1 –Lobaratoriya ishi. Gazlift qudug’ini ishlatish jarayonlarini o’rganish Tajribani bajarishdan maqsad
-rasm. Gazlift qudug‘i ishlash tarxi
Download 307.61 Kb. Pdf ko'rish
|
1-laboratoriya ishi
1.1-rasm. Gazlift qudug‘i ishlash tarxi.
a-haydashdan oldin quduqdagi suyuqlik sathi; h-statik satx ostida ko‘taruvchi quvurning botirilish chuqurligi; b-suyuqlik quvur ortida ko‘taruvchi quvur boshmagigacha bostirilga holat; v-suyuqlikning ko‘taruvchi quvurdan chiqishi. Quduq ishga tushirilganda quvur ortidagi va quvurdagi suyuqlik sathi bir xil bo’ladi. (10.1- rasm). Agar ishlatuvchi quvurlar tizmasi va kutaruvchi quvurlar oralig‘iga kompressor yordamida uzluksiz gaz yoki havo haydab turilsa, quvur orti qismida suyuqlik sathi kamayib, ko‘taruvchi quvurda suyuqlik sathi ortadi. Quvur orti qismida havo yoki gaz suyuqlikni quvur boshmog‘igacha siqib boradi va bosimi ortadi. (5.1-rasm. b). Havo (gaz) suyuqlikni ko‘taruvchi quvur boshmog‘idan surib, ko’taruvchi quvur tomon harakatlanadi va suyuqlik bilan aralashib yer yuziga chiqadi. Ishchi agent sifatida gazdan foydalanish, neft tarkibidagi yengil uglevodorodlarni yo‘qatishga yo‘l qo‘ymaydi, quduqni yopik ishlatishga imkon yaratadi. Agar quduqdan neft bilan birgalikda suv ham olinsa, ishchi agent sifatida havodan foydalanilsa, barqaror neft emulsiyasi hosil bo‘ladi. Agar gazdan foydalanilsa, unga nisbatan barqaror bo‘lmagan neft emulsiyasi hosil bo‘ladi va ularni ajratish oson kechadi. 1.3. Gazlift quduqlarini ishga tushirish. Quduqni ishga tushirishda ishchi agenti kutargich quvurlarning ostki qismigacha yo’naltiriladi. Xalqali sistemali bir qatorli kutargichda xalqa qismiga xaydaladigan ishchi agenti suyuqlikni pastga qarab siqadi va tubidagi bosim qatlam bosimidan oshganda, suyuqlikning bir qismi qatlamga xam xaydaladi. Yutilgan suyuqlik xajmi quduqning maxsuldorlik koeffitsiyenti va suyuqlikning xaydalish vaqtiga bog’liq. kutargich quvurlarida suyuqlik satxining kutarilishiga mos ravishda ishchi agentining bosimi xam ortib boradi. Quvur ortki qisimda (xalqa qismida) suyuqlik satxi kutargich quvurlarning boshmog’igacha pasayganida, kutargichdagi suyuqlik satxi ko’targich quvurlarning boshmog’igacha pasayganida, kutargichdagi suyuqlik satxi yuqori qiymatga ega bo’ladi. Ishchi agentining bosimi bu paytda maksimal qiymatga ega bo’lib, bu bosim ishga tushirish bosimi deb ataladi. Hozirgi vaqtda ishchi agent sifatida havodan foydalanish taqiqlangan, bunda aniq nisbatlarda uglevodorod gazlari va havo aralashmasi chegaraviy qiymatga yetganda portlovchi aralashma (portlovchi gaz) paydo bo‘ladi, portlashga va yong‘inga xavflidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling