1. loyihaning mazmuni


Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish


Download 49.07 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi49.07 Kb.
#1558448
1   2   3   4
Bog'liq
Biznes reja

4. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni quyidagi tartibda to‘laydi:
I. Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realiza t siya qilishdan olingan daromadi 100 mln. so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar daromad solig‘ini ikki xil usulda:
1) har oyda qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliqni to‘lashi;
2) tadbirkorlik faoliyatidan olingan haqiqiy daromadi bo‘yicha ushbu daromadlarni olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini chegirib tashlagan holda doimiy yashash joyidagi davlat soliq inspeksiyasiga deklaratsiya topshirish yo‘li bilan daromad solig‘ini to‘lashi mumkin.
II. Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln. so‘mdan oshgan biroq 1 mlrd. so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni (avvalgi yagona soliq to‘lovi) to‘lashga o‘tkaziladi.
Bunday tadbirkorlar ham ikki xil usulda soliqlarni to‘lashni tanlashi mumkin:
 kalendar yilida realizatsiya tushumi 100 mln. so‘mdan oshganda, oshgan summadan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashi;
 kalendar yilida realizasiya tushumi 100 mln. so‘mdan oshganda, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash o‘rniga ixtiyoriy tarzda qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashni tanlashi mumkin.
III. Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 1 mlrd. so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tadi.
Shuningdek, soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga foyda solig‘ini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlashga huquqi berildi.
Bunda, foyda solig‘ining soddalashtirilgan tartibdagi soliq bazasi jami daromadning 25 foizi miqdorida belgilanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor foyda solig‘ini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlaganda soliqni hisoblab chiqarish maqsadida xarajatlar hisobini yuritish majburiyatlaridan ozod qilinadi. 



Т/р




Realizatsiya tushumlari miqdori

Soliq turi

Soliq stavkasi

Soliqlarni to‘lash tartibi

1.




100  mln .  so‘mgacha

Daromad solig‘i

12 % ёки qat’iy miqdordagi summada

Soliqlarni yillik daromadi to‘g‘risidagi deklara t siya asosida yoki qat’iy belgilangan miqdordagi summada to‘lashni tanlashi mumkin.

2.




100 mln.so‘m dan
1 mlrd. so‘m gacha

Aylanmadan soliq yoki
QQS va Foyda solig‘i

4 % yoki 15 %

100 mln. so‘mdan oshgan summadan aylanmadan soliqni to‘lashga o‘tadi yoki QQS va foyda solig‘ini to‘lashga ixtiyoriy o‘tishi mumkin

3.




1 mlrd. so‘mdan ortiq

QQS va Foyda solig‘i

12 %

QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi yoki foyda solig‘ini soddalashtirilgan tartibda to‘lashni tanlashi mumkin.

FOYDA SOLIG’I


Soliq to‘lovchilar
1) O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar ;
2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari;
3) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar 
(Soliq kodeksining 294-moddasi)
Soliq solish ob'ektlari
1) Yuridik shaxs uchun – jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq;
2) Faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun doimiy muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jami daromad (shu jumladan bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar) 
va xarajatlar o‘rtasidagi farq;
(Soliq kodeksining 295-moddasi)
Soliq solish bazasi
Daromad bilan chegirib tashlanadigan xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida .
(Soliq kodeksining 296-moddasi)
Soliq imtiyozlari
Quyidagilarning mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi:
1) «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning.
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar.
3) sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari).
4) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e'tiboran uch yil muddatga.
Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:
1) o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining. 2) pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;
3) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.
Soliq stavkalari
1) Yuridik shaxslar 15%, 
2) Tijorat banklari 20% 
3) tsement va polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi hamda mobilь aloqa xizmatlari 20%
4) Bozor va savdo komplekslarida xizmat ko‘rsatishdan olingan foyda 20%
5) Tovarlarning elektron savdosini amalga oshiruvchi elektron tijorat sub'ektlarining milliy reestriga kiritilgan soliq to‘lovchilar 7,5%
6) Dividendlar tarzidagi daromadlar 5%
(Soliq kodeksining
337-moddasi)
Soliq davri

Kalendar yil soliq davridir.


Yilning choragi hisobot davridir.
(Soliq kodeksining 338-moddasi)

Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi


Yilning har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay;


Soliq davri yakunlari bo‘yicha – soliq davri o‘tgandan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 339-moddasi)

To‘lov muddati


1) Hisobot davri yakunlari bo‘yicha – hisobot davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay
2) Soliq davri yakunlari bo‘yicha – soliq davri o‘tgandan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay
3) Hisobot davri yakunlari bo‘yicha jami daromadi besh milliard so‘mdan oshadigan soliq to‘lovchilar har oylik bo‘nak to‘lovlarini oyning 23 kunidan kechiktirmay (Soliq kodeksining 340-moddasi)


Download 49.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling