27
shunchaga og’dirsin. Bu standart eritmaga qarab darajalash chizig’i chizish uchun
qanday eritmalar tayyorlash kerakligi aniqlanadi.
Asbobda 15 «shkalani siljitish» ruchkaning
borligi uni qayta sozlamasdan,
o’lchash oralig’ini 4 - 5 marta ko’paytirish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun,
asbob kalibrovkasini «0» holatda tugatib, boshqa ruchkalarga tegmasdan «shkalani
siljitish» ruchkasini «100» holatga burash kerak va alangaga
konsentrasiyasi katta
bo’lgan standart eritmalarni kiritib darajalashni davom ettirish mumkin. Keyin
yana ham kattaroq konsentrasiyaga o’tiladi, agar strelka shkaladan chetga chiqsa,
ruchka «200» ga, so’ngra «300» ga buraladi.
Asbob o’zgarmas
sharoitda ishlagan vaqtda, darajalash chizig’i davriy
ravishda (8 - 10 ta namunani o’lchagandan so’ng) tekshirib turilishi kerak. Havo
yoki gazning bosimi o’zgarganda alanga konuslarining o’lchami va rangi
o’zgaradi. Bunday holda darajalash chizig’ini yangidan chizish kerak.
Gaz va havo bosimlarining o’zgarishi asbobning old tomoniga o’rnatilgan
rotametrlar yordamida nazorat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: