1. Lokal va global o‘zgaruvchilar. Rekursiv funksiyalar. Qayta yuklanuvchi funksiyalar


Download 254 Kb.
bet3/3
Sana07.02.2023
Hajmi254 Kb.
#1175701
1   2   3
Bog'liq
Reja Lokal va global o‘zgaruvchilar Rekursiv funksiyalar Qayt

Qayta yuklanuvchi funksiyalar: Ayrim algoritmlar berilganlarning har xil turdagi qiymatlari uchun qo‘llanishi mumkin. Masalan, ikkita sonning maksimumini topish algoritmida bu sonlar butun yoki haqiqiy turda bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda bu algoritmlar amalga oshirilgan funksiyalar nomlari bir xil bo‘lgani ma’qul. Bir nechta funksiyani bir xil nomlash, lekin har xil turdagi parametrlar bilan ishlatish funksiyani qayta yuklash deyiladi.
Kompilyator parametrlar turiga va soniga qarab mos funksiyani chaqiradi. Bunday amalni «hal qilish amali» deyiladi va uning maqsadi parametrlarga ko‘ra aynan (nisbatan) to‘g‘ri keladigan funksiyani chaqirishdir. Agar bunday funksiya topilmasa kompilyator xatolik haqida xabar beradi. Funksiyani aniqlashda funksiya qaytaruvchi qiymat turining ahamiyati yo‘q. Misol:
#include
int max(int, int);
char max(char,char);
float max (float,float);
int max (int,int,int);
void main()
{
int a,int b,char c, char d,int k, float x,y;
cin>>a>>b>>k>>c>>d>>x>>y;
cout<}
int max(int I, int j) {return (i>j) ?i:j;}

char max(char s1, char s2) {return (s1>s2) ?s1:s2;}


float max (float x,float y) {return (x>y)?x:y;}
int max (int I, int j, int k)
{return (i>j) ?(i>k? i:k;)(j>k)?j:k);}
Agar funksiya chaqirilishida argument turi uning prototipidagi xuddi shu o‘rindagi parametr turiga mos kelmasa, kompilyator uni parametr turiga keltirilishga harakat qiladi – bool va char turlarini int turiga, float turini double turiga va int turini double turiga o‘tkazishga.
Qayta yuklanuvchi funksiyalardan foydalanishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
-qayta yuklanuvchi funksiyalar bitta ko‘rinish sohasida bo‘lishi kerak;
-qayta yuklanuvchi funksiyalarda kelishuv bo‘yicha parametrlar
ishlatilsa, bunday parametrlar barcha qayta yuklanuvchi funksiyalarda
ham ishlatilishi va ular bir xil qiymatga ega bo‘lish kerak;
-agar funksiyalar parametrlarining turi faqat “const” va ‘&’
belgilari bilan farq qiladigan bo‘lsa, bu funksiyalar qayta yuklanmaydi.
Savollar va topshiriqlar

1.Rekursiya nima?


2.Rekursiya turlari va ularning nomlari.
3.Qayta yuklanuvchi funksiyalardan foydalanish qoidalari.
4.Qayta yuklanmaydigan funksiyalarga misollar keltiring.
5 Lokal va global o’zgaruvchilar, ular o’rtasidagi farq.
6.Rekursiv murojat qanday amalgam oshiriladi?.
7.Rekursiv funksiyalarga misol keltiring.
8.Funksiyani qayta yuklash tushunchasini izohlang.
9.Hal qilish amali.
10.Qayta yuklanuvchi funksiyalar haqida umumiy tushuncha bering.
11.Qayta yuklanuvchi funksiyalarga misol keltiring.
12.Qanday funksiyalar qayta yuklanmaydi?
Download 254 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling