektrod usuli bilan bitta vertikal joylashgan 2-2,5 m elektrodni (yerga ulash qurilmasini to‘rtinchi qismi) yoyilish tokini qarshiligi aniqlanadi, undan so‘ng, muvofiq bog‘liqlardan erni solishtirma qarshiligi aniqlanadi.
To‘rtta elektrod usuli bilan to‘rtta bir xil elektrodlarni bir xil oraliqdagi masofada joylashtiriladi va qisqichlari yordamida o‘lchov asbobi bilan biriktiriladi.
Bir vertikal erga ulagichning (sterjen) qarshiligi:

, Om

(8)

bu yerda: ρhis – yer sathining solishtirma qarshilign, Om∙m;
ℓ - sterjen uzunligi, m;
t - quyilish chuqurligi, ya‘ni yer usti qismidan yerga ulashning o‘rtasidagi teng masofa, m;
d - sterjen diametri, m;
Hisoblashlarda, burab ulangan diametri 12 mm, uzunligi 5 m bo‘lgan yerga ulagichlarda, soddalashtirilgan formuladan foydalanish mumkin:

, Om

(9)

Yerning hisobiy solishtirma qarshiligi:

, Om∙m

(10)

bu yerda: ρ - normal namlikda o‘lchangan yerning solishtirma qarshiligi, Om∙m;
kmavs - yerning muzlash va qurishini hisobga oluvchi mavsum koeffitsienti.
3-5 m vertikal elektrodlar uchun ikkinchi iqlim maydonlarida kfasl=1,45÷1,3; gorizontal elektrodlar uchun kfasl=3,5÷2,5.
Gorizontal yerga ulagichning (tasma) qarshiligi:

, Om

(11)

bu yerda: - yerga ulagichning uzunligi, m;
b - tasmaning qalinligi, m;
t - qo‘yilish chuqurligi, m;
Tasmaning ko‘ndalang kesim yuzasi 48 mm2 dan, qalinligi esa 4 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.
Yerni solishtirma qarshiligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

, Om∙m

(12)

bu yerda: R - o‘lchov asbobining ko‘rsatkichi, Om.



Download 296.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling