1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
- Bu sahifa navigatsiya:
- Induktiv bog’langan plazma.
Elektr uchquni. Uchqun atomizatorlari xuddi yoy atomizatorlari kabi tuzilgan.
Uchqun razryadi elektrodlar orasida yuqori kuchlanish hosil qilib olinadi. Odatda, spektr asboblarida, uchqun va yoy razryadlarini hosil qilish uchun bitta qurilma (generator) ishlatiladi. U yoki bu razryadni yoqish elektr zanjiri ulanishini o’zgartirish orqali amalga oshiriladi. Uchqun atomizatori ham xuddi yoynikidek, birinchi navbatda qattiq jismlarni qo’zg’atish uchun mo’ljallangan. Uchqun atomizatorining xarakterli tomoni shuki, undagi zarrachalar orasida termodinamik turg’unlik bo’lmaydi. Shuning uchun, uchqun razryadining aniq temperaturasi haqida gapirish qiyinroq. Odatda, atomlarning effektiv temperaturasi 10000 0 S gacha boradi. Bunday temperaturalar, hatto eng qiyin qo’zg’atiladigan elementlarni (galogenlarni) qo’zg’atish uchun uchun ham yetarlidir. 1 2 3 4 2.3 - расм. Атом-эмиссион спектроскопияда ишлатиладиган ёй (уч ун) атомизаторининг чизмаси. 1 – уйи электрод; 2 - намуна ўйиладиган чу урча; 3 – электр разряди ёнадиган зона; 4 – ю ори электрод 5 Uchqun razryadi bilan ishlaganda elektrodlarning biri analiz qilinayotgan namuna, ikkinchisi esa odatda volframdan tayyorlanadi. Induktiv bog’langan plazma. Induktiv bog’langan plazmali atomizator bir- birining ichiga joylashgan uchta konsentrik kvars nayidan hosil bo’lgan plazma gorelkasidan iborat. Naylar orqali juda toza argon gazining oqimi katta tezlikda yuboriladi. Eng ichki gaz oqimi namuna eritilgan eritmani purkaydi, o’rtadagisi plazmani hosil qiladi, tashqi oqim esa shu plazmani sovutadi. Tashqi oqim uchun eng ko’p argon (10 - 20 l/min) ishlatiladi. Argon plazmasi uchqun razryadi orqali yoqiladi, keyin esa gorelkaning yuqori qismiga o’ralgan yuqori chastotali induktiv g’altak yordamida, uning bir tekis yonishi ta’minlanadi. Plazmada zaryadlangan zarrachalarning kuchli halqali toki paydo bo’ladi (erkin elektronlar va Ar + ionlarining). Argon plazmasining temperaturasi gorelkaning balandligi bo’ylab 6000 0 S dan 10000 0 S gacha o’zgaradi. Qo’zg’atishning bu usuli o’zining har yoqlamaliligi (bunday yuqori temperaturalarda ko’pchilik elementlar qo’zg’aladi), yuqori sezgirligi ( 2 8 min 10 10 C % mass., har xil elementlar uchun), yaxshi takrorlanishi ( 05 , 0 01 , 0 r s ), va keng oraliqdagi konsentrasiyalarni aniqlashi bilan xarakterlanadi. Bu atomizatorni amalda ishlatishga to’siq bo’lib turgan asosiy narsa, uning va unga sarf bo’ladigan gazning o’ta qimmatligidir. Shunga qaramasdan hozirgi vaqtda AES da atomlash va qo’zg’atish manbai sifatida induktiv bog’langan plazma eng ko’p ishlatiladi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling