1 –Lobaratoriya ishi


–rasm.Favvora armaturalarining standartlashtirilgan sxemalari


Download 0.6 Mb.
bet7/12
Sana14.12.2022
Hajmi0.6 Mb.
#1004918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
TMJ labaratoriya

–rasm.Favvora armaturalarining standartlashtirilgan sxemalari:


1–manometr; 2–ventil; 3–manometr osti bufer flanesi; 4–zichlovchi moslama; 5–uchlik; 6–drossel; 7–quvur boshchasi o‘tkazgichi; 8–javob flanes*; 9– quvur uchi; 10–krestovina


    1. rasm.GOST 13946–84 bo‘yicha favvora armaturalarining sxemalari: belgilashlar 1.1–rasmdagidek.

GOST 13946–89 bo’yicha favvora armaturalari standartlashtirilgan sxemalari GOST 13946–84 dan farqi, har bir sxema a va b variantda tayyorlanib, a variantida bir qatorli, b–variantida ikki qatorli ko’targichga mo’ljallangan armatura beriladi.

    1. –rasm: Sinash bosimi 250 kg/sm2 bo’lgan ikki qatorli ko’targichlar uchun uchlik turidagi flansli favvora armaturasi


    1. –rasmda sinash bosimi 250 kg/sm2 ga mo’ljallangan uchlik turidagi favvora armaturasi ko’rsatilgan. U barcha qismlarining o’tish kesimi 63 mm bo’lgan favvora archasi va diametri 100 va 63 mm bo’lgan ikki qator ko’targichli quvurni osib qo’yish uchun mo’ljallangan quvur uchidan tuzilgan.

Quvur boshchasi (1.3–rasmga qarang) tizma uchi flansi 1 ga mahkamlangan to’rtyoq 6, uchlik 8 va katushka 7 dan tuzilgan. To’rtyoq ikkita chiqishga ega bo’lib unga ø 63 mm bo’lgan zulfin 5 ulanadi. Chap tomondagi chiqish chizig’i ø 100 mm bo’lgan birinchi qator quvuri va ishlatish quvurlari tizmasi orasidagi bosimni aniqlash uchun xizmat qiladi. Bufer quvurgacha payvandlangan quvurga ventil 3 manometr 4 bilan mahkamlanadi. Bu manometr bilan o’lchangan bosim quvur orti bosimi deb ataladi. To’rtyoqning ikkinchi tomoni quduqni ishga tushirishda quvur ortiga suyuqlik haydash uchun xizmat qiladi. Katushka 7 ning pastki qismining ichiga rezba ochilgan bo’lib unga nasos–kompressor quvurining rezbali nippeli mahkamlanadi.
Katta bosim va favvora oqimi tarkibida qum aralashmasi ko’p bo’lsa, tashlamada ikkitadan zulfin o’rnatiladi. Ishchi tashlamadagi quduq o’qidan
birinchisi zaxiradagi, ikkinchisi esa ishchi hisoblanadi. Favvora archasining pastki katushka bilan birikkan joydagi zulfini asosiy, ya’ni markaziy zulfin deyiladi. U doimo ochiq holda bo’ladi, qachon quduq to’xtalishi kerak bo’lsa yopiladi. Uchliklar orasidagi ikkinchi zulfin undan yuqoridagi qismlarni almashtirishda ishlatiladi. Yuqoridagi bufer tag’idagi zulfin buferni almashtirishda ishlatiladi. Quduq normal ishlash vaqtida bu zulfin doim ochiq bo’ladi, chunki u orqali manometrga oqim borib turadi. Bu zulfin quvurda tekshirish ishlari olib borish uchun lubrekator o’rnatish vaqti ishlatiladi. Buferda o’rnatilgan manometr yordamida o’lchangan bosim bufer bosimi yoki usti bosimi deb ataladi. Bir qator ko’targich favvora armaturasining, ikki qator ko’targich uchun mo’ljallangan favvora armaturasidan farqi yana bitta qo’shimcha uchlik bo’ladi. Unda 4 katushka turtyoq 2 ga to’g’ridan–to’g’ri ulangan bo’ladi.
Yuqori bosimli (300–500 kg/sm2) quvurlar uchun favvora armaturasi ikkitadan zulfin bilan jixozlangan bo’ladi. Bunday bosimda barcha to’rtyoqli armaturalar markaziy zulfinlar ham, tarmoqlardagi zulfinlar ham ikkitadan jixozlanadi. Favvoralanayotgan oqim tarkibida qum miqdori kam bo’lsa to’rtyoqli armatura qo’llansa yaxshiroq bo’ladi. Uning balandligi uncha katta bo’lmaydi va unga xizmat qilish oson bo’ladi.




    1. Download 0.6 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling