1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

SIFAT ANALIZI 
Atom emissiya usuli (AES) atomlar tomonidan chiqarilgan juda ko’p spektr 
chiziqlarini bir vaqtda qayd qilish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham AES ko’p 
elementli analiz usuli hisoblanadi. Usulning bu muhim afzalligi, uni namunaning 
tarkibida qanday elementlar borligini aniqlash uchun, ya’ni sifat analizi uchun 
qo’llashga imkon beradi. 
Atom spektrlarining ajoyib xususiyatlaridan biri ularning chiziqli tuzilishidir. 
Shu sababga ko’ra, atom spektrlari ko’p ma’lumotga ega. Chiziqning spektrdagi joyi, 
ya’ni to’lqin uzunligi har bir element uchun xususiydir va uning bu xossasini sifat 
tahlili uchun ishlatish mumkin. Chunki har bir elementning elektron tuzilishi 
boshqasinikidan farq qilgani uchun, ularning spektri ham o’ziga xosdir. Masalan 
natriyning spektrida to’lqin uzunliklari mos ravishda 589,0 va 589,6 nm bo’lgan 
ikkita intensiv sariq chiziqlar bor.


8
(rangli rasm).
Xuddi shunday kaliyning spektrida ham ikkita intensiv ko’k 
chiziq bor 
(rangli rasm). 
 
Agar natriy biror qotishmaning, mineralning tarkibida bo’lsa uning spektrida 
ham shu ikkala chiziq ko’rinadi 
(rangli rasm). 
An’anaviy atomlash manbalari ichida sifat analizi o’tkazish uchun eng 
ma’qbuli yoy razryadi hisoblanadi. Birinchidan, yoyning temperaturasi ko’pchilik 
elementlarni atomlash va qo’zg’atish uchun yetarli, ikkinchidan, yoyning 
temperaturasi uchqun razryadi va induktiv bog’langan plazmanikiga qaraganda past 
bo’lganligi uchun, bunday qo’zg’atish usuli bilan olingan spektrda chiziqlar soni oz 
bo’ladi, bu esa o’z navbatida, chiziqlarni qaysi elementlar chiqarayotganini topishni 
osonlashtiradi. Yoy razryadining asosiy kamchiligi, uning turg’un emasligi esa, sifat 
analizi o’tkazishda katta rol o’ynamaydi, chunki sifat analizida chiziqlarning 
intensivligi emas, balki uning to’lqin uzunligi (chiziqning spektrdagi o’rni) 
ishlatiladi. 
Sifat analizining vazifasi namunaning spektrida ma’lum elementga tegishli 
chiziqning bor-yo’qligini aniqlashdan iborat. Bitta spektr chiziqning joyi, ya’ni 
to’lqin uzunligi bo’yicha ham elementni aniqlash mumkin. Amaliyotda spektr 
chiziqning to’lqin uzunligini o’lchash aniqligini hisobga olish kerak. Shuning uchun 
chiziq biror elementga tegishli ekanligi masalasini yechish, odatda yetarli darajada 
intensivlikka ega bo’lgan, analitik chiziqlar deb ataluvchi chiziqlarning spektrda bor-
yo’qligi orqali hal etiladi. “Oxirgi” chiziqlar deb ataluvchi chiziqlar bu talabni 
qanoatlantiradi. “Oxirgi” chiziqlar deb elementning namunadagi miqdori kamayib 
borishi bilan uning spektridagi chiziqlar orasida uzoq davom etadigan, ya’ni oxirda 
ko’rinmaydigan chizig’iga aytiladi. Agar elementning rezonans chiziqlari spektrning 


9
ko’rinuvchi yoki ultrabinafsha sohalarida bo’lsa, odatda ular oxirgi chiziqlar bo’ladi. 
Asosiy holatga o’tishlar natijasida hosil bo’ladigan spektr chiziqlarga rezonans 
chiziqlar deyiladi. Masalan litiy atomida rezonans chiziq elektronni 
p
2
sathdan 
s
2
sathga o’tishi natijasida hosil bo’ladi va uning to’lqin uzunligi 


670,8 nm ga teng. 
Namunada elementning borligi juda ishonchli bo’lishi uchun spektrda unga 
tegishli bir necha chiziqni topish kerak. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling