21.Gauss aralashmasi modellari
Gauss aralashmasi modellari aralash modellar sifatida tasniflanadi, ya'ni ular ehtimollik taqsimoti funktsiyalarining aniqlanmagan sonidan iborat. GMMlar, birinchi navbatda, berilgan ma'lumotlar nuqtasi qaysi Gauss yoki normal ehtimollik taqsimotiga tegishli ekanligini aniqlash uchun foydalaniladi
22.Sun’iy intellekt
Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: vizual idrok etish , qaror qabul qilish, nutqni anglash, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi odatda inson aqlzakovatini talab qiladigan vazifalarni bajarishga qodir kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.
23.Sun'iy intellekt inson intellektiga qarshi
`Sun'iy intellekt inson intellektiga qarshi. Insonlar kabi fikrlay oladigan mashina yasash g‘oyasi fantastika olamidan real dunyoga yetib keldi. Hozirda ilgari imkonsiz bo'lgan vazifani robotlar bajara oladi.
Sun’iy intellekt haqida g’oyalar paydo bo’lgandan beri insonlar sun’iy intellekt va inson aqlini solishtirib kelmoqda. Quyida asosiy farqlar bilan tanishamiz. Oddiy farq shundaki, inson o'z miyasidan, fikrlash qobiliyatidan, xotirasidan foydalanadi, AI mashinalari esa ularga berilgan ma'lumotlarga bog'liq .
24.Ekspert tizimi
Ma’lum fan soxasidagi sun’iy intelekt tizimi ekspert tizimi deb ataladi. Ekspert tizimi - bu aniq fan soxasidagi mutaxassislarning bilimlarini to‘plovchi va kam ixtisoslashgan foydalanuvchilarga maslaxat berish uchun empirik tajribasini tirajlashtirvchi (nusxasini yozish) murakkab dasturlar kompleksi.
Ekspert tizim uchun bilimlarniqabul qilishda shu fan soxasidagi ekspertlar xizmat qiladi. Ekspert tizimlari bilimlarga asoslanadi, ya’ni bilimlar omboridagi ma’lumotlarga bog‘liq bo‘ladi.
25.Ekspert tizimlar(ET)ning asosiy xususiyatlari:
1. ET masalani yechish uchun yuqori sifatli tajriba va bilimni qabul qiladi; 2. ETdagi bilimlar doim to‘planib va yangilanib boriladi; 3. ET oldindan aytib berish qobilyatiga ega bo‘ladi. 4. ET ishchilarga va mutaxassislarga o‘quv qo‘llanmasi sifatida foydalanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |