Mavzu: Nafas olish organlarining yoshga xos xususiyatlari


Download 244.07 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi244.07 Kb.
#1023543
  1   2   3
Bog'liq
Nafas

Mavzu: Nafas olish fiziologiyasi.

Reja:

1. Nafas olish.

2. Tashqi nafas olish.

3. O’pka hajmi.

4. Ichki nafas olish.

5. O’pkada gazlar almashinuvi.

6. Qonning gaz tashish funktsiyasi.

Nafas olish.

  • Tirik to’qimalar tomonidan kerakli kislorod qabul qilinib, karbonat angidridni chiqarishdan iborat bo’lgan fiziologik protsesslar kompleksi nafas olish deyiladi.
  • Organizmda gazlar almashinuvi ancha murakkab jarayon bo’lib, o’pka, qon va qon aylanish ishtirokida boradi. Kislorod qabul qilinib, karbonat angidridning chiqarib yuborishi to’qimalardagi oksidlanish va qaytarilish protsesslariga hamda to’qima membranasining gazlar o’tkazuvchanlik qobiliyatiga bog’liq.

Nafas a'zolarining tuzilishi. 1- burun bo'shlig'i; 2- halqum; 3- hiqildoq; 4- kekirdak (traxeya); 5¬bronxlar; 6- bronxiolalar (mayda bronxlar); 7- alveola pufakchalari; 8- alveola bo'shlig'i; 9- alveolalar atrolini o'rab turgan mayda kapillyar qon tomirlar; 10- plevra pardasi; 11- diafragma.

Tashqi nafas olish.

  • Alveola pufaklari bilan tashqi atmosfera orasida gazlar almashinuvi ritmik ravishda qaytarilib turiladi.
  • Nafas olish-ko’krak qafasining kengayishi maxsus muskullarning qisqarishi tufayli ro’y beradi. Nafas olishda diafragma pardasi pastga tushadi. Nafas chiqarish protsessi passiv bo’lib, bunda muskullarning aktiv qisqarishi kuzatilmaydi, ko’krak qafasi oldingi holatiga keladi, xolos.
  • O’pkaga havo kirishida uning elastikligi muhim ahamiyatga ega. Ko’krak qafasi kengayganda o’pkaning ham kengayishiga asosiy sabab o’pka va ko’krak qafasi plevra pardalari orasida manfiy bosimning mavjudligidir.

O’pka hajmi.

  • Kuchli nafas olganda o’pkaga kirgan havoning umumiy miqdori o’pkaning umumiy hajmi deyiladi. Bu quyidagi normal nafas olish rezerv nafas olish, rezerv nafas chiqarish va qoldiq havolardan iborat. Shu qismlarning hammasi birgalikda o’pkaning tiriklik sig’imi deyiladi. Har bir odamda o’pkaning tiriklik sig’imi uning bo’yiga, og’irligiga, yoshiga bog’liq. Normal odamlarda bu ko’rsatgich 3,5 l, yaxshi sportchilarda 5-6l ga yetadi.
  • Agar normal nafas olish 500 ml havodan iborat bo’lsa, shuning 350 ml o’pkaga yetib boradi. Qolgan 150 ml traxeya va bronxlarda qoladi.
  • Shu narsa hisoblab chiqilganki o’pkadagi alveolalarning umumiy soni 725 mln, unga to’g’ri keladigan kapillyarlar yuzasi esa 140 m2.

Download 244.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling