Moyli urug’larni


Download 1.39 Mb.
Sana14.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1002769
Bog'liq
Moyli urug’larni quritish va saqlash

Moyli urug’larni quritish va saqlash


Moyli urug‘larni saqlashda quyidagi rejimlarni qo‘llash mumkin
Moy ishlab chiqarish korxonalarida
moyli xom ashyolarini qabul qilishni
asosiy vazifasi ularni sifatini tezkor baholash, miqdorini aniqlash (tortish), kelgan
transportdan yuklab chiqarish va korxona omborlariga to‘g‘ri joylashtirishdan
iborat. Moyli urug‘larni qabul qilish me’yoriy xujjatla
rga muvofiq ravishda sifat
ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun namuna olishdan boshlanadi. Moyli xom
ashyoning boshlang‘ich holatidan (namligi, ifloslanish darajasi va boshqalar) kelib
chiqib, urug‘lar bevosita qayta ishlashga yoki saqlashga jo‘natiladi
  • quruq holatda saqlash;
  • sovutilgan holatda saqlash;
  • havosiz holda saqlash.

Quruq holda saqlash
- Urug‘lar namligi kritik namlik qiymatidan past
bo‘lganda to‘liqsiz anabioz holatida bo‘ladi, ya’ni ulardagi barcha namlik
bog‘langan holatda bo‘ladi. Bunday sharoitlarda mikroorganizmlarning hayotiy
faoliyati to‘xtaydi. Namlikni zarur ko‘rsatkichiga erishish uchun urug‘lar quritiladi
yoki faol shamollatiladi. Urug‘larni quruq holda saqlash elevatorlar va saqlash
omborlarida amalga oshiriladi.
Havosiz holda saqlash.

Urug‘lar, mikroorganizmlar va zararkurandalarning


hayot faoliyati havo kislorodi ishtirokida kechadi. Urug‘lararo bo‘shliqda
kislorodning bo‘lmasligi barcha tirik komponentlarni hayot faoliyatlar pasayishiga
olib keladi. Urug‘lar bu sharoitda anaerob usulda nafas oladi. Mikroorganizmlar,
shuningdek hashorat va kanalar aerob usulda nafas olishgani uchun bunday
sharoitlarda ular rivojlanishdan to‘xtaydi.
Kislorodsiz muhitga urug‘larni o‘z-o‘zini konservatsiyalash, ya’ni germetik
saqlash omborlarida saqlanayotgan urug‘lar orasidagi bo‘shliqdagi kislorodni
urug‘lar tomonidan yutilib, urug‘lararo bo‘shliqda karbonat angidrid gazini
to‘plash orqali yoki havo tarkibidagi kislorodni bos
hqa gazlar bilan siqib chiqarish orqali erishiladi. O‘z-o‘zini konservatsiyalash oson va tejamkor usul hisoblanadi.Lekin usul sezilarli kamchilikga ega: ya’ni kislorodsiz sharoitga birdaniga emas,
balkim asta-sekin erishiladi va bu vaqtda mikroorganizmlar
va zararkunandalar rivojlanishi avj olishi mumkin. Havo tarkibidagi kislorodni majburiy ravishda
karbonat angidrid gazi bilan siqib chiqarish konservatsiyalash jarayonini
tezlashtiradi, karbonat kislotaning quruq briketlarini qo‘llash esa qo‘shimcha
ravishda urug‘larni sovutishga ham imkon beradi.
Urug‘larni sovutilgan holatlarda saqlash past haroratlarda amalga oshiriladi.
Harorat 10 C dan past bo‘lganda asosiy va qo‘shimcha urug‘lar,
mikroorganizmlar, hashorat va kanalarni hayotiy funksiyalari sezilarli darajada
pasayadi. Shuning uchun urug‘larni 0...10 C haroratlarda, hattoki ularni namligi
yuqori bo‘lgandavham, uzoq vaqt, sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarmagan holda saqlash
mumkin. Bu maqsadda yilning sovuq vaqtida sovuq atmosferada havosidan
foydalaniladi. Faol shamollatish bu maqsadlar uchun haroratni sutkalik
tebranishlarini qo‘llashga imkon beradi. Bunga urug‘larni yuqori issiqlik inersiyasi
ham qo‘l keladi. Urug‘ massasini sovutish uchun passiv aeratsiya, faol shamollatish vositalari,
urug‘larni transport mexanizmlari yoki aralashmalardan tozalash uchun
mo‘ljallangan mashinalardan o‘tkazish kabi tadbirlar qo‘llaniladi. Sovutish
jarayonida havodagi namlikni kondensatsiyalanishi hisobiga urug‘larni namligi
ortishi mumkin
Sovutilgan holatda saqlash
Kimyoviy konservalash.
Kimyoviy konservalash usulidan saqlanayotgan
urug‘larni sifatini barqarorlashtirish va turli zararkurandalarga qarshi kurashishda
foydalaniladi. Bu usulda urug‘lararo bo‘shliq mikroflora va zararkunandalarga
toksik ta’sir qiluvchi modda bug‘lari bilan to‘ldiriladi. Bu moddalar bug‘simon,
suyuq yoki gazsimon bo‘lishi mumkin, masalan dixloretan, brommetil, propion
kislota kabilar
Diagonal bo‘lish jarayoni metall tagliklarda amalga oshiriladi. Bosh namuna taglikka to‘qilib, ikkita aralashtirgich yordamida aralashtiriladi. So‘ngra material bir tekis qatlam holida yoyilib, so‘ngra yana aralashtiriladi. So‘ngra material yana bir tekis, kvadrat shaklidagi qatlam holida yoyiladi. Keyin kvadrat diagonal bo‘ylab 4 ta teng uchburchakka bo‘linadi. Ikkita qarama-qarshi uchburchak olib tashlanadi, materialning qolgan qismi yana bo‘lishda davom ettiriladi. Bo‘lish ikkita qarama-qarshi uchburchaklardagi materialni zarur bo‘lgan miqdorigacha amalga oshiriladi.
Siloslar vertikal yoki gorizontal yo‘nalishda yoki qatlamlararo shamollatiladi. Butun urug‘ massasini vertikal shamollatishda urug‘ massasini quyi qismida, voronka sathida havo tarqatuvchi qurilmalar o‘rnatilib, ular orqali ventilyatorlar yordamida urug‘ massasiga yuqori bosimli havo purkaladi. Havoni gorizontal yo‘nalishda purkash uchun siloslar balandligi bo‘ylab havo purkovchi va havo chiqaruvchi quvurlar o‘rnatiladi. Bu usul yuqori samarador, shu bilan birga murakkab va qimmat usul hisoblanadi. Saqlash omborlari va maydonlarida statsionar, polga o‘rnatiladigan – ko‘chma va harakatchan quvurli qurilmalardan foydalaniladi. Faol shamollatishda foydalanilayotgan tashqi havo parametrlari – namligi va harorati hisobga olinishi kerak.
  • Moyli urug‘larni saqlashda ularni qaysi fizik xususiyatlarini inobatga olish kerak?

Nazorat uchun savollar:
  • Moyli urug‘larni asosiy saqlash rejimlari qaysilar?
  • Moyli urug‘larni hayotiy faoliyati va unga ta’sir qiluvchi omillar qaysilar?

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling