1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


-MA’RUZA  INFRAQIZIL NURLARNI YuTILISh SPEKTRLARI


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

4-MA’RUZA 
INFRAQIZIL NURLARNI YuTILISh SPEKTRLARI. 
Ikki atomli molekulaning tebranishi 
Kovalent bog’langan ikki atomdan iborat molekula (masalan HCl) hosil 
bo’lishining sababini uning ichidagi elektronlarni qaytadan joylashishining natijasi 
deyish mumkin. Turg’un molekulaning vujudga kelishini, ikkita muvozanatda turgan 
kuchning natijasi deb ham qarash mumkin. Bir tomondan ikkala atomning musbat 
zaryadlangan yadrolari va manfiy zaryadlangan elektron bulutlari o’rtasida o’zaro 
itarish kuchlari, ikkinchi tomondan bir atomning yadrosi bilan ikkinchi atomning 
elektronlari o’rtasida (hamda aksincha xuddi shunday) tortishish kuchlari mavjud. 
Ikkala atomning yadrolari shunday o’rtacha masofada joylashadiki bu ikki qarama-
qarshi kuch muvozanatda bo’ladi. Bunday holda molekulaning energiyasi eng 
kichkina bo’ladi. Ikkala atom o’rtasidagi bu muvozanatni ularning orasidagi 
masofani o’zgartirish orqali buzish ma’lum energiya sarf qilishni talab qiladi. 
Molekula energiyasi o’zgarishini atomlar orasidagi masofaga bog’liqligi 4.1 - 
rasmda ko’rsatilgan. Eng kichkina energiyaga mos keluvchi oraliqni muvozanat 
oraliq 
e
r
 deb atash qabul qilingan yoki oddiy qilib aytganda 
e
r
 kimyoviy bog’lanish 
uzunligidir.
Bog’lanish uzunligini qisilish va uzayish ta’siridagi holatini xuddi Guk qonuniga 
bo’ysinadigan prujinaning holatiga o’xshatish va u uchun quyidagini yozish mumkin. 
)
(
r
r
k
F
e



(4.1) 
Bu yerda 
F
- elastik kuch, k - kuch doimiysir - atom yadrolari orasidagi 
masofa. Bu holda energiya egriligining shakli parabola bo’ladi va u quyidagi formula 
orqali ifodalanadi. 
2
)
(
2
1
r
r
k
E
e


(4.2) 
E
E
2
E
1
A
B
1
B
11
A
B
1
B
11
0
e
r
r
4.1 - rasm. Guk qonuniga bo’ysinuvchi prujina energiyasini qisilish va 
cho’zilishga bog’liqligi. 
Tebranayotgan ikki atomli molekulaning modeli yoki boshqacha qilib aytganda, 
oddiy garmonik ossillyatorning modeli orqali tebranish spektrlarini muhokamasini 
boshlash juda qulaydir. 


30

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling