1 –Lobaratoriya ishi. Gazlift qudug’ini ishlatish jarayonlarini o’rganish Tajribani bajarishdan maqsad
Download 307,61 Kb. Pdf ko'rish
|
1-laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2 Gazlift kutargichlarining tuzilishi.
1 –Lobaratoriya ishi. Gazlift qudug’ini ishlatish jarayonlarini o’rganish Tajribani bajarishdan maqsad: Gaz va gazkondensat quduqlarini mahsuldorligini oshirish maqsadida qudug’iga gaz haydab yani gazlift usulida animatsiya jarayonlarini talabalarga nazariy tushuntirib berish va konstruksiyasi bilan tanishtirish. Nazariy qism. 1.1 Neft quduqlarini gazlift usulida ishlatish Quduq maxsulotini qatlamdan yer yuzasiga kutarish uchun qatlam energiyasi yetarli bo’lmasa favvoralanish tuxtaydi. Quduqdagi ko’targich orqali quduqlarning boshmog’iga sun’iy tarzda gaz yoki xavo xaydab favvoralanishni davom ettirish mumkin. Gaz yoki xavoni kerakli bosimgacha siqib berish talab qilinganligi sababli kompressor ishlatiladi va quduqning bu tarzda ishlatilishi kompressor usuli deb ataladi. Gaz yoki xavo kutargichining prinsipial ishlashi favvora qudug’ida suyuqlikning kengayib beradigan gaz energiyasi ta’sirida favvoralanish bilan bir xildir. Ishchi agenti sifatida gaz ishlatilsa bu kutargich gazlift, xavo ishlatilganda esa erlift deb ataladi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki kompressor usulida ishlatish uchun bir quduqni jixozlash uchun ketgan xarajat nasos quduqlarini jixozlash uchun ketgan xarajatdan 3-4 marta ortiq bo‘ladi. Quduq debiti pasayishi bilan 1tn neft qazib olish uchun energiya sarfi ko‘payadi. Shuning uchun past debitli quduqlarni kompressor usulida ishlatish yaxshi samara bermaydi. 1.2 Gazlift kutargichlarining tuzilishi. Gazlift quduqlariga favvora quduqlariga tushiriladigan nasos-kompressor quvurlari tushirilib, ular bir qator yoki ikki qator qilib jixozlanadi. Ikki qatorli ko‘targichda, birinchi qator quvuri (katta diametr) ishchi agentni haydash uchun xizmat qilsa, ikkinchi qator quvuri (kichik diametr) – suyuqlik ko‘tarish uchun xizmat qiladi, yoki teskarisi ham bo‘lishi mumkin. Bir qatorli kutargichli gazlift qudug‘ining ishlashini ko‘rib chiqamiz (10.1-rasm) Download 307,61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling