1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
- Bu sahifa navigatsiya:
- AES USULINING METROLOGIK XARAKTERISTIKALARI VA ANALITIK IMKONIYaTLARI Sezgirligi.
lgc
lgI I c 2.6-rasm. Darajalash grafiklari. Bu hodisaning mohiyati quyidagicha: Qo’zg’algan atom tomonidan chiqarilgan foton, yorug’lik manbaini tark etishdan oldin shu moddaning boshqa atomlari tomonidan yutilishi mumkin. Fotonni yutgan atomlar, energiyasi kattaroq holatlarga o’tadi. Yorug’lik manbaida moddaning konsentrasiyasi qancha katta bo’lsa, bunday yutish shuncha ko’p sodir bo’ladi. Qo’zg’algan atomlarning umumiy yashash vaqti ko’payadi, bu esa o’z navbatida nurni o’chiruvchi to’qnashishlar sonining ko’payishiga olib keladi. Buning natijasida konsentrasiyaning ortishi bilan spektr chiziqlari intensivligining shunga proporsional ravishda ko’payishi sekinlashadi. AES usuli bilan miqdoriy analiz qilganda tashqi standart (darajalash grafigi), ichki standart va qo’shimcha kiritish kabi asosiy darajalash usullarining hammasini ishlatish mumkin. Qaysi usul tanlanishining maqbul bo’lishi, ehtimoli bo’lgan xalaqitlarning xarakteriga va analiz qilinayotgan namunaning tabiatiga bog’liq. Namunaga qo’shimcha qo’shish usuli, asosan fizik-kimyoviy xalaqit tug’dirayotgan bevosita multiplikativ xatoliklarni yo’qotishga imkon beradi. Lekin bu usul, spektr chiziqlarining ustma-ust tushishi kabi additiv spektral xalaqitga qarshi kurashda kuchsizdir. Texnik nuqtai-nazardan qo’shimcha qo’shish usulini, faqat eritmalarni analiz qilgandagina amalga oshirish mumkin (demak, alanga va induktiv bog’langan plazma atomizatorlarida). Lekin qattiq namunalar bilan ishlaganda (yoy va uchqun razryadlarida) uni amalga oshirib bo’lmaydi. Darajalash egriligini qurishda foydalaniladigan hamma standart namunalar, o’zining fizikaviy holati va kimyoviy tarkibiga ko’ra, analiz qilinuvchi namuna bilan yaqin bo’lishi kerak. AES USULINING METROLOGIK XARAKTERISTIKALARI VA ANALITIK IMKONIYaTLARI Sezgirligi. AES da aniqlash chegarasi atomlash usuliga va aniqlanayotgan elementning tabiatiga bog’liq bo’lib keng oraliqda o’zgarishi mumkin. Oson qo’zg’atiladigan va ionlanadigan elementlar uchun (ishqoriy va ko’pchilik ishqoriy yer metallari uchun) alanga eng yaxshi atomlash manbai hisoblanadi ( min C to 10 -7 % mass. gacha). Ko’pchilik boshqa elementlar uchun eng yuqori sezgirlik moddani induktiv bog’langan plazma usuli bilan atomlashda erishiladi (10 -8 % mass. gacha). Atomlashning an’anaviy manbalari yoy va uchqun razryadlarida aniqlash chegarasi yuqori bo’lishining (uchqunda, yoyga qaraganda bir-ikki tartib yuqori) sababi, bu razryadlarni fazoning juda kichik qismida sodir bo’lishidir. Bug’latilgan namuna miqdorining kamligi ham shunga mos. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling