Mavzu: Nafas olish organlarining yoshga xos xususiyatlari


Suvli spirometr yordamida o'pkaning tiriklik sig'imini aniqlash


Download 244.07 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi244.07 Kb.
#1023543
1   2   3
Bog'liq
Nafas

Suvli spirometr yordamida o'pkaning tiriklik sig'imini aniqlash.

Ichki nafas olish.

  • Ichki nafas olishga to’qimalarda O2 ishtirokida yuz beradigan ximiyaviy protsesslar kirib, buning natijasida organizm uchun kerakli energiya ajralib chiqadi.
  • Kislorod tarkibida temiri bor to’qima pigmenti-tsitoxrom orqali aktivlantiriladi. U kislorodni maxsus fermentlar-oksidozalar ta‘sirida biriktiriladi. Oksidlanish natijasida suv yoki vodorod perikisi ham SO2 hosil bo’ladi. Vodorod perikisi o’z navbatida o’zidan suvni ajratadi. Oksidlanish natijasida ajraladigan energiya ATFning qayta sintezi uchun kerak ATF esa organizmda yuz beradigan turli-tuman fiziologik protsesslar uchun energiya manbaidir.

O’pkada gazlar almashinuvi.

  • Alveola pufagida gazlar almashinuvi asosan qon bilan shu pufaklardagi gazlarning partsial bosimiga bog’liq. Agar alveolada O2 ning partsial bosimi 102 mm simob ustuniga teng bo’lsa, alveolaga oqib keladigan qonda bu bosim 40 mm simob ustuniga teng. SO2 ning qonda miqdori alveola pufagidagi havo tarkibidagi 47 mm simob ustuni oshiqligi uchun u ajralib chiqadi.

Qon gaz tashish funktsiyasi.

  • Qon orqali to’qima va hujayralarga kislorodning tashilishi maxsus qon pigmenti gemoglobin tufayli amalga oshiriladi. U O2 bilan birikib oksigemoglobin hosil qiladi. Gemoglobin tarkibida 2 valentli temir bor bo’lgani uchun har bir gemoglobin molekulasi 4 molekula kislorodni biriktirib olishi mumkin. 100 ml qon tarkibidagi gemoglobinning O2 ni biriktirib olish darajasi qonning kislorod hajmi deyiladi. 1g gemoglobin 1,33-1,36 ml O2 ni biriktirib oladi. Qancha kislorodning o’tishi uning partsial bosimiga bog’liq. Lekin partsial bosim bilan qonga O2 o’tishi orasida doim proportsional bog’lanish bo’lavermaydi. Har- xil sharoitlarda kislorodning qonga o’tishi qiyinlashib qolishi mumkin, masalan, kuchli jismoniy mehnat va boshqalarda.

Nafas olishning boshqarilishi.

  • Nafas olish protsessi uzunchoq miya markazi orqali nerv-gumoral yo’l bilan boshqarib turiladi. Bu markazni Qozon universitetining professori I.A. Mislyavskiy birinchi bo’lib aniqlagan. Nafas olish markazi ichki-inspirator va ekspirator qismdan iborat bo’lib, inspirator qismning qitiqlanishi nafas olishini yuzaga keltiradi. Ekspirator qismning qitiqlanishi nafas chiqarishini yuzaga keltiradi.
  • Nafas olishning regulyar borishi yana Voraltsev ko’prigidagi maxsus markazlar faoliyatiga ham bog’liq.

Download 244.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling