Elektron pochta
Download 1.8 Mb.
|
Elektron pochta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron pochta
- Elektron pochta manzili Elektron pochta manzili: pochta qutisi nomi va pochta serveri manzilidan iborat bo’ladi Xabar tarkibi
- Mavzu
- O’zbekiston milliy Internet resurslari www.uz
- Milliy elektron pochta xizmati
Elektron pochta. Internetning asosiy xizmatlaridan biri bu Elektron pochtadir. Elektron pochta (email — electronic mail) oddiy pochta vazifasini bajaradi. U bir manzildan ikkinchisiga ma’lumotlarni jo’natilishini ta’minlaydi. Uning eng asosiy afzalligi vaqtga bog’liq emasligida. Elektron xatlar jo’natilgan zahotiyoq manzilga boradi va egasi olgunga qadar uning pochta qutisida saqlanadi. Matnli xat, grafikli va tovushli fayllarni, programma fayllarni o’z ichiga olishi mumkin. Elektron xatlar bir vaqtning o’zida bir necha adreslar bo’yicha jo’natilishi mumkin. Internet foydalanuvchisi elektron pochta orqali tarmog’ning turli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi, chunki Internetning asosiy xizmat dasturlari bilan interfeysga ega. Bunday yondoshuvning mohiyati shundaki, xostkompyuterga talab elektron xat ko’rinishida jo’natiladi. Xat matni zarur funksiyalarga kirishni ta’minlovchi standart yozuvlar to’plamidan tuziladi. Bunday axborotni kompyuter buyruq sifatida qabul qiladi va bajaradi. Elektron pochta bilan ishlash uchun programmalar yaratilgan, ularni mail umumlashma nomi bilan birlashtirish mumkin. MS OO5da foydalanuvchilar uchun bml programmasi qo’llanilsa, Unix tizimlar uchun elm programmasi kengroq tarqalgan. Eng qulay va foydalanishga oson programma – Microsoft Windows uchun Eudora dan foydalaniladi. Windows operasion tizimida elektron pochta bilan ishlashni Microsoft Outlook Exrress ilovasi ta’minlaydi. Bu programmalar quyidagi vazifalarni bajaradi: • matnni yaratadi; • xat – xabarlarni (korrespondensiyalarni) o’qish va saqlash; • xat-xabarlarni o’chirish; • adresni kiritish; • xat – xabarlarni qabul qilish va jo’natish; • turli xujjatlarni, jadvallarni, rasmlarni va boshqa fayllarni import (qabul qilish va kerakli formatga o’zgartirish), xatga ilova qilish; Odatda, elektron pochta dasturlari ASCII kodidagi matnlarni ikkilik formatda xam jo’natadi. ASCII kodida faqat matnlarni yozish mumkin. Ikkilik fayllarda xar qanday axborotni saqlash mumkin, shu bois aralash xabarlarni (grafika va matn) va dasturlarni uzatish uchun ikkilik tizim qo’llaniladi. Elektron pochta – bu Internet tarmog’i orqali xabarlar almashish xizmati hisoblanib asosan ikkita komponent ishtirokida tashkil etiladi: Elektron pochta serveri – xabarlarni jo’natish va qabul qilishni ta’minlash Elektron pochta kliyenti – xabarlarni yaratish, o’qish va javob qaytarish Elektron pochta xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: Xabarlarni tezkor almashish (bir necha daqiqa) Xabarlarga qo’shimcha ma’lumotlarni ilova qilish Xabarlarga rasm va multimedia ma’lumotlarini joylashtirish Xabarlarni bir gurux foydalanuvchilarga uzatish Xabarlarni qidirish va saqlash Elektron pochta manzili Elektron pochta manzili: pochta qutisi nomi va pochta serveri manzilidan iborat bo’ladi Xabar tarkibi Elektron pochta xabari tarkibi: Kimga maydoniga qabul qiluvchi manzili kiritiladi Nusxa maydoniga uchinchi shaxs manzili ko’rsatiladi Mavzu maydoniga xabar mavzusi yoziladi Xabar maydoniga asosiy ma’lumot kiritiladi. Internet domen nomlari. Internet domen nomlari Internet manzillarida ishlatilib, ular mamlakat nomlarini, tashkilot va korxonalar faoliyatini anglatadi. UZ - Uzbekistan COM - Commercial KG – Kirgizistan EDU – US Educational KZ – Kazakhstan GOV – Government RU – Russia INT – International UA – Ukraine MIL – US Military UK – United Kingdom NET – Network US United States ORG – Non-Profit Organization O’zbekiston milliy Internet resurslari www.uz – milliy axborot qidiruv tizimi mail.uz – milliy elektron pochta xizmati ziyonet.uz – axborot ta’lim tarmog’i uforum.uz – muhokama veb portali edu.uz – O’zbekiston ta’lim portali aci.uz – O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi portali Milliy elektron pochta xizmati Ushbu sayt orqali elektron pochta xizmatlaridan (pochta ochish, xabar yuborish, xabar qabul qilish va o’qish) foydalanish mumkin Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling