1 –Lobaratoriya ishi
Download 0.6 Mb.
|
TMJ labaratoriya
Nazariy qism.Ishlatish quvurlari tizmasi tushirilib sementlangandan keyin mustahkamlovchi quvurlar tizmasining yuqori qismini jixozlash muhim ahamiyatga ega. Mustahkamlovchi quvurlar tizmasining yuqori qismiga tizma boshchasi o’rnatilib, u bilan quvurlar oralig’i zichlanadi. Tizma boshchasi burg’ilash ishlari tugatilgandan keyin ishlatish usulidan qat’iy nazar har bir quduqda o’rnatiladi, bundan tashqari qidiruv quduqlarida ham o’rnatiladi. Tizma boshchasi zavodlarda yoki konning o’zidagi ustaxonalarda tayyorlanadi. Quduq favvoralanish davrida favvora armaturasining ishlashi mumkin bo’lgan shartlarini aniqlash: neft qudug’ida kutilayotgan bosimlar; qum miqdori va uning armaturada harakatlanish tezligi; favvoralanish xarakteri; karroziyaga olib keluvchi moddalar borligi. Armaturani tanlashda asosan bosim ta’sir ko’rsatadi. Har xil favvoralanish shartlarida favvora armaturalarini qo’llashda bir necha tipdagi armatura ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarilgan favvora armaturalari quyidagi turlarga ajratiladi: ishchi bosimiga qarab 7,14,21,35,70 va 105 MPa (7,14,21,35 MPa ga mo’ljallangan armaturalarning sinash bosimi ikki baravar ortiq olinadi, 70 va 105 MPa ga mo’ljallangan armaturalarning sinash bosimi bir yarim baravar ortiq olinadi), sinash bosimi ishchi bosimidan ikki marta katta bo’ladi; qismlarining o’zaro ulanishiga ko’ra – flansli va rezbali armatura; ikkinchi turi qismlarga ajratishning qiyinchiligi tufayli keng tarqalmagan; quduqqa tushirilgan quduqlar qatorlari soniga qarab –bir qatorli va ikki qatorli; tuzilishi bo’yicha (chiqish chiziqlarining joylashishiga ko’ra) – uchlik va to’rtyoq; stvoli o’lchamiga ko’ra –50 mmdan 150 mm gacha. Favvora armaturasi qalin devorli uchliklar, to’rtyoqlar, quvurchalar, zulfinlardan yig’ilib, ikki qismga ajratiladi: quvur boshchasi va favvora archasi. Quvur uchi favvora quvurini ko’tarish, ishlatish quvurlari tizmasini va favvora quvuri oralig’ini zichlash uchun mo’ljallangan bo’lib, shu bilan birgalikda quduqda suyuqlik oqimini hosil qilish uchun quvur orti qismiga neft, suv, gaz yoki havo haydash uchun mo’ljallangan. Tizma uchining yuqori flanesga quvur boshchasi pastki flanes bilan o’rnatiladi. Favvora archasi – favvora armaturasining yuqori qismi bo’lib, quvur uchiga o’rnatiladi. Favvora archasi quduqni ishini tartiblash va nazorat qilish uchun favvora oqimini u yoki bu chiqish yo’liga yo’naltirish va kerak bo’lganda to’xtatish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Tizma boshchasi va favvora armaturasini tayyorlashda ko‘plab variantlari ishlab chiqilishi mumkin, buni tayyorlash va ishlatishni osonlashtirish uchun tartibli sxema asosida ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan. GOST 13946–74 bo‘yicha favvora armaturalarining o‘qi va yon chiqish sizig‘i diametri va shunga mos bosimga mo‘ljallangan tartiblashtirilgan sxema asosida ishlab chiqiladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling